41. Ramziy qahramonlarning hayotiy faoliyati bilan ularning oʻzaro suhbatlari asosida qurilgan asar qaysi? Javob: «Qutadgʻu bilig» 42. Qaysi asarda savdogar, chorvador, hunarmand, kambagʻallar haqida soʻz borgan? Javob: «Qutadgʻu bilig» 43. Adabiyotimiz tarixida eng koʻp qoʻllaniladigan, maʼshuqa ishqida oʻrtanayotgan oshiq qaddini ifodalovchi obraz qaysi? Javob: yoy 44. Asarda shoir yuzni nimaga qiyoslaydi? Javob: oyga 45. Shoir tiriklikni nimaga oʻxshatgan? Javob: rabotga 46. Yigitlikni nimaga oʻxshatgan? Javob: argʻumoqqa 47. Asarda bilimni nimaga oʻxshatgan? Javob: kimyoga 48. Shoir soʻzni nimaga oʻxshatadi? Javob: zahar yoki shakarga 49. Shoir koʻngilni nimaga oʻxshatgan? Javob: dengizga 50. Asarda nima mashʼalaga oʻxshatilgan?
Javob: bilim 51. Zolim amaldorlarni nimaga qiyoslaydi? Javob: boʻriga 52. Shoir asarda xalqni nimaga qiyoslaydi? Javob: qoʻyga 53. Asarda shoir bekni kimga oʻxshatgan? Javob: qoʻychivonga 54. Asarda beklar qaysi sifati bilan arslonga oʻxshati lgan? Javob: dovyurakligi bilan 55. Asarda lashkarboshining kuchliligi va yovga daxshat solishi nimaga oʻxshatilgan? Javob: arslonga 56. Asarda lashkarboshining doimiy hushyorligi nimaga oʻxshatilgan?