Gnoseologiya – bilish haqidagi ta`limot Reja


semsualizm yoki ratsisnalizmga



Yüklə 67,23 Kb.
səhifə3/4
tarix16.12.2023
ölçüsü67,23 Kb.
#183839
1   2   3   4
Gnoseologiya

semsualizm yoki ratsisnalizmga berilish masalani bir yoqlama tushuntirishga olib keladi. Semsuliklar hissiy bilishni yuqori qo’yadilar, mantiqiy tafakkurning roliga yetarli baho bermaydilar. Ratsionalistlar esa aksincha, mavhum tafakkurlar haddan tashqari yuqori ko’tarib, hissiy bilishning rolini kamsitar edilar.
Madomiki, hissiy bilish bilan mantiqiy bilish birgalikda maydonga chiqar hamda bir-birini to’ldirar va boyitar ekan, bilishda sezgilar beradigan mahlumotlarga ham, aqliy xulosalarga ham mensimaslik bilan qarash mumkin emas.
Sezgi organlarimiz orqali biz narsalarning xossasini, xususiyatlarini his qilamiz, aqliy bilish tufayli biz ularning moddiy asosini mohiyatini bilishga muyassar bo’lamiz.
“Balki, ­­­­­­­– deb yozadi Abu Nasr Farobiy1, – olamda substantsiya (jabha) va aktidentsiya (jabha bo’lmagan) hamda substantsiya, aktidentsiyani yaratuvchi marhamatli ijodkordan boshqa hech narsa yo’qdir”. Aktsidentsiyani besh sezgi his etadi, ular o’rtasida hech qanday vosita yo’qdir... Substantsiyani faqat aql qabul qiladi va bunda aktsidentsiya aql uchun vosita bo’lib xizmat qiladi. Aql ranglar ostida shu rang ega bo’lgan narsa borligini ovoz ketidan ovoz kelayotgan narsa mavjudligini biladi. Aqlning boshqa sezgilar bilan munosabatda ham shuning kabidir.
Bilish jarayoni murakkab, ko’p qirrali jarayondir. U albatta sub`yektning qobiliyati izlanuvchanligi, mantiqiy tafakkurning hususiyati, voqealik xodisalarini kuzatish, uning mohiyatini ochishda ham bir narsa va xodisaga ijodiy yondashishni talab qiladi.
Ijod insonning fan, texnika, madaniyat va boshqa sohalarda ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan yangilik yaratish, kashf etish faoliyati bo’lib, murakkab ruhiy jarayondir. Unda inson tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqati, irodasi faol ishtirok etadi, butun bilimi, tajribasi, istehdodi namoyon bo’ladi.
Ijod jarayonida boshqalar tomonidan qo’lga kiritilgan chuqur atroflicha, tanqidiy ravishda o’rganiladi, tahlil etiladi, kuzatishlar hisoblashlar o’tkaziladi, mantiqiy xulosalar chiqariladi. Xulosalarning to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligi tajribada sinaladi.
Ijodiy izlanish natijasida kelib chiqqan bilim mazmuni turli shakllarda – badiiy asar, matematik formula, nazariya qonun va boshqalar orqali jamiyatga taqdim etiladi. Ulardan jamiyat bahramand bo’lsagina haqiqiy to’liq ijod bo’ladi. Ijod – fan, texnika, madaniyatni boyitadi, bilimni rivojlantiradi.
Odamlarning istehdod va qobiliyatlarini namoyon etish uchun barcha shart-sharoitlar yaratish, mahnaviy mulkni himoya qilish... mahnaviy potentsialni ildam rivojlantirish, umuman ijodning barcha turlarini rivojlantirish orqali respublikaning mustaqilligini va ravnaq topishini tahminlash kerak. Tarixiy tajriba shuni ko’rsatadiki, faqat uyushgan bozorgina bugungi kunda xalqning ijodiy va mehnat imkoniyatlarini ochib bera oladi, yangiliklarga sezgir qiladi, fan va texnikaning eng so’nggi yutug’larini dadil va g’ayrat bilan joriy etadi. O’z ishining ustasiga, kasb mahoratiga munosib baho beradi.
4. Har bir tarixiy davrda inson o’zining amaliy faoliyati natijasida ob`yektiv olamni to’liq va aniq aks ettiruvchi bilimga ega bo’lib boradi. Bilim esa ob`yektiv reallikka mos keladimi yoki yo’qmi? Bu masalani hal qilishda haqiqat to’g’risidagi mahlumot o’z ifodasini topadi. Bu ta`limot esa o’z-o’zidan haqiqat nima? degan masalani hal qilishni talab qiladi. Haqiqat masalasini ilmiy tarzda hal qilishning yagona yo’li inson bilimlari bilan ob`yektiv olamdagi real narsa va xodisalar, ularning sifat va xususiyatlari o’rtasidagi munosabatni yoritishdir. SHunday ekan, haqiqat ob`yektiv voqelikka mos keluvchi narsa va xodisalarning real holatdagi mazmunini sifat va xususiyatlarini to’g’ri aks ettiruvchi hamda amaliyotda sinalgan bilimlardir.
Inson sezgilari uning ongidan tashqaridagi ob`yektiv olamning inhikosini hosil qiladi. Ob`yektiv olamning mavjudligini ehtirof etish bilan uning to’g’ri inhikosining hosil bo’lishi ob`yektiv haqiqatdan iboratdir. Yoki boshqacha qilib aytganda ob`yektiv haqiqat inson va insoniyatga bog’liq bo’lmagan ob`yektiv mazmundir. Masalan, tabiat va jamiyat qonunlari ob`yektiv haqiqatdir. CHunki bu qonunlar insonga bog’liq bo’lmagan holda, undan tashqarida mavjud, bu qonunlarni inson bekor qila olamaydi, o’z ixtiyori bilan o’zgartira olmaydi. Ob`yektiv haqiqat to’g’risidagi tushunchani ob`yektiv reallik haqidagi tushuncha bilan bir deyish mumkin emas. Ob`yektiv haqiqat bizning ongimizdan tashqarida mavjud bo’lgan ob`yektiv reallikni ongimizda to’g’ri inhikosidir. Dialektik bilimlar abadiy bo’lmay ular takomillashib boradi, nisbiy haqiqatdan mutloq haqiqatga boradi deb tushuntiradi. Haqiqatdan ham olamda inson bila olamydigan narsa yo’q. SHuning uchun ham bilish jarayonining rivojlanish cheksiz u biror chegarada to’xtatish mumkin emas. Inson erishgan yangi bilim uchun zarur bosqich hisoblanadi. Demak, mutloq va nisbiy haqiqatlar dialektik munosabatda bo’ladi. Inson tafakkuri o’z tabiatiga ko’ra mutloq haqiqatni ochish imkoniyatiga ega deb, mutloq haqiqat nisbiy haqiqatlar yig’indilaridan tashkil topganligini ko’rsatadi. Har bir fan sohasida yangi kashfiyotlar mutloq haqiqatga hissa qo’shadi va bu kashfiyot nisbiy chegaraga ega, yahni kengayishi, rivojlanishi mumkin.
Har bir inson haqiqatda mutloq haqiqat elementi, zarrasi bor. CHunki unda moddiy dunyoning mahlum tomonlari aks etadi. Nisbiy haqiqat ob`yektiv olamning inson ongida nisbatan to’g’ri inhikos etishidir. Amaliyot va fan taraqqiyotida bu haqiqat tobora takomillashib boradi. Demak, ob`yektiv olamni taxminan to’g’ri inhikos ettiradi, to’la aniq bo’lmagan inson bilimining so’nggi taraqqiyoti jarayonida aniqlanishi va chuqurlashishi tobora to’laroq bo’lib boradigan ilmiy bilimlar (qoida, tushuncha va nazariyalar) nisbiy haqiqatdir.
Nisbiy haqiqatni ehtirof qilish mutloq haqiqatni inkor etish emas. CHunki bizning bilimlarimiz tayyor yoki qotib qolgan bilim bo’lmay, mutloq haqiqatni bilish nisbiy haqiqatlarni bilish bilan boradi. Mutloq haqiqat birdaniga bilib olinmaydi, balki to’liq bo’lmagan taxminiy, yahni nisbiy haqiqatlar orqali bilinadi. (Materiya tuzilishi haqida).
Inson hamma vaqt tabiatni oxirigacha bilish tomon yaqinlashib boradi, lekin u moddiy olam qonun va xodisalarini to’la-to’kis bilish darajasiga erisha olmaydi. Buning sababi shuki, tabiat cheksiz, u to’xtovsiz harakatga, rivojlanishda o’zgarishda. Inson bilimi esa hech qachon moddiy olamni butunlay qamrab ola olmaydi. SHuning uchun ham inson bilimining mutloq haqiqatga yaqinlashuvi nisbiydir. Bundan bizning hamma bilimlarimiz nisbiy ekan, ularda ob`yektiv mazmun yo’q ekan, degan xulosaga kelmaslik kerak. Har qanday haqiqat nisbiyligiga qaramay, unda mutloq haqiqat elementlari saqlanadi. Mutloq va nisbiy haqiqatlarni bir-biriga qarama-qarshi qo’ymay balki ularni ajralmas, bir butun holda olib o’rganmoq zarur. Mutloq va nisbiy haqiqatlarni dialektik munosabatini bilish, dogmatizm, agnostitsizm, relyativizmga qarshi kurashda katta ahamiyatga ega. Dogmatizm va relyativizm haqiqat va uning mohiyatini bir yoqlama hal qiluvchi, uning absolyut va nisbiy tomonlarini bir-biridan ajratib tashlashga harakat qiluvchi ta`limotdir. Dogmatizm inson bilimlarining konkret vaqti, sharoitlari, bilish imkoniyatlari bilan bog’liq bo’lgan nisbiy tomonini inkor etadi, har bir bilimini o’zgartirmaydigan, rivojlantirish, takomillashtirish, to’ldirish mumkin bo’lmagan so’nggi marradagi haqiqat deb tushuniladi. SHu asosda ular inson bilimlarida nisbiy tomonlar muvjudligi butunlay inkor etiladi. Dogmatizm vakillari ko’rsatishicha hosil bo’lgan bilimlarni to’ldirish va rivojlantirishning xojati yo’q. Har qanday bilimni hamma vaqt konkret sharoitlarini hisobga olmay amalda qo’llay berish mumkin emas. Negaki dogmatiklar konkret tarixiy sharoit va vaziyatlar doim o’zgarib turishini inkor etadilar, bahzan nazariy qoidalarni ko’r-ko’rona yodlab olib, har qanday sharoitda bemalol qo’llay berish mumkin deb hisoblaydilar.
Relyativizm vakillari esa inson bilimlarining faqat nisbiy tomonlarini tan olib, mutloq haqiqatni esa butunlay inkor etadilar. Ularning fikricha nisbiylik inson bilimlarining bir tomongina emas, hammasiga xos emish. Bu ta`limot bilimlarimizning hammasini nisbiy deb hisoblash orqali unda inson ongiga bog’liq bo’lmagan voqelikni to’g’ri aks ettiruvchi haqiqat mavjudligini ham inkor etadi.
Relyativizm asosan har bir konkret tarixiy sharoitdagi bilish imkoniyatlari bilan bog’langandir. Biz har bir ob`yektiv narsa va xodisani mahlum tajriba, malaka, bilish, texnika vositalari asosida bilamiz. Lekin yuqoridagi bilish imkoniyatlari har bir tarixiy davrda bizni qiziqtirgan narsalarning hammasini to’la va mukammal bilishga imkon bermaydi. SHu tufayli har bir davrdagi bilimlar majmuasida mahlum nisbiy tomonlar bo’lishi tabiiydir. Relyativizm ilmiy bilish va praktika uchun zararli ta`limotdir. Relyativizm, skeptitsizm, agnostitsizm, sxolostikaga olib boradi. Haqiqat to’g’risidagi ta`limotlarning yana bir jihati bor, u ham bo’lsa haqiqatning konkretligi masalasidir. Haqiqat abstrakt bo’lishi mumkin emas, u doim konkret bo’ladi.
Haqiqatning konkretligidan har bir bilim nazariy ta`limot mahlum vaqt, sharoit, davr, o’rin uchun to’g’ridir, degan mahnoni bildiradi. biz yuqorida inson bilimining yagona ob`yekti bo’lgan moddiy olam narsa va xodisalar doimo o’sib, o’zgarib, yangilab turishini ko’rdik.
Inson ob`yektiv olamni o’z amaliy faoliyatida mahlum tarixiy va ilmiy imkoniyatlar asosida olib boradi, ilmiy haqiqatlar aniq tarixiy sharoit bilan bog’liq bo’lib, aniq shaklda namoyon bo’ladi, haqiqat mavhum bo’lmay aniq bo’ladi. masalan, mustaqil O’zbekistonning ichki siyosatining negizi ijtimoiy jihatdan yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini qurish, unga o’tish muqarrar davr amri bo’lib, ob`yektiv haqiqatdir.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish faqat maqsad emas, balki yangi qadriyatlarni shakllantirish, odamlar farovonligining sifat jihatdan tubdan yuqori darajasiga erishish uslubi va vositalaridir. (I.Karimov. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 61-bet).


5. Bilish odam bolasining tug’ilishidan boshlanadi, tabiat va ijtimoiy muhitga moslashish, unga faol tahsir o’tkazish jaroyonida u takomilashib boradi. Inson bilimini, unda borliq qanday holda inhikos etganligiga qarab, oddiy (kundalik) va ilmiy bilimlarga ajratish mumkin.
Oddiy (kundalik) bilish kishilarning odatdagi o’z kundalik hayotlarida borliqdagi predmet va hodisalarni bevosita o’z sezgi ahzolari va tafakurlari orqali bilishdir. U kishilarning kundalik hayotiy tajribalari, malakalari va amaliy ishlari orqali hosil bo’ladi. Oddiy bilish hamma kishilarga xos bilishdir.
Ilmiy bilish esa, oddiy (kundalik) bilishdan farqlanib, u borliqdagi predmet va xodisalarning qonunyatlarini, ularning mohiyatini bilishdir. Ilmiy bilish, fanda ilmiy tadqiqotlar va ilmiy izlanishlar olib borish asosida amalga oshadi. SHu sababli ilmiy bilish uzoq davom etadigan, muayyan usullar va yo’llar bilan amalga oshiriladigan murakkab, ziddiyatli bilishdir.
SHu tufayli ilmiy bilish bilan hamma kishilar emas, balki bir guruh yoki alohida kishilar: tadqiqotchilar, olimlargina shug’ullanadilar.
Ilmiy bilish uchun tadqiqotchi o’rganayotgan predmet va xodisalarning hamma tomonlarini, aloqadorlik va bog’lanishlarini birga olib o’rganishi lozim bo’ladi. Garchi bunga u hech qachon to’la-to’kis erisha olmasa ham, lekin bu har tomonlama o’rganish talabi uni xatoliklardan va bir tomonlamaliklardan saqlab qoladi.
Ilmiy bilish predmet va xodisalarni 
Yüklə 67,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin