GLOSSARY Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari – axborot foydalanuvchilari manfaatida uni yig‘ish, ishlash, saqlash, tarqatish, aks etish va foydalanish maqsadida integrallashgan metodlar, ishlab chiqarish jarayonlar va dasturiy-texnikaviy vositalar majmui. Bugungi kunda AT tuShunchasiga mikroelektronika, kompyuterlar va dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va ishlab chiqarish, aloqa va telefoniya, mobil servislar, Internetdan foydalanishni ta’minlash, Internet axborot resurslarini ta’minlash kiradi.
Bill – ingl. Buyuk Britaniya, AQSH va boshqa davlatlarda qonun chiqaruvchi tashkilot e’tiboriga havola qilinuvchi qonun loyihasi.
Bipartizm-ijtimoiy sheriklikning ikki sub’ekti o‘rtasidagi keliShuv
Bozor – ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o‘rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo‘ladigan munosabatlar yig‘indisidir.
Bozor iqtisodiyoti – tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun – qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir.
Bozor mexanizmi – bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlarni uyg‘unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalardir.
Bundesrat – nem. GFRda erlar palatasi. Germaniya Erlari hukumatlarining uchdan beshtagacha vakillaridan iborat. Bundestag – nem. GFR parlamenti. 1949 yilda tashkil etilgan. Aralash saylov tizimida 4 yillik muddatga saylanadi.
Verbal– (lot.) og‘zaki; bunda siyosiy ishtirokni shaxsning sub’ektiv jihatiga bog‘liq emasligiga ishoraqilinmoqda.
Veto – (lot. taqiqlayman) davlat boshlig‘i yoki parlament oliy palatasining qonun chiqaruvchi tashkilot qabul qilgan qonunni kuchga kirishini bir muddatga to‘xtatib qo‘yish yoki uni kuchga kiritmaslik huquqi: mutloq veto, kechiktiruvchi veto.
Vijdon erkinligi – ijtimoi-falsafiy tuShuncha; har kimning o‘z e’tiqodiga ko‘ra, mazkur jamiyatda mavjud ijtimoiy me’yorlarni buzmagan holda vijdoni buyurgani bo‘yicha yashash, ishlash imkoniyati. Bunda dinga munosabat masalaning bir tomoni hisoblanadi.