Yangi hisob siyosatini operatsiyalar, boshqa hodisalar va holatlarga nisbatan qo‘llashda, ushbu hisob siyosatini har doim qo‘llangandek qo‘llash. Bu - .... {Retrospektiv qo‘llash
Retrospektiv qayta hisoblash
Hisob siyosati
Aktivni tan olish}
Moliyaviy hisobot elementlari summalarini tan olinishi, baholanishi va yoritib berilishiga oid o‘tgan davr xatolarini mutlaqo yo‘l qo‘yilmagandek tuzatish, bu - .... {Retrospektiv qayta hisoblash
Retrospektiv qo‘llash
Hisob siyosati
Aktivni tan olish}
Tashkilotning talablarni amalda qo‘llashga qaratilgan barcha say-harakatlariga qaramay, ularni qo‘llay olmasa, bu talablarni qo‘llash ... hisoblanadi. {Amaliy imkonsiz
Retrospektiv qo‘llash
Hisob siyosati
Aktivni tan olish}
Moliyaviy axborotlarning asosiy sifat xususiyatlari ... . {o‘rinlilik va ishonchli taqdim etishlardir
Qiyoslanuvchanlik, tekshiruvchanlikdir
O‘z vaqtida taqdim etish va tushunarlilikdir
Qiyoslanuvchanlikdir}
Moliyaviy axborot agar bashorat qilish, tasdiqlash yoki ikkalasi uchun ham ahamiyatga ega bo‘lsa, u qarorlarni o‘zgartirish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Bunday axborot ... hisoblanadi. {O‘rinli axborot
Ishonchli axborot
Haqqoniy axborot
Qiyoslanuvchi axborot}
O‘rinli va ishonchli taqdim etilgan axborotning foydaliligini oshiradigan sifat xususiyatlari, bular - ... . {Qiyoslanuvchanlik, tekshiruvchanlik, o‘z vaqtida taqdim etish va tushunarlilikdir
Qiyoslanuvchanlik, tekshiruvchanlikdir
O‘z vaqtida taqdim etish va tushunarlilikdir
Qiyoslanuvchanlikdir}
Foydalanuvchilarga narsalarning o‘xshashliklari va farqlarini aniqlash va tushunishga yordam beradigan sifat xususiyati. Bu - ... . {Qiyoslanuvchanlik
Tekshiruvchanlik
O‘z vaqtida taqdim etish
Tushunarlilik}
Foydalanuvchilarga axborotda taqdim qilinishi ko‘zlangan iqtisodiy hodisa ishonchli taqdim qilinganligiga ishonch hosil qilishga yordam beradi. Bu - ... . {Tekshiruvchanlik
Qiyoslanuvchanlik
O‘z vaqtida taqdim etish
Tushunarlilik}