Chiziqli dasturlash masalasi — maqsad funksiya va joiz rejalar sohasi o'zgaruvchilarga nisbatan chiziqli funksiyalar bilan aniqlangan masala.
Chiziqli dasturlash masalasining standart shakli - o'zgaruvchilar manfiymas shart ostida chegaralari katta yoki teng bo'lgan holda maqsad funksiyaning ekstremumini topish masalasi.
Chiziqli dasturlashning yechimi mavjud bo‘lishligi haqidagi teorema - chiziqli dasturlash masalasi yechimga ega bo'lishligi uchun, maqsad funksiya joiz rejalar to'plamida chegaralangan bo'lishligi zarur va yetarli.
Chiziqli dasturlashning ikkilamchi masalasi - boshlang'ich masalani ma’lum qoidalar asosida chiziqli dasturlashning masalasiga keltirish.
Gomori usulining algoritmi — butun sonli chiziqli dasturlash masalasini yechishda qo‘shirncha chegaralar qo'shish yordamida rejalar to'plami kichraytirish orqali butun komponentali yechimni aniqlash.
Dinamik dasturlash -funksiyaning global ekstremumni topish uchun. ma’lum algoritm yordamida maxsus tuzilishga ega bo‘lgan masalani yechishning sonli usuli.
Transport masalasi uchun, shimoliy-g‘arb usul — yopiq transport masalasida boshlang'ich taqsimotni aniqlashning algoritmi.
Maksimum prinsipi — boshqariladigan obyektlarni bir holatdan boshqa holatga optimal o‘tkazishning zaruriy sharti.
Maqsad funksiya -ekstremumini topish talab etilgan funksiya.
Simpleks usul algoritmi - bir joiz bazis rejadan boshqasiga o'tish yordamida maqsad funksiyaning qiymatini yaxshilab, optimal yechimni chekli qadamda aniqlash algoritmi.