Javob: qomuschi olim va tolmas sayyoh 7. Qaysi olim turkiy til grammatikasini ishlab chiqqan, turkcha- arabcha lugʻatning ilk namunasini yaratgan birinchi tilshunos hisoblanadi? Javob: Mahmud Koshgʻariy 8. Qaysi asari turkiy xalqlar uchun bebaho qumaru – merosdir? Javob: «Devonu lugʻot at - turk» 9. «Devonu lugʻot at - turk» asarida turkiy tildagi soʻzlar maʼnosini qaysi tilda izohlab beradi? Javob: arab tilida 10. Misralari nisbatan uzunroq boʻlgan sheʼr turi qaysi? Javob: rajaz 11. Qaysi olim oʻz asari haqida «Men bu kitobni maxsus alifbo tartibida hikmatli soʻzlar, saj’( qofiyali nasr)lar, maqollar, rajaz(misralari nisbatan uzunroq boʻlgan sheʼr turi) va nasr deb atalgan adabiy parc halar bilan bezadim... Bu ishda misol tariqasida turklarning tilida qoʻllanib kelgan sheʼrlaridan, shodlik va motam kunlarida qoʻllanadigan hikmatli soʻzlardan, maqollardan keltirdim», deydi? Javob: Mahmud Koshgʻariy 12. «Devonu lugʻot at - turk» asari nechi nchi yilda yozila boshlagan? Javob: 1072-yilda 13. «Devonu lugʻot at - turk» asariga kirgan materiallar necha yillar davomida toʻplangan? Javob: 15-20 yillar davomida 14. Qaysi olim oʻz asari haqida quyidagi jumlalarni yozadi: «Men turklar, turkmanlar, oʻgʻuzlar chigillar, yagʻmolar qirgʻizlarning shaharlari qishloq va yaylovlarini koʻp yillar kezib chiqdim, lugʻatlarini toʻpladim» Javob: Mahmud Koshgʻariy