Ushbu fikrlar kimga tegishli? Javob: Adabiyotshunos Umarali Normatov 3. «Erkin Vohidov badiiy adabiyot daholari ruhini shod etgan, yangi oʻzbek adabiyoti dargʻalari duosini olgan, oʻz xalqi qalbiga chuqur kirib borgan sanʼatkordir. Bunday shoir hech qachon zavol koʻrmaydi.» Ushbu fikrlar kimga tegishli? Javob: adabiyotshunos Abdugʻafur Rasulov 4. Erkin Vohidov dunyoni nimaga qiyoslaydi? Javob: Koshona, vayrona, mehmonxonaga 5. Erkin Vohidov qaysi sheʼrida dunyoni koshonadur, vayronadur deya taʼriflagan? Javob: Inson qasidasi 6. Qaysi ijodkor hayotni oʻrmonga, ummonga oʻxshatadi? Javob: Erkin Vohidov (Inson qasida) 7. Qaysi ijodkor dunyoni hayratxonaga oʻxshatadi? Javob: Nodira («Etib ket» radifli gʻazalida) 8. Qaysi ijodkor Dunyoni omonat binoga, boʻyi, vafosi yoʻq gulshanga oʻxshatadi? Javob: Ogahiy («Dahr uyi bunyodkim...» tarjiʼbandida) 9. Qaysi ijodkor Dunyoni tuynuksiz qasrga oʻxshatgan? Javob: Abdulla Oripov («Birinchi muhabbatim») 10. Qaysi ijodkor Dunyoni bozorga qiyoslaydi?
Javob: Ahmad Yassaviy 11. “Ruhlar isyoni” dostoni kim haqida? Javob: Bengal shoiri Nazrul Islom 12. Dostonda kimning nomi Hindistonda isyonkorlik timsoli boʻldi? Javob: Nazrul Islom 13. Ruhlar isyoni dostonining epigrafi qanday? Javob: “Tugʻilgansan ozod, mudom Ozod boʻlib qol!” (Nazrul Islom) 14. Dostonning muqaddimasida nimadan qochishning yoʻllari dunyoda koʻpligi haqida soʻz boradi?