Diversifikatsiya – lot. diversification – o‘zgarish, turli-tumanlik, faoliyatni har tomonlamava turli-tuman yo‘nalishlarda rivojlantirishga strategik mo‘ljal olish. Masalan, kapitalni diversifikatsiyalash – iqtisodiy tavakkalchilikning xavfli oqibatini kamaytirish maqsadida kapital mablag‘larni turli ob’ektlar o‘rtasida bo‘lib-bo‘lib joylashtirish.
Diniy bag‘rikenglik - bizning dunyomizdagi turli boy madaniyatlarni, o‘zini ifodalashning va insonning alohidaligini namoyon qilishning xilma-xil usullarini hurmat qilish va to‘g‘ri tuShunishni anglatadi. Uni bilim, samimiyat, ochiq muloqot hamda hurfikr, vijdon va e’tiqod vujudga keltiradi.
Differensiatsiya – (lot. differentia-farqlash, har xillik); taqsimlanish, nimanidir alohida turli xil unsurlargaajralishi, bo‘laklarga bo‘linish.
Dualizm – (lot.) ikki taraflamalik (Shuningdek, falsafadagi dunyo asosida ikkita mustaqil bosh sabab – ruh va modda, ideallik va moddiylik mavjud degan qarashlar haqidagi ta’limot).
Evropotsentrizm - G‘arbiy Evropa madaniyati butun insoniyat uchun na’muna, deb qarovchi konsepsiya. Unga ko‘ra G‘arbiy Evropa – jahon taraqqiyoti markazidir.
Jazo – huquqbuzarlik sodir etishda ayblangan shaxslarga nisbatan qo‘llanadigan ma’naviy, moddiy yoki jismoniy cheklashlar bilan bog‘liq bo‘lgan majburlov chorasi.
Jamiyat – insonlar munosabati va ijtimoiy aloqalar yig‘indisi. Jamiyat tarixiy, moddiy-ma’naviy hayot tarzidan kelib chiqqan holda umumiy orzu-maqsadlari bilan birlashgan insonlar uyushmasining alohida shakli. Jamiyat doimo o‘zgarish va rivojlanishda bo‘lib, uning asosini doimo insonlar tashkil etadi.
Jamoa manfaati – kishilar guruhi, korxona va firmalarga tegishli manfaatlar majmuidir.
Jamoat birlashmalari – fuqarolarning qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan birlashmalari. Ularga kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, faxriylar va yoshlarning tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari kiradi.
Jarayon – muayyan vaqt oralig‘ida bo‘lib o‘tgan o‘zgarishlar, voqea va hodisalarning davomiyligi. J.lar uzlukli va uzluksiz, tabiiy va sun’iy, takrorlanuvchi va betakror, boshqariluvchi va boshqarilmas bo‘lishi mumkin.