Goya va mafkuralarning inson va jamiyat hayotidagi o'rni


Mafkura haqida tushuncha va uning mohiyati



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix02.01.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#41939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
goya va mafkuralarning inson va jamiyat hayotidagi orni

 

3.Mafkura haqida tushuncha va uning mohiyati. 

 

Mafkura haqida ma'lumot. G'oya anglangan maqsad va haqiqatni o'zida aks ettiruvchi fikr bo'lsa, 

mafkura ana shu maqsad va haqiqatning anglangan shakliga mos bolgan g'oyalar, fikrlar va ularni 

amalga  oshirish  usul  va  uslublari  tizimidir.  Shuning  uchun  bu  tizim  asosida  mafkura  tarkibidagi 

bosh va asosiy  g'oyalarni  amalga oshirish jarayonida tug'iladigan savollarga javob berish rnumkin 

bo'ladi.  Muayyan  g'oya  muayyan  mafkuraga  asos  bo'lib,  uni  shakllantirishi  mumkin,  mafkura  esa 

o'z tizimi tayanadigan maqsad va g'oyalarni amalga oshirishga xizmat qiladi. 

Muayyan xalqning o'z oldiga qo'ygan maqsadiga erishish yoilari va vositalari tizimi uning milliy 

mafkurasi asosini tashkil etadi. 




 

Prezidentimiz  Islom  Karimov  mafkuraning  xalqni  xalq,  millatni  millat  etish  borasidagi 



ahamiyatini  ta'kidlab,  shunday  yozadi:  "Odamlarning  ming  yillar  davomida  shakllangan 

dunyoqarashi  va  mentaiiietiga  asoslangan,  ayni  vaqtda,  shu  xalq,  shu  millatning  kelajagini 

ko'zlagan va uning dunyodagi o 'mini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va 

ertangi  kuni  o  'rtasida  o'zigaxos  ko'prik  bo'lishga  qodir  g'oyani  men  jamiyat  mafkurasi  deb 

bilaman". 

Erkin  demokratik  jamiyat  barpo  etishni  bosh  maqsad  qilib  olgan  va  taraqqiyoti  ijtimoiy 

hamkorlikka asoslangan davlatlardagi xalqlarning milliy mafkurasi odamlarni ana shu ezgu maqsad 

yo'lida birlashtiradi. 

O'zbekiston xalqining milliy istiqlol mafkurasi ham jamiyatimizni  yanadajipslashtirishga, Vatan 

ravnaqi,  yurt  tinchligi,  xalq  farovonligini  o'ylab,  sog'lom  e'tiqod  va  dunyoqarash  bilan  yashashga 

da'vat  etadi.  Kishilik  tarixi  mafkuralar,  o'z  ma'no-mohiyatiga  ko'ra,  falsafiy  dunyoviy,  diniy  va 

boshqa  g'oya  va  ta'limotlar  asosida  shakllamshini  ko'rsatadi.  Mafkuramng  falsafiy  asoslari  falsafa 

ikni  xulosalariga  tayanadi.  Yevropa  xalqlarining  har  biri  Uyg'onish  davri  hamda  o'rta  asrlarda  o'z 

davlatchiligini tiklash jarayonida milliy-falsafiy ta'limotlar asosida o'ziga xos mafkurasini yaratgani 

buning yaqqol dalilidir. 

Mafkuraning  dunyoviy  ildizlari  deganda,  ma'nfiy  taraqqiyotga  xos  siyosiy,  iqtisodiy,  ijtimoiy, 

madaniy  munosabatlar  tizimi  tushuniladi.  Ma'lumki,  bugungi  kunda  dunyoviy  jamiyat  asosini 

qonun  ustuvorligi,  siyosiy  plyuralizm,  millatlararo  totuvlik,  dinlararo  bag'rikenglik  kabi 

umume'tirof etilgan g'oyalar tashkil etadi. Bunday jamiyatda inson huquqlari va erkinliklari qonuniy 

asosda kafolatlanadi. 

Mafkuraning  diniy  ildizlari  deganda,  uning  diniy  qadriyatlardan  oziqlangan  g'oyaviy-ruhiy 

asoslari  tushuniladi.  Masalan,  xitoy  xalqlari  milliy  mafkurasi  hisoblangan,  uning  e'tiqodi  va 

dunyoqarashi  asoslarim  belgilab  bergan  Konfutsiy  va  Lao-szi  ta'limotlari  diniy  qarashlarga 

asoslangan. Bu ta'limotlar ko'p asrlar mobaynida Xitoy xalqining milliy mafkurasi bo'lib kelgan. 

Yurtimizda qariyb bir yarim ming yildan buyon yashab kelayotgan islom dini va uning ta'limoti 

ham  uzoq  zamonlar  arab,  turk  va  fors  imperiyalari  yoxud  xalifalikning  mafkuraviy  hayot  tarzi 

bo'lgan.  Ezgulik,  oqibat,  ilm-ma'rifat,  insoniylik  kabi  umuminsoniy  g'oyalarga  asoslangan  islom 

dini o'z tarixiy  yo'lida  yirik sivilizatsiyalarni  yaratdi, dunyo ilm-fanini bir necha asrga ilgarilatgan 

allomalarning  yaralishiga  zamin  bo'ldi.  Dunyoning  teng  yarmini  ishg'ol  qilgan  Amir  Temur 

saltanati,  Hindistonda  ingliz  mustamlakasiga  qadar  hukm  surgan  boburiylar  imperiyasi,  bu 

saltanatning  poytaxti  bo'lmish  Samarqand  hamda  Buxoro,  Xiva  va  Urganch  kabi  ilm-fan  va 

madaniyat  keng  rivojlangan  shaharlar,  sanoat  markazlari  fikrimizning  dalilidir.  Abu  Rayhon 

Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muso Xorazmiy, hnom fsmoil al-Buxoriy, Imom Jorulloh Zamaxshariy, 

Imom  Burhoniddin  Marg'inomy  kabi  yuzlab  ma'rifat  quyoshlari  ham  Islomning  hayotbaxsh 

g'oyalaridan ilhom olganliklarini inkor qilish mumkin emas. 

Qaysi xalqning milliy mafkurasi bir-birini boyitib boruvchi ilmiy va falsafiy, dunyoviy va diniy, 

azaliy va zamonaviy manbalarga asoslansa, u taraqqiyot bobida ilgarilab boraveradi. 

Ilmiy kashfiyotlar mafkura rivojiga kattata'sir o'tkazadi. Bugungi kunda zamonaviy fan yutuqlari, 

jumladan,  kosmonavtika  sohasidagi  olamshumul  yangiliklar,  klonlashtirish,  insonning  gen-nasl 

xaritasini  aniqlash  kabi  buyuk  kashfiyotlar  odamlar  tasavvurini  keskin  o'zgartirib  yuborayotgani 

shundan  dalolat  beradi.  Kompyuterlar,  uyali  telefonlar,  internet  tizimi  ham  ana  shunga  xizmat 

qiladi. 


Lekin  ilm-fan  va  madaniyat  borasidagi  yutuqlardan  oqilona  foydalanish  uchun  ham  sog'lom 

g'oya, sog'lom mafkura kerak. Aks holda, ilm-fan yutuqlarini noto'g'ri qoilash oqibatida Xirosima, 

Nagasaki,  Chernobil  fojialari,  bugungi  ommaviy  qirg'in  qurollari,  ekologik  halokatlar,  ma'naviy 

tanazzulga o'xshash umumbashariy muammolar yanada kuchayib borishi mumkin. 

Demak,  mqfkura  o  'zining  bosh  va  asosiy  g'oyalari  hamda  tamoyillariga  tayanib,  muayyan 

ijtimoiy  guruh  yoki  qallamning,  millal  yoki  davlatning  ehtiyojlarini,  maqsad,  iniilish  va 

manfaallarini  ifoda  etadigan,  ularni  amalga  oshirish,  e  'tiqod  va  dunyoqarash  asoslarini 

shakllaniirishnirtg itsul va 

vositalari tizimidir. 



 




Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin