“o’z harakatida” “jonli” holatda, “hayot holatda”, o’zgarib va rivojlanib turishida bilishni talab qiladi. Ilmiy bilish natijasida hosil qilingan bilimlarning mahlum tizimlari fanlarni vujudga keltiradi.
Har bir bilim sistemasida ilmiy etiqod jarayonida kelib chiqqan muammo yoki masalalarning qo’yilishi va hal qilishda mahsus usullardan foydalaniladi. Ular esa tarixiy aniq bilish jarayonida vujudga keladi, rivojlanadi. SHuning uchun ham har bir fanning o’z predmeti va tadqiqot usuli mavjuddirki, ular o’zi o’rganayotgan obhektga nisbatan maxsus amaliy va nazariy tadqiqot usuli asosida yondoshadi.
Ilmiy bilimning bir-biri bilan uzviy bog’langan, biri ikkinchisin to’ldiradigan ikkita darajasi mavjud, ularga empirik va nazariy darajalar kiradi.
Ilmiy bilimning empirik darajasi kishilarning ehitiyojlarini qondirish jarayonini ularning kundalik tajribalari asosida qo’lga kiritilgan mahlumotlarga tayangan holda olamda ro’y berayotgan xodisalarni bilishga qaratilgan. Ilmiy bilishning empirik darajasi uch bosqichdan iborat bo’lib, uning birinchi bosqichida alohida-alohida o’rganadigan hodisalar haqida to’plangan bilimlar hosil bo’ladi. Uning ikkinchi bosqichida mazkur bilimlar umumlashtirilib hodisalarning o’rtasidagi aloqa va bog’lanishlar aniqlanadi. Nihoyat empirik darajaning uchinchi bosqichda narsa va xodisalarga xos empirik qonunlar aniqlanadi. SHu bilan empirik daraja tugatiladi. Uning natijasida yig’ilgan mahlumotlar bilimning nazariy darajasiga zamin, poydevor bo’lib xizmat qiladi.
Ilmiy bilimning nazariy darajasida ilgari to’plangan mahlumotlar asosida olamdagi narsa va xodisalarning alohida shakillari emas balki keng miqdordagi bir qancha xodisalar o’rtasidagi aloqadorlik va taraqqiyot qonuniyatlari aniqlanadi. Mazkur asosiy qonunlar bir qancha empirik qonunlarning yig’indisidan tarkib topgan bo’lib, olamning ilmiy manzarasini ifodalaydigan nazariya va kontseptsiyalarda namoyon bo’ladi. Bilishning nazariy darajasi bir qator xususiyatlarga ega. Ular quyidagilardan iborat;