Go‘daklarning kattalar bilan bo‘ladigan muloqoti.
REJA:
1. Go’daklar.
2. Go’daklar bilan bo'ladigan muloqot
3. Go‘daklarning kattalar bilan bo‘ladigan muloqoti.
Oilada bola tug‘ilishi bilan oila a'zolari u bilan muloqotga kirishishga harakat qiladilar. Lekin chaqaloq muloqotga darhol tayyor bo‘lmasdan, u uxlaydi, yig‘laydi va emadi. Chaqaloq o‘zining hayotini shartsiz refleks, ya'ni qichqiriq bilan boshlaydi. Birinchi qichqiriq nutqning birinchi belgisidir. Ayrim olimlar birinchi qichqiriqni salbiy emotsiya deb ataydilar. Haqiqatdan ham chaqaloq o‘zining qichqirig‘i bilan uyquga, ovqatga, issiqlikka bo‘lgan ehtiyojini bildiradi.
Insonning tabiati shundayki, u atrofdagilar bilan muloqotda bo‘lmasdan yashay olmaydi. Bola tug‘ilganda uning onasi o‘zining mehrini muloqot orqali beradi. Shuningdek, oilaning boshqa kattalari ham chaqaloq bilan muloqotda bo‘lmasdan turolmaydi. Kattalar tomonidan bo‘ladigan to‘g‘ri muloqot chaqaloqda muloqotga bo‘lgan ehtiyojni shakllantiradi. Chaqaloqda birinchi u bir oylik bo‘lganda “ga”, “da”, “ua” kabi nutq belgilari paydo bo‘ladi. Bolaning muloqoti reaktiv (passiv) yoki aktiv (faol) shaklda bo‘ladi. Bolaning kattalar bilan qiladigan muloqoti dastlab kattalarning labi va ko‘zlariga qarashdan boshlanadi. Ijobiy muloqotda bo‘lish uchun kattalar bolaga ko‘proq kulgulari bilan ta'sir etishlari maqsadga muvofiqdir. Bolani qo‘lga olib ko‘targanda u juda xursand bo‘ladi. Bir yarim-ikki oylikda bola kattalarning jilmayishiga o‘zining kulgusi bilan javob qaytaradi. Ona bola uchun ehtiyojlarini qondiruvchi eng asosiy kishi . Ona uchun ham bola barchadan aziz.
Kattalar go‘daklar bilan doimo ijobiy emotsional munosabatda bo‘lishlari zarur. 4-5 yoshli go‘dakning munosabati o‘ziga xos harakterga ega. U o‘z oila a'zolarini begona kishilardan ajratadi. Kattalar doimo go‘dak atrofida parvona bo‘laversalar, u o‘yinchoqlar bilan o‘ynamaydi, balki go‘dak onasidan ajrasa injiq bo‘lib qoladi. 7-9 yoshli bola kattalarning nutqini va harakatini diqqat bilan kuzatadi. So‘ngra u kattalarning og‘zidan chiqqan so‘zlarni takrorlashga harakat qiladi. Bu davrdagi bolalar kattalarning harakatlarini taqlid qilish orqali egallaydi. Masalan, stolni ustini artishga, idish-tovoqlarni ko‘tarishga harakat qiladi. Kattalar bolaning ehtiyojlarini qondiribgina qolmasdan, predmetlar bilan harakat qilishga ham o‘rgatadilar, ya'ni hatti-harakatlarini boshqaradilar. Bir yoshgacha bola kattalarning nutqini tinglaydi.
O‘yinchoq -ko‘ngilochar predmet bo‘lib qolmasdan, balki bolaning ruhiy rivojlanishi vositasidir. 2-3 yoshli bola o‘yinchoqlar bilan o‘ynay boshlaydi. O‘yinchoqlar yorqin rangli, qo‘ng‘iroqli ovozli bo‘lishi bolada ijobiy emotsiyani keltirib chiqaradi. Onasi bolaga o‘yinchoqlar bilan qanday o‘ynashni o‘rgatadi. O‘yinchoqlarning tovushlari bolaning kayfiyatini yanada ko‘taradi, uning idrokini rivojlantiradi. Bolalarning yetakchi faoliyati maktabgacha davrda o‘yin bo‘lib hisoblanadi. Kattalar o‘yinchoqlar tilidan bola bilan muloqotda bo‘lishlari muhim ahamiyatga ega. O‘yinchoq bilan o‘ynaganda bolalar uni qimirlatishga va og‘ziga solishga, ichini ochib ko‘rishga harakat qiladilar. 9 oylik bolalarga endi o‘yinchoqdan tashqari qog‘oz, qalam ham berish kerak. Shunda bola yozma nutqning rasmlar chizish elementlarini shakllantirish mumkin bo‘ladi.
O‘yin orqali bolalarda sezgi, idrok, xotira, fikrlash, fantaziya kabi ruhiy jarayonlar, shuningdek, harakter hislatlari, qobiliyat turlari, temperament (mijoz) tiplari rivojlanadi. Bolalarning nutqini, muloqotini rivojlantirishda kattalar muhim rol o‘ynaydilar. Chunki bolalar hali mustaqil harakat qila olmaydi, ongi yaxshi rivojlanmagan. Bolaning ongini o‘stirish uchun o‘yinchoqlar va o‘yin turlaridan ko‘proq foydalanish yaxshi natija beradi.
Ilk bolalik davrida ham o‘yinning ahamiyati katta. O‘yin orqali bolalarda ruhiy xususiyatlar rivojlanadi. Bu davrdagi bolalar predmetli o‘yinchoqlarni ko‘proq o‘ynaydilar. Ayniqsa didaktik o‘yinchoqlar bola hayotida muhim o‘rin egallaydi. Bola endi bitta o‘yinchoq bilan emas, balki bir necha o‘yinchoqlar bilan o‘ynaydi. Bu davrda bolalar kattalar bilan muloqotda bo‘lishga nisbatan ko‘proq o‘yinchoqlar bilan muloqotda bo‘ladilar.
Maktabgacha yoshidagi bolalar o‘yinda kattalarning hatti-harakatlari, o‘zaro munosabatlarini taqlid qilish orqali ifodalaydilar. Bu ularda muloqotni rivojlanishiga yordam beradi.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda o‘yin faoliyati o‘ziga xos harakterga ega. Ular ko‘proq harakatli, sport harakteridagi o‘yinlarni o‘ynaydilar. O‘yin orqali o‘quvchilar bir-birlari bilan muloqotda bo‘ladilar.
O‘smirlarda, ayniqsa, 5-6- sinf o‘quvchilarida o‘yinga bo‘lgan ehtiyoj saqlanib qoladi. Tanaffus paytlarida, darsdan bo‘sh vaqtlarida o‘smirlar o‘yin faoliyati bilan ham shug‘ullanadilar. Ularda o‘yin orqali muloqot shakllari rivojlanadi.
Umuman o‘yin faoliyati bolalar hayotida muhim o‘rin egallaydi.
Naslimiz davomchilarini nafaqat jismonan baquwat, balki ma’naviy boy, yangi davr talabiga javob beradigan, muloqot jarayonida erkin fikr yuritadigan qilib tarbiyalash hozirgi kunning dolzarb muam- molaridandir. «Ta’lim to'g'risida» gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da shaxsning erkinligi, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish, muomala madaniyatini tarkib toptirishga birlamchi e’tibor qaratilgan. Shunday ekan, o'smir yoshlarni muloqot jarayonida mustaqil flkrini erkin ifodalash malakalarini va ularning tanqidiy fikrlashini shakllantirish psixolog-pedagoglar oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. Zero, XXI asrda yashaydigan har bir insonning tanqidiy fikrlashi uchun awalo muloqotga o'rgatish zarur. O'smirlami muloqotga o'rgatish uchun ularga psixologik, pedagogik adabiyotlami o'qishni tavsiya qilish, muloqot jarayonida yoshlar faoliyatini kuzatish, fikrlash doirasini aniqlash va shu jarayonda psixologik o'yinlar, mashqlar, treninglardan foydalanish muhimdir.
Maktabning o'rta va yuqori sinflarida yozma nutq mazmunli, ta’sirli bo’lib, grammatik jihatdan tobora to’g’ri, mukammal tuzilib boradi va natijada bunday nutq og'zaki nutqning o’sishiga ijobiy ta’sir ko’rsata boshlaydi. Bolalar nutqi bevosita kattalar nutqi ta’sirida o’sadi. Shuning uchun 0’qituvchi nutqi o’quvchilar nutqini o'stirishda namuna bo'lib xizmat qilishi kerak. O'quvchilar tafakkurini rivojlantirmay, ulaming nutqini o'stirib bo'lmaydi. Og'zaki gapirish, bayon yoki insho yozishda o'quvchilarning reja tuzib olishlariga e’tibor berish kerak. Yozma va og'zaki nutqni o'stirish uchun kitob ustida muntazam ishlash, o'qigan matnlaming tezisi (asosiy mazmuni)ni, konspekti(qiqacha matn bayoni)ni tuzish, ma’ruza, referatlar tayyorlash, adabiy kechalar, yozuvchilar bilan uchrashish muhim ahamiyatga ega. Nutq shartli reflekslar paydo bo'lishining umumiy qonunlari asosida o'sadi. Agar kishi biror bir tovushni noto'g'ri talaffuz qilishga o'rganib qolgan bo'lsa, unda bu kamchilikni tuzatish qiyin bo'ladi. Shuning uchun bolalarda yoshligidanoq ijobiy nutq odatlarini tarbiyalashga ahamiyat berish zarur. Bizning yuksak ma’naviy ehtiyojlarimizdan biri muloqotga bo'lgan ehtiyoj. Muloqotga bo'lgan ehtiyoj qondirilmasa, ong ham rivojlanmaydi. Shuning uchun biz doimo muloqotga bo'lgan ehtiyojimizni qondirishimiz lozim. Kimlar bilandir muloqotdan qoniqish, ba’zi hollarda esa qoniqmaslikni his qilamiz. Katta yoshdagi kishilar rasmiy va norasmiy munosabatlarga kirishadilar. Rasmiy munosabatlar ish, xizmat yuzasidan bo'ladi. Norasmiy muloqot esa ishdan boshqa paytlarda, uyda (oila), mahallada, ko'cha-ko'ylarda bo'ladi. Kattalar muloqotida ko'pincha muloqot madaniyati amalga oshiriladi, ya’ni bir-birlarini hurmat qilish, ishonish, anglash kabilar. Ammo ba’zi paytlarda muloqot buzilishi ham mumkin. Chunki ular ham ayrim paytlarda bir-birlarini tushunmasdan xafa qilib qo'yishlari, ko'ngilga og'ir botadigan gaplar aytib yuborishlari, natijada nizolarni keltirib chiqarishlari mumkin. Agar muloqot madaniyati kishilarda yaxshi shakllangan bo'lsa, ular bir-birlarini tushunishlari oson kechadi. Muloqot madaniyati yoshlikdan oilada, ijtimoiy muhit ta’sirida, o'z- o'zini anglash, tarbiyalash jarayonida shakllanishi mumkin. Biz kattalar yoshlarga namuna, ibrat bo'lishimiz bir-birimizga bo'lgan muloqotimizdan kelib chiqadi. «Oltin so'zlar» (azizim, aylanay, o'rgilay, juda ham ajoyibsiz, bugun boshqachasiz, ochilib ketibsiz, kiyimingiz juda yarashibdi kabi) dan kundalik hayotimizda ko'proq, ammo o'mi kelganda foydalanishimiz zarur. Kattalar muloqotiga yoshlarning taqlid qilishlari orqali ularda muomala san’ati, madaniyati shakllanib boradi. Ayniqsa, oilada biz bu holatlarga e’tibor berishimiz kerak. Chunki «qush uyasida ko'rganini qiladi», degan naql bejiz emas.
Kattalar bir-birlariga verbal (og’zaki), noverbal va paralingvistik ta’sir ko'rsatadilar. Biz vaqti kelganda imo-ishora, mimika, pauzalar orqali ham bir-birimizga ta’sir eta olamiz. Bir so’z bilan ham xursand, yoki xafa qila olamiz. Shuning uchun doimo kattalar bir- birlariga samimiy munosabatda bo'lishlari lozim. Muloqot turli yoshlarda o'ziga xos bo'ladi. Masalan, kattalar ma’lumotlariga, yoshlariga, jinslariga, kasblariga qarab muloqotda bo'ladilar. Keksalar muloqoti o'ziga xosdir. Ular xuddi kichik bolalardek izzattalab, injiq, e’tibortalab bo'lib qoladilar. Keksalarga ehtiyotkor bo'lib muomalada bo'lish zarur, chunki ulaming ko'ngillari nozik bo'ladi. Ularga ko'ngillarini ko'taradigan so'zlarni ko'proq qo'llash zarur. Demak, har bir yosh guruhiga kiradigan kishilar, shu jumladan, kattalar ham o'ziga xos muloqotga kirishadilar. Muloqot har bir davrga xos holda amalga oshiriladi.
Shaxsning shakllanishidagi psixologik-pedagogik masalalar
Shaxsning har tomonlama shakllanishida muloqotning ahamiyati katta. Oddiy narsalami o'rganish uchun ham taqlid orqali o'zaro muloqotda bo'lish zarur. Jamiyat qonun-qoidalariga asoslangan holda munosabatlar rivojlanadi. Individ bilan shaxs muloqoti o'rtasida juda katta farqni ko'rish mumkin. Masalan, go'dak, ruhiy kasal, ongi past rivojlangan kishilarning muloqoti bilan yetuk rivojlangan, ongi yuksak kishining muloqoti o'rtasida katta farq bor. Ongli shaxs muloqotni boshlashdan awal miyasida o'ylaydi, so'zlarini rejalashtiradi. Shaxsning jismoniy, aqliy, axloqiy va estetik rivojlanishida muloqotning o'rni katta. Masalan, axloqiy rivojlanish uchun oilada, maktabda, bog'chada bolaga kattalar muloqot orqali ta’sir qiladilar. Shuningdek, estetik, aqliy, jismoniy rivojlantirish uchun o'quvchiga o'qituvchi muloqot orqali ta’sir etishga harakat qiladi. Demak, muloqot ta’sir qilish vositasi bo'lib ham xizmat qiladi. Shaxs muloqotini shakllantirishda uning yoshi, jinsi, kasbi, dunyoqarashini hisobga olgan holda ish olib borish lozim. Masalan, biz kichik yoshdagi bolalarga kattalarga nisbatan qo'llaydigan so'zlami ishlatmaymiz. Har bir yosh davriga kiradigan kishilarga o'ziga xos so'zlar qo'llaniladi. Bunda so'zning ta’sir kuchi hisobga olinadi. Shaxsning temperament (mijoz) xususiyatlariga qarab muloqot usullarini qo'llash katta ahamiyatga ega. Shaxsda ko'nikma, bilim, malakalaming hosil bo'lishida muloqotning o'mi beqiyos. Oddiy ko'nikmalar («to'g'ri o'tir, qo'lingni yuv, joyingga bor, salom ber») ham muloqot orqali singdiriladi.
Shaxs muloqotining shakllanishida uning tarbiyalanganlik darajasi muhim o’rin egallaydi. Masalan, shaxsga kuchli ta’sir etadigan so'zlarni qo'llasangiz ham u qabul qilmasligi, sizning bergan ko’rsatmalaringizga amal qilmasligi mumkin. Chunki u yoshligidan muomala madaniyatini egallashi kerak. Muloqotning shakllanishida maqsad to’g’ri qo'yilishi lozim. Muloqot ta’lim-tarbiya jarayonida, turli vaziyatlarda rivojlanadi. Masalan, oilada, mahallada, jamoada, guruhda. Agar oilada kattalar bir-birlariga qo'pol munosabatda bo'lsalar, bola ham ularga taqlid qilib atrofdagilar bilan nizolarga borishi mumkin. Har tomonlama rivojlangan, yetuk, komil inson (shaxs)ni tarbiyalash uchun yoshlarni erkin fikrlaydigan qilib voyaga yetkazish zarur. Demak, muloqot fikrlash bilan uzviy bog'liq holda shakllanadi. Shaxsning shakllanishida muloqotning ahamiyati haqida psixolog olimlar o’z fikrlarini bayon qilganlar. Jumladan, psixolog B.G. Ananev «Odam bilishning predmeti sifatida» asarida bu masalani chuqur tahlil qilgan. U bilimning turli elementlarini egallash muvaffaqiyatli o’zlashtirishning garovi ekanligini ta’kidlaydi. Bilimlarni egallash muloqot orqali amalga oshirilishini ham uqtirib o'tadi. Agar kishilar o'zaro bir-birlariga axborot uzatmasalar, tajribalarini muloqot orqali almashmasalar rivojlanmay qolishlari to'g'risida B.G. Ananev asosli fikrlami keltiradi. B.G. Ananev fikricha muloqot ijtimoiy va individual holatdir. Shuning uchun nutq bilan uzviy bog'liq, kommunikativ vazifani bajarishda pantomimika, imo-ishoralar muloqot shakllari sifatida yuzaga chiqadi. Demak, olim muloqot tushunchasini umumiy, yosh va pedagogik psixologiya kabi fanlar uchun chuqur tahlil qilib bergan. Hozirgi paytda mamlakatimizda va xorijda muloqot muammosiga qiziqish ortib bormoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kishilarning bir-birlari bilan qiladigan muloqoti katta ahamiyatga ega. Psixolog olim V.N. Myasishev muloqot masalasiga chuqur yondashgan, uni o'rgangan. Boshqa olimlar muloqotni nutq kommunikatsiyasi bilan bog'lab o'rgangan bo'lsalar, V.N. Myasishev muloqotni jarayon sifatida o'rgangan. Ya’ni shaxslarning bir-biriga muloqot orqali ta’sir ko'rsatishlarini, bir-birlarini idrok qilish obyekti sifatida tahlil qiladi. Uning fikricha: «Shaxs turlicha munosabatlarda qarama-qarshi sifatlami namoyon qilishi mumkin.» Tajribali psixolog A.A. Bodalyev esa shaxs o'yinda, o'qishda, muloqotda, ya’ni faoiiyatning turli sohalarida o'zining o'mini bilishi zarurligini uqtiradi. U o'zining «Shaxs va jamiyat» kitobida bu masalaga katta e’tibor berib, bu muammolar kam o'rganilganligini ta’kidlaydi. A. A. Bodalyevning fikricha, «insonni muloqot orqali tarbiyalashda bu unga qanday ta’sir qilishini avvaldan o’ylash zarur». Muloqotning muvaffaqiyatli bo`lishida shaxs sifatlarining o’rni
Muloqotning muvaffaqiyatli bo’lishida shaxsning shakllangan sifatlari, fazilatlarining ahamiyati juda katta. Jumladan, shaxsda ijobiy fazilatlar yaxshi shakllangan bo'lsa (xushmuomalalik, kamtarlik, insonparvarlik, to'g'ri so'zlilik, vijdonlihk kabilar) muloqot jarayoni yaxshi o'tadi. Chunki shaxslar bir-birini to'g'ri tushunishlari uchun, muloqot muvaffaqiyatli bo'lishi uchun ular samimiy bo'lishlari lozim. Samimiylik insonning eng ajoyib fazilatlaridan biri bo'lib, voqea- hodisalarga oqilona munosabatda bo'lish, turli ta’sirlarga berilmaslikdir.
2.Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda "Oila, mahalla, maktab hamkorligi kontseptsiyasining o’rni va ahamiyati.
Tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa’y- harakatlarini birlashtirish maqsadida 1993 yilda ishlab chiqilgan "Oila, mahalla, o’quv bilim yurti hamkorligi" Kontseptsiya-si yoshlarni istiqlol g’oyalariga sadoqatli, ma’naviy barkamol, vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish borasida ma’lum dasturilamal bo’ldi. Respublikamizda keyingi yillarda qabul qilingan ta’lim va tarbiya to’g’risidagi qator me’yoriy hujjatlar, jumladan O’zbekiston Respublikasining "Ta’lim to’g’risida"gi qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" bozor iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, mustaqil fikrlovchi kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va o’quv bilim yurti nufuzini yanada yuqori pog’onaga ko’tarishni taqzo etadi. Zero, ta’lim-tarbiyani takomillashtirishda ham davlat bosh islohotchidir, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek,
- birinchidan, yosh avlodga o’zligimizni, muqaddas an’analarimizni anglash tuyg’ularini, xalqimizning ko’p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo’yilgan oliy maqsad va vazifalarni singdirish;
- ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bo’lgan hurfikrlikdan qat’iy nazar yoshlarni jipslashtiradigan, xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng yuksak maqsadlar sari chorlaydigan yagona g’oya milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash;
- uchinchidan, yoshlarni baynalmilal jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda O’zbekistonga munosib hurmat tug’dirish uchun intilish ruhida tarbiyalash;
- to’rtinchidan, yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, yuksak odamiylik va insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash;
- beshinchidan, yosh avlodni ulug’ ajdodlarimizning munosib vorislari ekanliklari, ayni vaqtda jahon va zamonning umumbashariy yutuqlarini egallash ruhida tarbiyalash O’zbekistonda o’quvchi-yoshlarni tarbiyalashning eng dolzarb masalasidir.
Davlatimiz rahbari ko’rsatib berganidek, ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar: birinchidan, ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta’sir ko’rsatishga, umuman mamlakatdagi mavjud muhitni butunlay o’zgartirishga; ikkinchidan, insonning hayotda o’z o’rnini topishini tezlashtirishga; uchinchidan, jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirishda; to’rtinchidan, insondagi mavjud salohiyatni to’la ro’yobga chiqarishga; beshinchidan, umumiy va maxsus bilimlarga ega, ongli, tafakkuri ozod, zamonaviy dunyoqarash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga voris bo’lgan, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etadigan komil insonlarni tarbiyalashga qaratilgan. Mazkur Kontseptsiyada taraqiyotimizning ma’naviy-axloqiy negizi milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligi ekanligi e’tirof etildi, milliy va umuminsoniy tarbiyaning quyidagi o’zaro aloqalari, uyg’un yo’nalishlari belgilab olindi.
Milliy tarbiya yo’nalishi orqali yoshlarda o’zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy g’urur, millatlararo muloqot madaniyati, milliy mafkuraviy onglilik, milliy odob, fidoyilik fazilatlari shakllantiriladi. Umuminsoniy yo’nalishda huquqiy, iqtisodiy, jismoniy, aqliy, estetik, ekologik, gigityenik va boshqa tarbiya yo’nalishlari amalga oshiriladi. Bu Kontseptsiya milliy davlatchilik va jamiyat qurilishi talablari asosliligini ta’minlaydi. Kontseptsiyada oilaga alohida e’tibor qaratildi. O’zbekistonda 1998 yil "Oila yili" deb e’lon qilinishi oilaning tarbiyaviy rolini yanada kuchaytirdi. Qayd etilgan masalalar jamiyatimiz, xalqimiz, davlatimiz taqdiri va uning dunyo miqyosidagi syosiy, iqtisodiy, ijtimoiy salohiyatini shakllantirishda g’oyat katta ahamiyatga ega ekanligiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 26 martda qabul qilingan "Ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish, diniy aqidaparastlikning oldini olish chora-tadbirlari to’g’risida"gi 130-sonli qarori misol bo’la oladi. SHuningdek, O’zbekiston Respublikasining "Ta’lim to’g’risida"gi qonunining 30-moddasida "Voyaga yetmagan shaxslarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari shaxsning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, o’quv muassasasigacha, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishlari uchun javobgardirlar", deb belgilab qo’yilgan. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ning 3.2 bandida esa ta’lim oluvchilarning o’qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga alohida e’tibor berilgan. Bu "Oila, o’quv bilim yurti, mahalla hamkorligi" bugungi kunning ma’naviy, ma’rifiy, mafkuraviy, tarbiyaviy zarurati ekanligini bildiradi. Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqimizning boy milliy, madaniy, tarixiy an’analariga, urf-odatlariga hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali, zamonaviy pedagogik texnologiyaning ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishi, shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini ta’minlash; umumiy hamda milliy pedagogik madaniyatni oshirish; mamlakatimiz fuqarolari orasida milliy mafkuraviy tarbiya ishlarini takomillashtirish "Oila, mahalla, o’quv bilim yurti hamkorligi" Kontseptsiyasining asosiy maqsadidir. O’zbekistonda ruy berayotgan o’zgarishlar "Oila, mahalla, o’quv bilim yurti hamkorligi" yo’nalishidagi shaxs tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, o’quv bilim yurtining asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq etishni taqozo qiladi.
Maktabning oila va keng jamoatchilik bilan aloqasi sinf rahbari orqali amalga oshiriladi. Sinf rahbari ota-onalar bilan olib boradigan ishlariga quyidagi vazifalarni hal qiladi:
1. Ota-onalar bilan yaqindan aloqa o’rnatadi va aloqani doimo mustahkamlab boradi;
2. O’quvchiga nisbatan maktabning va oilaning yagona talablar qo’yishga erishadi;
3. Sinf ota-onalar jamoasini tashkil etib, ularning sinfdagi tarbiyaviy ishlariga faol qatnashishlarini ta’minlaydi;
4. Ota-onalar o’rtasida pedagogik bilimlarni tarqatadi va ularning pedagogik madaniyatini yuqori darajaga ko’taradi;
5. Sinfga otaliq qilayotgan tashkilotlar, oila va maktabga yordam beruvchi tashkilotlar bilan aloqa o’rnatadi va ularni sinfdagi tarbiyaviy ishlarga jalb qiladi.
Sinf rahbarining o’quvchini yaxshi tarbiyalashdagi oila va jamoatchilik bilan hamkorligining muvaffaqiyati ularning bola bilan qilayotgan ishlari haqida birbirlariga qanchalik ko’p, aniq va muntazam xabar berib turishlariga bog’liq.
Ana shu maqsadda sinf rahbari oilaga bir qator tizimli axborotlar berib turishi kerak:
- O’quvchining o’quv mehnatiga tavsifnoma, o’qishdagi muvaffaqiyati va muvaffaqiyatsizligi, ularning sabablari, olayotgan baholari.
- O’quvchinnig ijtimoiy faolligi haqida axborotlar, o’quvchining jamoa hayotidagi ishtiroki nimalardan iborat ekanligi, jamoat topshiriqlari va vazifalarning boryo’qligi, sababi, ularga o’zining munosabati.
- O’quvchining o’z o’rtoqlari, o’qituvchilari bilan munosabatida vujudga kelgan holatlarning xarakteri, maktabdagi munosabatlarnnig doirasi.
- O’quvchining ayrim hatti-harakatlarini tahlil qilib, ularga pedagogik izohlar berish. Oilaga o’quvchi tarbiyachi haqida maslahat va tavsiyalar.
Oila ham o’z navbatida farzandi haqida o’z mulohazalari kuzatishlari yuzasidan sinf rahbariga quyidagi mazmunda ma’lum axborotlar berib borishi mumkin: - Farzandi uyga berilgan vazifalarni qanday bajaradi, unga sarflaydigan vaqti, dars tayyorlash tartibi, mustaqillik darajasi.
- Belgilangan kun tartibining bola tomonidan bajarilishi.
- O’quvchining maktab haqidagi hikoyalari, taassurotlari, gaplari, sinf hayotidagi turli voqealarga baholari.
- Ota-onaning ayrim o’qituvchilardan, sinf rahbaridan, maktab rahbarlaridan iltimoslari va takliflari. Sinf rahbari bilan oila o’rtasidagi bu xildagi o’zaro xabarlashuvlar o’quvchini to’la o’rganishga, ta’lim va tarbiyada shu o’quvchi uchun eng maqbul tarbiya va ta’sir vositasini topishga yordam beradi. Sinf rahbari o’z kuzatishlari, oiladan olgan axborotlari natijasini kundalikka yozib borsa, undagi to’plangan ma’lumotlarni vaqti-vaqtida o’rganish bilan shularga asoslanib tegishli xulosalar chiqarsa, bola xulqini va fazilatlarini yaxshilash yo’llari, keyingi rejalarni belgilasa, erishilgan darajani hisobga olib yangi pedagogik talablar qo’yib bo’lsa, tarbiya albatta samarali natija beradi. Sinf rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari tajribasida shaxsiy, sinf-sinfli va ommaviy kabi shakllar keng tarqalgan. Ayniqsa, uning ota-onalar bilan olib boradigan ommaviy ishlari bu sohadagi faoliyatinnig asosiy yo’nalishidir. Chunki bu barcha ota-onalarni birlashtiradi hamda ularni maktab talablari bilan tanishtirish, jamiyatning tarbiyadan kuzatadigan maqsadlari, ota-onaning vazifalari, tarbiyani amalga oshirish yo’llari, uslub va shakllari haqida bilim berish, sinf hayotidagi o’zgarishlar, rejalar haqida maslahatlashish uchun pedagogik ma’ruzalar tashkil etish ilmiy anjumanlar, ochiq eshik kunlari, savoljavob kechalari, ota-onalar majlislari o’tkazish ommaviy ishning turlaridir. Sinf rahbarining tajribasida ota-onalar majlislari keng tarqalgan va qaror topgan ish shaklidir. Bu majlislar sinf ota-onalar jamoasining yuqori organi sifatida o’z qarorlari bilan sinfdagi, oiladagi va turar joylardagi amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlarning vazifasini va yo’nalishini belgilab beradi. Sinf ota-onalar majlislarining bir necha xili mavjud: sinfdagi tashkiliy ishlar bilan bog’liq majlislar, ota-onalarga pedagogik ma’lumot berishga bag’ishlangan majlislar, munozara shaklidagi majlislar, yarim yillik yoki yil yakuniga bag’ishlangan majlislar. Bu majlislarning har biri o’z maqsadiga tayyorlash va o’tkazish tartibiga ega. Tashkiliy masalalar bilan bog’liq sinf ota-onalari majlisida odatda otaonalar sinfi saylanadi, ish rejalari tasdiqlanadi, ota-onalar o’rtasidagi vazifalar taqsimlanadi. Ko’pgina maktabdagi sinf rahbarining ota-onalar bilan olib borayotgan ishlari tajribasida savol-javob kechalari, maslahatlar va munozaralar ham vujudga kelmoqda. Maslahatlar ko’proq shaxsiy ish shakli bo’lib, unga sinf rahbari ota yoki onaga farzandini tarbiyalashdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish va boshqa masalalar yuzasidan aniq maslahatlar beradi. Sinf rahbari o’zining shaxsiy suhbatini, oilani o’rganish va kuzatish asosida to’plagan ma’lumotlarni ota-onalar bilan o’tkaziladigan ishlarni hisobga olib boradigan maxsus jurnaliga yozib borishi g’oyatda muhim. Agar bu xil jurnalni sinf rahbarlari har yili muntazam holda yuritib borsa, u tarbiyaviy ta’siri yaxshilashning muhim vositasiga aylanadi.
XULOSA
O’quvchilarni tarbiyalashda oilaning bir qancha vazifalari mavjud bo’lib ular quydagilardir:
oilada sog’lom muhitni yaratish, milliy ruh va turmush tarzini hisobga olish, farzandlar uchun ota-ona har tomonlama o’rnak bo’lishi, farzandlarning otaonasiga, Vatanga muhabbat tuyg’usini shakllantirish, o’zaro g’amxo’p bo’lishni ta’minlash;
oilada huquqiy tarbiyani yaxshilash, oila a’zolarining o’z huquq va burchlarini anglab yetishlarini va ularga rioya qilishlarini ta’minlash;
farzandlariga chuqur dunyoviy bilim asoslarini berish, ma’rifatli va ma’naviyatli kishilar bo’lib yetishishlarini ta’minlash;
bozor munosabatlariga mos bo’lgan kasb-hunar o’rgatish, iqtisodiy tushunchalarni farzandlar ongiga singdirish;
— shaxslarning ma’naviy barkamol va jismonan sog’lom bo’lishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy muhitni yaratish;
— shaxslarni mustaqil fikrlashga o’rgatish, istiqlol g’oyalari va milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash;
— shaxslarning bo’sh vaqtlarini pedagogik nuqtai nazardan kelib chiqib unumli tashkil qilish, ularga qo’shimcha ta’lim berish;
— farzandlarida mavjud bo’lgan iste’dod kurtaklarini rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish;
— o’z farzandlarining o’quv muassasasi, mahalla, davlat va jamiyat oldidagi burchlarini to’la ado etishlari uchun oilada mas’uliyatli bo’lish;
— ota-onalar o’zlarining pedagogik va psixologik bilim saviyalarini doimo oshirib borishi;
— shaxslarda tejamkorlik va ishbilarmonlikning ma’naviy axloqiy tomonlarini shakllantirish;
Dostları ilə paylaş: |