So`rovnoma(Опрос)
So`rovnoma moduli o`qituvchilarga so`rov yaratish, shu jumladan ko`p tanlovli so`rov yaratish imkonini beradi. «So`rovnoma» moduli o`qituvchiga bitta-yu bitta savol berish va mumkin bo`lgan javoblarning keng tanlovini taklif etish imkonini beradi. So`rov natijalari talabalarning javoblaridan so`ng, ma`lum bir sanadan keyin chop etilishi yoki umuman ko`rsatilmasligi mumkin. Natijalar talabalarning nomlari bilan yoki anonim tarzda e`lon qilinishi mumkin.
So`rovnomadan:
mavzuni tanlash uchun tezkor ovoz berish sifatida;
tuhunishni tezda tekshirish uchun;
talabalarga qaror qabul qilishda yordam berish. Misol uchun, talabalarga kurs yo`nalishi haqida ovoz berish imkonini berish uchun foydalanish mumkin.
8-rasm. So`rovnoma elemntiniqo`shishjarayoni
9-rasm. So`rovnomaga berilgan javoblarni ko`rish oynasi
SCORMpaketi(Paket SCORM)
SCORM paketi ta`lim muassasalari uchun kelishilgan standartga mos ravishda paketlangan fayllar to`plamidir. SCORM moduli kursga arxiv sifatida yuklanadigan SCORM yoki AICC paketlarini qo`shish imkonini beradi.
Kontent (tarkib) odatda bir nechta sahifalarda, sahifalar orasidagi navigatsiya bilan
ko`rsatiladi. Kontentni ko`rsatish uchun turli xil variantlar mavjud: qalqib chiquvchi oynada, mundarija bilan, navigatsiya tugmalari bilan va boshqalar. SCORM paketlarida odatda savollar bo`ladi, javoblar uchun baholar baholash jurnalida qayd etiladi.
SCORM paketidan:
Multimedia kontentini va animatsiyasini taqdim etish uchun;
Baholash vositasi sifatida foydalanish mumkin.
10-rasm. SCORM paketielementi bilan ishlash
Wiki
Wiki moduli Wiki ishtirokchilarga bog`langan veb-sahifalar to`plamini qo`shish va
tahrirlash imkonini beradi. Wiki qo`shma bo`lishi mumkin, har bir kishi uni tahrirlashimumkin yoki individual bo`lishi ham mumkin. Wikida har bir sahifaning oldingi versiyalari tarixi saqlab qolinadi va har bir ishtirokchi tomonidan kiritilgan o`zgartirishlar ro`yxatlanadi.
Dostları ilə paylaş: |