Glossariy arxeologiya


Epigrafika-qadimgi bitik, yozuvlarni o‘rganuvchi fan  Avstralopitek (



Yüklə 226,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix08.02.2023
ölçüsü226,99 Kb.
#83391
1   2   3   4   5
GLOSSARIY

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xunlar
Epigrafika-qadimgi bitik, yozuvlarni o‘rganuvchi fan 
Avstralopitek (lotincha “australis” janub, “pithekos” maymun) bundan 3-2 million yil 
oldin yashagan odamning ilk ajdodlaridan biri bo‘lib, uning qoldiqlari 1924 yilda Janubiy 
Afrikada topilgan. Olimlarning xulosasiga ko‘ra avstralopitek odamzodning hayvonlar 
(maymunlar) olamidan odamlar dunyosiga o‘tishdagi birinchi vakilidir. 
Animizm (lotincha “anima”-ruh, jon)-insonni o‘rab turgan muhitda jonlar va ruhlarning 
mavjudligiga ishonish, go‘yo ular kishilar, hayvonlarning hayotiga, tevarak atrofdagi olam, 
buyumlar va hodisalarga, ularning o‘zgarishlariga ta’sir etib, ularni boshqaradi deb hisoblash. 
Animistik tasavvurlar ibtidoiy davr odamlarida bundan taxminan 40-35 ming yil avval paydo 
bo‘la boshlagan. Ibtidoiy kishilar narsalar, o‘simliklarning joni bor deb tushunishgan. YA’ni jon 
odamlardan boshqa mavjudotlarda ham bordir. Rux esa egalaridan ajralgan holda ham mavjud 
bo‘lib, u har qanday narsalarga ta’sir ko‘rsatadi.
Turkiston-tom ma’noda turkiy xalqlarning tarixan tarkib topgan va keng yoyilgan tarixiy -
geografik xudud. Ba’zilar Turkistonni Turonning islomiy vorisi deb hisoblaydilar. 639 yilda 
Turfonda tuzilgan sug‘d hujjatida O‘rta Osiyo mintaqasining nomi sifatida ilk bor ishlatilgan. 
“Turkiston” atamasi “O‘rta Osiyo” va “Movarounnahr” nomlaridan farqli ravishda nafaqat 
geografik, balki etno-geografik tushunchani anglatib, shuningdek, siyosiy-huquqiy ahamiyatga 
ham ega. VIII asrdagi arablar istilosidan so‘ng Turkiston atamasi o‘zining siyosiy-huquqiy 


ma’nosini yo‘qotmagan. Uning sarhadlari tarixiy-an’anaviy jihatdan keng ma’noda quyidagi 
qismlardan iborat: a) Markaziy Turkiston (hozirgi O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston
Qirig‘iziston, qisman Tojikiston); b) SHarqiy Turkiston (Ichki Mo‘g‘uliston, Xitoyning 
Sinszyan-Uyg‘ur Muxtor viloyati, Qoraqurum); v) Janubiy Turkiston (Tog‘li Badahshon, 
Ko‘ksuv, SHimoliy Hindiston-Jammu-Kashmir viloyatlari, SHimoliy-sharqiy Afg‘oniston); g) 
G‘arbiy Turkiston (Eronning shimoli, qisman Kavkaz, Xazar-Kaspiy havzasi); SHimoliy 
Turkiston (SHimoliy Qozog‘iston, Ural-Volgabo‘yi, Ob, Enisey, Lena daryolari va Sibir). 
Tor ma’noda Turkiston deb asosan, Markaziy Turkiston tushuniladi.
Turon (forscha “turon”-turkiylar degan ma’noni anglatadi)-turkiy xalqlar yashaydigan 
hududlarni bildiruvchi ijtimoiy, tarixiy-etnik atama. 
“Turon” atamasi bundan 3000-2500 yillar muqaddam qo‘llanila boshlangan. “Avesto”da 
chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi qabilalar turlar deb, turlar yurti esa Turon deb atalgan. 
“Turon” atamasi yonida, u bilan birga, uning ma’nodoshlari sifatida “Turk yurt”, “Turk eli”, VII 
asrdan boshlab esa “Turkiston” atamalari yozma bitiklarda uchraydi. Turon turkiy xalqlarning 
jahoniy hamda ijtimoiy-etnik birligini ifodalovchi asosiy tushuncha va nom sifatida XX asrgacha 
etib kelgan. 
Turonni geografik-tarixiy ta’riflaganda, uning hududlari Tinch okeanidan O‘rta er 
dengizidagi Egey-Adriatikagacha, SHimoliy Muz okeaanidan Tibet, Ximolay tog‘larigacha, 
SHimoliy Hindistondan Anadoli (hozirgi Turkiya)gacha bo‘lgan hududlarni, mazkur hududda 
yashovchi turkiy xalqlar Vatanini bildiradi.
Xunlar-SHimoliy Xitoy xududlaridan to Volgabo‘yi dashtlariga qadar cho‘zilgan 
hududlarda ko‘chmanchilik bilan hayot kechiruvchi turkiy qabilalardan biri. 
Urug‘-bir ajdoddan tarqalgan qon-qarindoshlarning jamoa bo‘lib uyushuvi natijasida 
shakllangan kishilar uyushmasi. Tirikchilik tashvishida tashqi dushmanlardan saqlanish istagi 
kishilarning qon-qarindoshlikka asoslangan birlashuvini taqozo etgan. SHu yo‘l bilan 
kishilarning teng huquqliligi, asosiy ishlab chiqarish qurollarining umumiy mulkligi, jamoa 
mehnati va iste’mol qilishning umumiyligi ta’minlangan, nikoh va dini marosimlar tartibga solib 
turilgan. Kishilarning urug‘-urug‘ bo‘lib yashash tarziga o‘tishlari bundan 40-35 ming yil ilgari 
sodir bo‘la boshlagan. 
El-bu atama eng qadimgi turkiy so‘zlardan hisoblanadi. El avvalo bir joyning odamlari 
ma’nosini bildiradi; Xorazm eli, Qoshqar eli. Bir qabilaga mansub kishilarga qo‘llaniladi; 
qipchoq eli, mang‘it eli. El so‘zi ba’zan xalq, millat ma’nolarida ham ishlatiladi. XX asr 
boshlarida “El bayrog‘i” gazetasi ham chiqqan. YUrt, mamlakat ma’nolarida ham qo‘llaniladi. 
Masalan qozoq eli deganda qozoq xalqini ham, Qozog‘iston Respublikasini ham tushunishimiz 
mumkin. YOki bo‘lmasa, chet ellar deganda, xorijiy xalqlarni ham, xorijiy mamlaktlarni ham 
anglash mumkin.
El iborasida, shuningdek, ittifoq, totuvlik, ahillik ma’nolari ham bor. El yovning ziddidir. 
“El bo‘ldi”, deganda do‘stlashdi, birlashdi ma’nosi anglashiladi. Elning ana shu ma’nosidan elat 
atamasi kelib chiqqan. 
Elat-kishilarning til, hudud, iqtisodiy va madaniy jihatdan tarixan 
tarkib topgan birligi. Elatning kelib chiqishiga bir-biriga yaqin bir necha qabilalarning uyushuvi 
asos bo‘lgan. Uni xalqning millat bo‘lib shakllanishidan oldingi bosqichi deb ham ataydilar.
Til jihatdan bir yoki o‘zaro yaqin qabilalarning uyushuvi elat bo‘lishning asosiy shaklidir. 
Bir qabilaning boshqasi tomonidan istilo qilinishi natijasida, bir necha qabila aralashib, elat 
paydo bo‘lgan. Masalan, fransuz elati gall, german qabilalarining rimliklar bilan o‘zaro 
aralashuvidan shakllangan. 
Elat o‘z qiyofasini saqlab qolishi uchun hamda ravnaq eta borib, xalq va millat darajasiga 
etishi uchun ham o‘z davlatiga ega bo‘lishi shart. O‘z davlatisiz elat yo‘q. Bo‘lsa-da, elat 
shaklida uzoq yashay olmaydi, hukmron elat uni o‘ziga “yutib” yuboradi. 
Eron-Amudaryodan janub tomon yoyilgan hududlar. “Avesto”da Eron haqida gap 
ketganda ko‘chmanchi chorvador turlarga qarshi o‘laroq, dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi 
urug‘ va qabilalar yurti tushunilgan. 


CHorvador oriylarning shimoliy mintaqalardan kelib Eron adirlariga o‘rnashib qolgan 
joylar “Avesto”da “Ariana” deb nomlangan. Eron-Ariana so‘zining yangi shakli.

Yüklə 226,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin