Elektron huqumat – (angl. e-Government) – bu fuqarolar, biznes, davlat hokimiyatining boshqa tarmoqlari va davlat xizmatchilariga axborotni taqdim qilish va shakllanib bo‘lgan davlat xizmatlarining to‘plamini ko‘rsatish usulidir, bunda davlat va arizachi o‘rtasidagi o‘zaro shaxsiy aloqa minimallashtirilgan va imkon boricha maksimal ravishda axborot texnologiyalardan foydalaniladi. Elektron huqumat – mamlakat miqyosida boshqaruv jarayonlarning butun majmuasini avtomatlashtirishga asoslangan hamda davlat boshqaruvining samaradorligini sezilarli darajada oshirish va jamiyatning har bir a’zosi uchun ijtimoiy kommunikatsiyalar harajatlarini kamaytirish maqsadiga xizmat qiluvchi davlat boshqaruvi elektron hujjat almashinuvi tizimi. Elektron xuqumatni yaratish hujjatlarni va ularni ishlash jarayonlarini boshqarish bilan bog‘liq vazifalarning to‘liq ko‘lamini hal etishni amalga oshiruvchi ijtimoiy boshqaruvining umumdavlat taqsimlash tizimi qurilishini nazarda tutadi.
Emissiya - fr. émission – chiqarish; pul emissiyasi - muomalaga yangii pullarni chiqarish, muamaladagi pul hajmini ko‘paytirish. Emissiya naqd yoki naqd pulsiz bo‘lishi mumkin.
Empirizm - yunon. emperia-tajriba; tajribani bilishning birdan-bir vositasi, deb tan oluvchi ta’limot.