454
tuzilmalari, sug„urta kompaniyalari va reklama agentliklari bilan turistik tashkilotlarning hamkorligi
uchun sharoit va imkoniyatlarni yaratish; − xizmatlarni sertifikatlashning xalqaro tizimi orqali sohani
davlat tomonidan qo„llab-quvvatlash va tartibga solishni kuchaytirish; − turizm sohasida rahbarlar va
mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, sertifikatlash tizimi orqali yagona
kadrlar siyosatini amalga oshirish. Turizm sohasini davlat tomonidan tartibga solish shakllari turistik
mahsulotlar va xizmatlarga talab va taklif o„rtasida dinamik mutanosiblikk erishish maqsadida sohani
barqaror rivojlantirishga ta‟sir etishning asosiy yo„nalishlarini nazarda tutadi. Iqtisodiyotning
transformatsiyalashishi sharoitida turizm sohasini tartibga solishning barcha usullari va vositalari uzviy
o„zaro bog„liq bo„lishi kerak. Ulardan kompleks foydalanish turizm industriyasida amalga oshadigan
munosabatlar ishtirokchilari oldida yuzaga keladigan masalalarni samaralil yechish imkonini beradi.
Turizmni tartibga solish ham bevosita, ham bilvosita tartibga solishning davlat va bozor
mexanizmlarining sintezidan iborat. Turizmni tartibga solish tizimi muayyan konsepsiyaga asoslangan
umumiy va maxsus, qisqa va uzoq muddatli choralar, usullar, tamoyillar va vositalar majmuini o„z
ichiga oladi. Ushbu holatda, bizning fikrimizcha, turizm bozori rivojlanishiga ta‟sir etishning bozor va
davlat mexanizmlari o„ratsida o„zaro mutanosiblikni shakllantirishi zarur.
Dostları ilə paylaş: