Gospodarka I innowacje


jadval. 11-12 yoshli voleybolchilarda kuch sifatini pedagogik tadqiqot davomida o‘zgarishi



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix09.04.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#95310
1   2   3   4   5   6
205-210 YOSH VOLEYBOLCHILARDA QO‘LNING PORTLOVCHI KUCHINI NOSTANDART MASHQLAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH

5 jadval. 11-12 yoshli voleybolchilarda kuch sifatini pedagogik tadqiqot davomida o‘zgarishi 
n=10. 
Test mashqlari 
Guruh 
Ko‘rsatgichlar 
Tadkiqot 
boshida 
Tadqiqot 
oxirida 
Gavda kuchi (stanovoy kuch), kg 

53,2±2,6 
56,3±3,2 

53,9±1,9 
59,7±2,8 
Turnikda tortilish 

5,2±0,8 
6,3±1,1 

5,4±0,7 
8,8±1,7 
Brusyada qo„llarni bukish-yozish 

4,8±0,5 
6,0±1,4 

4,9±0,7 
7,2±1,8 
Gorizontal xolatdan qo„llarni bukish-yozish (30 sek) 

8,2±1,4 
9,2±2,0 

8,0±1,7 
11,3±2,2 
 
Qayd etilgan qo„rsatgichlar dnamikasidan ko„rinib turibdiki, tajriba guruhida kuch sifatini belgilovchi 
barcha natijalar nazorat guruhidagi yosh voleybolchilarnikidan nihoyatda yuksak darajada 
o„zgarganligidan darak bermoqda. Ushbu vaziyat yana bir bor tajriba guruhi mashg„ulotlari davomida 
qo„llanilgan nostandart maxsus mashqlar kuch sifatini rivojlantirishda o„ta samarali ekanligini 
isbotlayapti. Shu bilan bir qatorda tajriba guruhida qayd etilgan kuch sifati boshqa sport turi bilan 
shug„ullanuvchi shu yoshdagi bolalar kuchidan ancha kam rivojlanganligi ma‟lum bo„ldi. R.A.Piloyani 
fikriga ko„ra, hatto 8-9 yoshli bolalarda tezkor-kuch sifatlari nisbatan o„sgan bo„lar ekan. 11-12 yoshli 
kurashchilar mashg„ulotida tezkor-kuch va chaqqonlikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar xajmini 
bemalol ko„paytirish tavsiya etiladi. 13-14 yoshli kurashchilarda esa, chidamkorlik, 14-15 yoshda 
egiluvchanlik va tezkor-kuchni rivojlantirishga oid mashqlar xajmini oshirish maqsadga muvofiq deb 
ta‟qidlangan. Ushbu fikrni V.F.Bashkirov va V.P.Filinlar ham qo„llab quvvatlashgan. 
Ma‟lumki, malakali voleybolchi tayyorlashda bel, qorin, qo„l va oyoq mushaklariga xos kuch sifati 
nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa bu borada portlovchi kuch (tezkor kuch) hal qiluvchi 
xususiyatga egadir. Bizning tadqiqotimizda ishtirok etgan yosh voleybolchilarda eguvchi va yozuvchi 
mushaklar kuchinining sezilarli farq asosida kam rivojlanganligi shu bolalarning bog„cha yoshidan 
boshlab tezkor-kuch mashqlari bilan juda kam shug„ullanganligidan dalolat beradi.
Binobarin, olingan tadqiqot natijalari yosh voleybolchilarning o„quv-trenirovka mashg„ulotlarida kuch 
va tezkor-kuch mashqlari xajmini orttirish chorasini ko„rish taqozo etiladi. Aytish zarurki, bunday 
mashqlar xajmini oshirish faqatgina standart mashqlar hisobiga bo„lmasdan, balki ko„proq nostandart 
maxsus mashqlarni musobaqa tariqasi qo„llash yaxshi natija beradi. Bundan tashqari, dastlabki o„rgatish 
bosqichida yosh voleybolchilar tarkibidan tezroq iste‟dotli sportchi tayyorlash maqsadida kuchni 
rivojlantirishga oid mashqlarni zo„rma-zo„raki qo„llash ko„ngilsiz, oqibatlarga olib kelishi diqqat 
markazida bo„lishi kerak.
Demak, kuchga oid mashqlar bolalarning jismoniy va funksional imkoniyatlariga mos bo„lishi darkor. 
Xulosa qilib aytganda, dastlabki tayyorgarlik bosqichida kuchni rivojlantirishga oid mashqlarni 
nostandart o„yinsimon tarzda qo„llash maqsadga muvofiq. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin