ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 872 www.ares.uz havfsizligi to‗g ‗risidagi Qonunning qabul qilinishi buning yaqqol misolidir.
Xususan, oziq-ovqat havfsizligi sifatining havfsizligi va uning ta‗minlanganlik
darajasi, zaxiralarning mavjud bo‗lishi kabi omillar orqali umumiy oziq-ovqat
barqarorligi ta‗minlanadi. Ya‗ni oziq-ovqatning inson salomatligiga bo‗lgan salbiy
ta‗sirini tartibga solish borasidagi tadbirlar birinchi navbatdagi masala bo‗lsa,
ikkinchidan, oziq-ovqat yuzasidan boshqa mamlakatlarga qaram bo‗lishning oldini
olishdir.
Geni modifikatsiyalangan organizm, (GMO) ya‘ni genetik tarkibini o‗zgartirish
yo‗li bilan hosil qilingan yangi o‗simliklar yoki hayvon organizmlari, shuningdek
ulardan iste‘mol uchun tayyorlangan mahsulotlaridir. Aniqroq aytganda, biror xil
mahsulotga begona genning ko‗chirib o‗tkazilishi tufayli yangi xususiyatlarga ega
organizmning kelib chiqishi GMO hisoblanadi. Geni modifikatsiyalangan
organizmlar yaratish uchun avvalo biror xususiyatli (masalan, sovuq iqlim sharoitida
yashovchi) o‗simlik yoki hayvon turining gen tarkibidan kerakli gen ajratib olinib, u
boshqa bir organizm genomiga o‗rnatiladi. Natijada sovuq urmaydigan, shuningdek
tashqi jihatdan ko‗rkam va ta‘mi o‗zgacha yani yashovchan o‗simlik navi yuzaga
keladi. Mana shu usul bilan oddiy qulupnay gen tizimiga Arktika sharoitida
yashovchi baliq genidan o`tkazilib, uning qahraton qishda hosil beradigan navi
yaratilgan, Lekin baliq go‗shtiga nisbatan allergiyasi bor odam yuqoridagidek usulda
yaratilgan mevadan yeganda allergik holat kuzatilishi mumkin. 1994 yil AQSH da
Ilmiy tajriba sifatida chuqur suv tubida yashovchi kambala balig‘ining geni
o‗tkazilgan yirik va rango-rang pomidorlar yetishtirildi. Bug‘doyning
qurg‘oqchilikka chidamliligini ta‘minlash maqsadida chayon genidan foydalanildi.
Tashqi salbiy ta‘sirotlarga chidamliligini oshirish uchun inson jigari geni gurunchga
o‗tkazildi. Ayniqsa yaponiyalik genetiklar yaratgan yangi navli gurunchda o‗zgacha
xususiyat mavjud. Uni iste‘mol qilingach, oshqozon osti bezida insulin ishlab
chiqarish tezlanishi kuzatilgan. Shu jihatdan foydalanib, bu gurunch qandli diabetga
chalingankar uchun foyda keltiradi.
Hozirgi kunda Yer sharida 100 dan ortiq yo‗nalishli transgen o‗simliklar
yetishtirilib, ulardan oziq-ovqatda ko‗p tarqalgan soya, makkajo‗xori, lavlagi va
kartoshkadir. Bu borada soya yetishtirish ayniqsa keng yo‗lga qo‗yilgan. Soya oqsili
sifatini oshirish maqsadida, unga Braziliya yong‘og‘i genlari kiritilgani tufayli ilgari
bunday yong‘oqlarga allergiyasi bor kishilar geni o‗zgartirilgan soyani iste‘mol
qilganlaridan so‗ng ularda allergik holatlar paydo bo‗la boshlagani olimlarni
havotirga solib qo‗ydi. Qishloq xo‗jaligida yetishtirilayotgan GMO mahsulotlari
o‗zining pestisidlarga birmuncha chidamliligi bilan alohida xususiyatga ega. Bunday
mahsulotlar ishlab chiqarilishini ko‗payishiga hissa qo‗shayotganlar ham ko‗p.