GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2023
https://t.me/goldenbrain_journal Multidisciplinary
Scientific Journal February, 2023
325
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARINING
IJODIY QOBILYATLARINI RIVOJLANISHIDA FAOLIYAT
MARKAZLARI IMKONIYATLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH
YO‘LLARI
Rasulova Shoira Yunus qizi
Termiz Davlat Pedagogika
instituti magistranti
ANNOTATSIYA
Maqolada Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy qobilyatlarni rivojlantirishda
faoliyat markazlarida olib boriladigan ta’lim-tarbiya jarayonlarida AKT hamda
multimediali vositalardan foydalangan holda sifat ko‘rsatkichlarida samaradorlikni
ta’minlash haqida so‘z yuritilgan.
kalit so‘zlar: Maktabgacha yosh, AKT, multimediali vositalar, ijodkorlik,
rivojlanish, markazlar, tarbiyachi, sifat, samaradorlik.
Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning
birlamchi, eng asosiy bo‘g‘ini
hisoblanadi. “Mutaxassis va pedagoglarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri
davomida oladigan barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan
davrda oladi. Ana shu dalilning o‘zi bolalarimizning yetuk va barkamol shaxs bo‘lib
voyaga yetishida Maktabgacha ta’lim tashkilot tarbiyasi qanchalik katta ahamiyatga
ega ekanini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Bunga qo‘shimcha
isbot qidirib uzoqqa
borishning hojati yo‘q. Maktabgacha ta’lim tahkilot tarbiyasini olgan bola bilan
Maktabgacha ta’lim tahkilotga
bormagan bolani solishtirganda, ularning fikrlash
darajasi o‘rtasida yer bilan osmoncha farq borligini sezish qiyin emas. Shuning uchun
ham biz Maktabgacha ta’lim tizimini qayta ko‘rib chiqish masalasini davlat siyosati
darajasiga ko‘tarib, bu borada katta ishlarni boshladik. Agar shu ishni har tomonlama
puxta o‘ylab amalga oshirmasak, butun ta’lim tizimida sifat o‘zgarishiga erishishimiz,
ta’limning uzluksizligini ta’minlashimiz qiyin bo‘ladi”, deya ta’kidladi
Shavkat
Mirziyoyev
1
.
“Bugungi kunda mamlakatimiz ijtimoiy-ma’naviy hayotining barcha sohalarini
axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilish qiyin”. “Va shuni alohida ta’kidlash kerakki,
1
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Shavkat Miromonovichning O`zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaning 25-yilligiga bag`ishlangan “Konstitutsiya —
erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada
taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir” nomli ma’ruzasidagi
nutqidan