452
ISSN: 2545-0573
GOSPODARKA I INNOWACJE
Volume: 24 | 2022
O‘ZBEKISTONDA SAYYOHLIK TURIZMINI RIVOJLANTIRISH
MASALALARI
Qosimov Jahongir
Qarshi davlat universiteti “Turizm va marketing”kafedrasi katta o„qituvchisi
Guliza Ro‘ziboyeva
Qarshi davlat universiteti talabasi
A R T I C L E I N F O.
Annotatsiya
Kalit sо‘zlar:
Sayyohlik, turizmni
davlat
tomonidan tartibga solish, xususiy
turizm, rekreatsion resurslar.
Xostellar, turistik jozibadorlik.
Ushbu
maqolada
O„zbekistonda
sayyohlik
turizmini
iqtisodiyotning strategik sohalaridan biriga aylantirish bo„yicha
olib borilayotgan islohatlar va tadqiqotlar haqida bayon
elilganbo„lib,turizm sohasini rirojlantirish va tartibga solish
mexanizmlariga bag„ishlangan ko„plab
tadqiqotlar amalga
oshirilgan va ularda turizmni rivojlantirish bo„yicha davlat
siyosatini amalga oshirish bo„yicha turli xil qarashlar va
yondashuvlar ishlab chiqilgan.
http://www.gospodarkainnowacje.pl/ © 2022 LWAB.
Kirish. Hozirda iqtisodiyotida turizm sohasi rivojlangan davlatlarning tajribasi shuni ko„rsatadiki, bu
sohaning rivojlanishida xorijiy sarmoya va investorlarning roli kattadir.
Buning uchun avvalambor,
turizm tarmoqlarini rivojlantirish uchun qo„shma korxonalar tuzishning iqtisodiy ahamiyati nihoyatda
katta bo„lib, turizmni davlat tomonidan tartibga solish, bu sohani rivojlantirish bo„yicha davlat
tomonidan ko„rsatilayotgan
shart-sharoitlar, imtiyozlar va qo„llab-quvvatlanishi juda zarurdir.
Sayohatni amalga oshirish - turistlarning yoshi, intellekt darajasi, moliyaviy ahvoli va ko'pgina boshqa
omillarga bog'liq. Dam olish, dunyoqarashni kengaytirish,
notanish narsalarni bilish, ko'ngil ochish,
diniy, davolanish, qarindoshlar va do'stlarni ko'rish va boshqa maqsadlar tufayli kishilar sayohatni
amalga oshiradilar. , Sayohatni tanlashda maqsadlarning o'zgarishi iste'mo1chi
bozorida turistik
mahsulotni taklif qiluvchi turistik firma uchun salbiy oqibatlarga olib keladi. Kayfiyat, moda, umumiy
siyosiyiqtisodiy holat va ko'pgina boshqa omillarga e'tiborsizlik tufayli mijozlar yo' qotiladi, natijada,
turistik faoliyatda iqtisodiy qiyinchiliklarga sabab bo'ladi.