205
ISSN: 2545-0573
GOSPODARKA I INNOWACJE
Volume: 24 | 2022
YOSH VOLEYBOLCHILARDA QO‘LNING PORTLOVCHI KUCHINI
NOSTANDART MASHQLAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH
M. A. Kdirova
O‘zDJTSU, p.f.n., dotsent
G. I. Sayidova
O‘zDJTSU 2 - kurs magistrant
A R T I C L E I N F O.
Annotatsiya
Kalit so’zlar:
Dinamik kuch, statik kuch, amaliyot,
sport faoliyati, rivojlantiruvchi
mashqlar.
Ushbu maqolada yosh voleybolchilarda qo„lning portlovchi
kuchini nostandart mashqlar asosida
rivojlantirish usullari va
samarasi haqida so‟z boradi. Maqola davomida yosh
voleybolchilarning kuch sifatini rivojlantirishda mashqlar
yuklamalarini
uzluksizlik, izchillik va to„lqinsimon prinsipda
qo„llashning ahamiyati haqida to‟xtalib o‟tilgan.
http://www.gospodarkainnowacje.pl/ © 2022 LWAB.
Insonning harakat faoliyati doimo muayyan maqsadga qaratilgan bo„ladi. Binobarin,
shu harakat
faoliyatining sifati va pirovard samaradorligi aniq me‟yorlangan mushaklar kuchiga bog„liqdir. Ish
faoliyatining yo„nalishi, turi, muddati, hajmi va shiddatiga qarab (ag„darish, og„irliklar ko„tarish, sport
malakasini ijro etish, soatsozni soat ta‟mirlashi va h.) kuch turli mazmuniy xususiyatiga ega bo„ladi:
dinamik kuch, statik kuch,
absolyut kuch, nisbiy kuch, maksimal kuch, «portlovchi» kuch,
inersion
kuch va hokazo.
Sport faoliyatida, jumladan voleybol o„yinida, qayd etilgan kuch turlarining barchasi yetarli
shakllanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan bir qatorda sport
nazariyasi va amaliyotiga
ma‟lumki trenirovka mashg„ulotlarida kuch sifatini rivojlantirish (ayniqsa dastlabki tayyorgarlik
bosqichida) alohida ehtiyotkorlikni talab qiladi. Chunki, kuchni rivojlantiruvchi mashqlarni zo„rma-
zo„raki qo„llash organizmni jarohatlashi mumkin, yoki aksincha shunday
mashqlar hajmi va shiddati
yetarli bo„lmasa kuch sifati ma‟lum muddatdan so„ng rivojlanishdan to„xtaydi. Demak, kuch sifatini
rivojlantirishda mashqlar yuklamalarini uzluksizlik, izchillik va to„lqinsimon prinsipda qo„llash
maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, kuchni shakllantirishda og„irliklar va og„irliksiz ijro etiladigan
mashqlarni shug„ullanuvchilar yoshi, jismoniy va funsksional imkoniyatlariga mos yoki
hiyol yuqoriroq
chegarada qo„llash darkor bo„ladi.
Dastlabki tayyorgarlik guruhiga mansub yosh voleybolchilarda o„yin malakalarini samarali
shakllantirish kuch sifatini rivojlanganlik darajasiga bog„liqdir. Ayniqsa, to„pni aniq uzatish, o„yinga
to„p kiritish, zarba berish qo„l kuchini o„ziga xos ravishda rivojlantirishni taqozo etadi. Buning uchun