2. Gorizontal va nishab konlarni ochish
3. Gorizontal konlarni ochishning oʻziga xos xususiyatlari
Ochiq usulda qazib olish uchun ajratilgan foydali qazilma koni (uni usti va atrofini o‘rab olgan qoplama jinslar bilan birgalikda) yoki uning bir qismi karyer maydoni deyiladi.
Karyer ishchi gorizontlari va yer yuzida joylashgan qabul
qilish punktlari o‘rtasida transport aloqasini ta’minlash maqsadida turg‘un va vaqtincha xizmat qiladigan ochiq kon lahimlarini barpo qilish bilan bogiiq boigan ishlar majmui karyer maydonini ochish deyiladi.
Qoplama jinslaming ichki va tashqi ag‘darmalari, foydali qazilma omborlari yoki boyitish fabrikasi qoplama jins hamda foydali qazilmalami qabul qilish punktlari hisoblanadi.
Karyer maydonini ochishda turli ochish usullari, sxemalari va ochish tizimlaridan foydalaniladi. Ochish usullari ochuvchi lahimlaming msumlari bilan tavsiflanadi. Karyer maydonini ochish. asosan. ochiq kon lahimlari orqali amalga oshiriladi, aynm hollarda esa yer osti lahimlari yoki ochiq kon lahimlarini birgalikda ya’ni aralash usulda bajariladi.
Karyer maydonini ochuvchi kapital transheyalar tashqi va ichki boiishi mumkin. Tashqi transheyalar karyer maydoni chegaralaridan tashqarida, ichkilari esa karyer maydoni hududida barpo etiladi. Bu transheyalar trassasi qoilanadigan transport vositasining harakatlanishiga mos keladigan qiyalikka ega boiadi. Kapital transheyalar foydali qazilma yotqizigiga yetib borgandan so‘ng gorizontal yo‘nalishda davom ettiriladi va transheyaning bu qismi kesuvchi transheya deb yuritiladi. Kesuvchi transheyani o‘tish jarayonida dastlabki ishchi gorizont (pog‘ona) lami hosil qilinadi. Pog‘onaning ish frontiga nisbatan ochuvchi transheyalar karyer maydoni chekkalarida yoki markazida joylashgan boiishi mumkin.
Karyer maydonining ochish usulini tanlash muayyan kontexnik sharoitda joylashgan foydali qazilmani ochiq usulda qazib oluvchi karyer maydonining mumkin boigan ochish usullarini o‘zaro taqqoslash asosida amalga oshiriladi. Bir necha ochish usullarini taqqoslashda karyemi qurish va ekspluatatsiya
qilishga sarflanadigan xarajatlari minimal boigan variant optimal variant hisoblanadi.
Yer yuziga yaqin, gorizontal va kichik qiyalikka ega boigan foydali qazilma konlari, agar karyer maydonidagi pog'onalar soni uchtadan oshmasa, tashqi transheyalar bilan ochiladi.
Gorizontal konlarni ochiq usulda qazib olishda barcha ishchi gorizontlar bir yoki ikkita ochiladi. Biroq qiya va о’ta qiya konlarni qazib olishda karyer maydonini ochish ishlari karyer maydonidagi foydali qazilma zaxirasi batamom qazib olinguncha (karyer ishlash muddati mobaynida) davom ettinladi.
Pog‘onalar kon ishlar fronti tiplari:
a, d - ochuvchi lahimlar flanglarga joylashgan va transport harakati qaytma boigan tupikli kon ishlari fronti; b - ochuvchi lahimlar markazga joylashgan va transport harakati qaytma boigan tupikli kon ishlari fronti; e - ochuvchi lahimlar flanglarga joylashgan va transport harakati bir yo‘nalishda (skvoznoy) boigan kon ishlari fronti.