Chizmalarga yoziladigan, raqamlar va belgilar GOST 2304-81 bo’yicha belgilangan qoidalar asosida bajarilishi shart. Chizma shriftlarining konstruksiyasini to’g’ri bajarish maqsadida modul katakchalari ichiga yozib o’rganish tavsiya qilinadi. GOST 2304-81 bo’yicha chizma shriftlarining asosiy o’lchamlari keltirilgan. Bular shrift nomerlari, harf chiziqlarining yo’g’onligi, harflarning balandligi, eni, harflar, so’zlar, qatorlar orasidagi masofalar va boshqalardir.