Gorizontal va nishab konlarni ochish usullari


Karyer maydoni tashqarisiga



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə2/2
tarix16.12.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#182857
1   2
Aziz Gorizontal va nishab konlarni ochish usullari

Karyer maydoni tashqarisiga
(a), ichiga (b) joylashgan umumiy kapital transheyalar tizimi

Yuqoridagi keltirilgan ochish usullarining gorizontal, qiya va o‘ta qiya konlami ochiq usulda qazib olishda qoilanishining tipik sharoitlari quyidagilar. Gorizontal va yotiq (og‘ish burchagi <10°) konlarni qazib oluvchi karyerlaming chuqurligi kichik va plandagi o’lchamlari katta boiishi ulaming o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Juda ko‘p hollarda bunday konlami qazib olishda qoplama jinslaming hammasi yoki ulaming bir qismi (pastki gorizontlardagi qismi) qazishdan bo'shagan maydonga ekskavatsiya qilinadi. Bunday karyer maydonlarini ochishda qoplama jins pog'onalari transheyasiz, foydali qazilma yotqizigi esa kapital transheyalar yordamida, ya’ni ulaming kombinatsiyasida ochiladi. Bunda karyer maydoni bitta flanga joylashgan transheya. ikkita flange joylashgan transheya va markazga joylashgan transheya bilan flanga joylashgan transheyalar yordamida ochilishi mumkin



Gorizontal konlarni qoplama jinslarni tashqi ag'darmaga


tashish bo'yicha qazib olinganda karyer maydonining alohida.
umumiy va guruh kapital tarnsheyalar yordamida ochish amalga
oshirilishi mumkin. Karyer maydonini alohida transheyalar tizimi bilan ochish chuqurligi kichik, pog'onalar soni kam (2-3 pog'ona) va yuk potogi tarqoq boiish zarurati boigan sharoitlarda qoilanadi. Karyer maydonini umumiy kapital transheyalar bilan ochish usuli ham chuqurligi kichik, pog'onalar soni kam (2-3 pog'ona), biroq yuk potogi tarqoq boiish zarurati boimagan sharoitlarda qoilanadi. Karyer maydonini umumiy kapital transheyalar bilan ochish usuli chuqurligi katta, pog'onalar soni ko‘p (4 -8 pog‘ona) boigan karyerlarda ham qoilanadi. Biroq, bunda karyer maydonining yuqori qismi (2 -3pog'ona) tashqi, pastki pog‘onalari esa ichki kapital transheyalar yordamida ochiladi. Karyer maydonini guruh kapital transheyalar tizimi bilan pog‘onalar soni 4 - 6 ta boiganda qoilanadi . Bunda birinchi guruh transheyalari faqat qoplama jins pog'onalariga, ikkinchi guruh transheyalari esa foydali qazilma pog‘onalariga xizmat qiladi. Bu esa, o‘znavbatida, qoplama jins va foydali qazilma yuk potoklarining alohida-alohida (tarqoq) boiishini ta’minlaydi.
Gorizontal va qiya konlarni ochishning o‘ziga xos xususiyatlari
Gorizontal qatlamlarni qazishda ikkita asosiy holat uchraydi. Birinchisi, qachonki kon rejada nisbatan uncha katta bo‘lmagan o‘lchamga ega bo‘lsa.Bunday sharoitlarda stvollarni jinslar surilishi zonasidan tashqarida joylashtirish maqsadga muvofiqdir, bunda asosiy stvolni – taxminan qatlam og‘irlik markazi qarshisiga, ventilyasiya stvollarini esa – yon tomonlarga joylashtirish. Umuman, echim xuddi tik konlarni qazishdagi kabi bo‘ladi. Agar konning unumdorligi katta bo‘lmasa, unda ikkita stvol bilan chegaralansa bo‘ladi: asosiy stvolni konning bir yonidan o‘tkazish, ventilyasiya stvolini esa boshqa yonidan o‘tkazish lozim.
Agar rejada konning o‘lchamlari juda katta bo‘lsa, ikkinchi holat yuzagakeladi. Bunday kon taxminan to‘g‘ri burchakli shakldagi shaxta maydonlariga bo‘linadi, bunda bir vaqtda faqat maydonning bir qismi qazishga jalb qilinadi. Saqlovchi seliklar qoldirmaslik uchun, asosiy va ventilyasiya stvollari ikkinchi navbatda qaziladigan qo‘shni shaxta maydonlarida joylashadi.

Ventilyasiya stvoli asosiy stvoldan 20-30 m uzoqlikdan o‘tishi mumkin. Unda shaxta maydonini qazish uchun bitta ventilyasiya stvoli etarlidir. Bu holatlarning barchasida vertikal hamda qiya stvollarni qo‘llash mumkin.


Qazishning dastlabki chuqurligi va stvollarni chuqurlatish odimi. Agar aniqlash uncha katta bo‘lmagan korxona foydalanishi uchun kon zaxirasi 15-20 yilga etishini, katta konlardagi zaxiralar 30-40 yilga etishini ko‘rsatsa, konni qazish boshlanadi. Konni qazib olish jarayonida muntazam ravishda aniqlab borish o‘tkaziladi. CHuqurlikka qarab qatlamlar tarqalishi kuzatiladi, yangi rejali jismlar aniqlanadi. Ko‘pincha konlar o‘n yillab qazib olinadi. YOtiqlik burchagiga, yotiqlik bo‘yicha uzunligiga va tarqalish chuqurligiga bog‘liq holda, kon 30 dan 150 m gacha va undan ortiq balandlikdagi bitta yoki bir nechta qatlamlar bilan ochilishi mumkin. Agar kon bir nechta qatlamlar bilan ochilsa, unda ularning har biri stvoldan o‘tgan kvershlaglar bilan ochiladi. Kvershlaglar bo‘ylab tashish, odatdagidek, elektrovozlar yordamida amalga oshiriladi. Rudali vagonetkalardan skiplarga yuklash uchun stvollar maydalash-yuklash uzellari bilan jihozlanadi. Ularning sonini qisqartirish uchun ruda bir nechta qatlamlardan stvoldagi asosiy ruda tushirgich bo‘ylab bitta qatlamga o‘tkaziladi,oldindan er ostida maydalashdan so‘ng undan yuzaga ko‘tariladi. Ba’zan, transport xarajatini kamaytirish uchun ruda tushirgichlar rudali jism yaqiniga o‘tkaziladi va ruda stvolga faqat bitta –pastki qatlam bo‘ylab tashiladi. Bu qatlam konsentratsion qatlam, qolganlari esa oraliq qatlam deyiladi. Vagonetkalarda kletli stvollar bo‘ylab rudani berishda ko‘tarish har bir qatlamdan amalga oshiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar

1. N.H.Sagatov- Ochiq kon ishlari texnologiyasi va komleks mexanizatsiyalash


2. P.I.Tomakov-Ochiq kon ishlari texnologiyasi,mexanizatsiyasi va kon ishlarini tashkil etish
3. N.Ya.Repin-Ochiq kon ishlari jarayonlari
4. www.geogle.com
Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin