GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2023 https://t.me/goldenbrain_journal Multidisciplinary Scientific Journal February, 2023
326 bolalar va yoshlarga maxsus fanlar, mamlakatimiz va jahon sivilizatsiyasi tarixini,
xorijiy tillarni va zamonaviy kompyuter dasturlarini chuqur o‘rgatish muammolariga
hali sifatli va to‘liq holda yechim topilgani yo‘q.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ushbu muhitni yaratishdagi texnikaviy ijod
erkinligi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasi bilan ham
tasdiqlab qo‘yilgan: “Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat
yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va
texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qiladi”.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni rivojlantiruvchi markazlarda
faoliyat yuritishlari ularni maktab ta’limiga tayyorlashda har tomonlama yetuk aqliy
va jismoniy barkamol bo‘lib ulg‘ayishlariga, ularda milliy qadriyatlar va urf-odatlarga
sodiq bo‘lib shakllanishlari uchun zamin yaratadi, ularning kasb-hunarga bo‘lgan
qiziqishlarini orttiradi.Ijtimoiy tajriba unga passiv tarzda emas, balki proaktiv idrok
shaklida keladi. Yangi tajribalar kognitiv qobiliyatlarni rivojlantirishga yordam beradi.
Haqiqiy dunyoni tushunish bolalarda nafaqat ijobiy his-tuyg‘ularni uyg‘otadi, balki
qiziqishni ham rivojlantiradi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda tushunishga
bo‘lgan ehtiyoj shunchalik rivojlanganki, o‘quv jarayonida yangi bilimlarni olishga
qiziqish paydo bo‘la boshlaydi va bu ehtiyoj maktabda qondiriladi. Maktabgacha katta
guruhlarida ijodiy sifatlarni rivojlantirishda faoliyat markazlarida ta’lim va tarbiya
jarayonini samarali shakllantirish mumkin, agar:
-maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning ijodiy va intelektual
qobilyatlarini rivojlantirish jarayoniga samarali ta’sir etuvchi omillarni asoslash
sifatida ochib berilsa;
-faoliya markazlarida amalga oshirilayotgan usul va vositalardan foydalangan
holda yangi hamda zamonaviy vositalarning samaradorligi tahlil qilib berilsa ;
Zamonaviy ta’limning tarkibiy qismiga aylanib ulgurgan internet tarmog‘i bilan
ishlash malakasi ham tarbiyachi pedagoglar uchun ahamiyatli. Minglab yillar
davomida rivojlangan inson tafakkuri uchun bugungi kunda dastlabki manba, ya’ni
axborot olish hayotiy zaruratga aylandi. Mazkur axborotni topish, saqlash, qayta
ishlash va boshqalarga yetkazishning qulay usullariga bo‘lgan ehtiyoj kun sayin oshib