G'ozal fazilat-inson husni



Yüklə 36,54 Kb.
səhifə2/5
tarix27.10.2022
ölçüsü36,54 Kb.
#66512
1   2   3   4   5
O\'QISH DARSLARIDA “G\'OZAL FAZILAT-INSON HUSNI” MAVZUSINI O\'RGANISH (3-sinf).

Kurs ishi maqsadi: O’qish darslarida "Go’zal fazilat- inson husni" mavzusini o’rganish tashkil etish va bilimlarini baholashga oid ishlarni nazariy tahlil qilish.
Тadqiqot ob’ekti: O’qish darslarida "Go’zal fazilat- inson husni" mavzusini o’rganish tashkil etish
Тadqiqot predmeti: O’qish darslarida "Go’zal fazilat- inson husni" mavzusini o’rganish tashkil etish usullarini o’rganish.
Тadqiqot vazifalari:
- Mavzuga oid ilmiy - pedagogik, metodik adabiyotlar, muammoning amaliyotdagi holatini o’rganish asosida tadqiq qilish dolzarb pedagogik muammo ekanligini asoslash;
II. Asosiy qism.
1. Boshlang’ich sinfda o’qish suratiga qo’yiladigan talablar hamda
o’quvchilarining o’qish suratini oshirish metodlari.

Nutq o’stirish: lug’atni boyitish, so’z birikmasi, gap, bog’lanishli hikoya


tuzish. Umumlashtirish: yangi harfni jadvalga qohyish, yanga urganilgan
tovushni unli va undoshga kiritish, yangi harfni ilgari o’rganilganlar bilan
qiyoslash, tovush va harfning ahamiyatini takrorlash va xokazo.
O’rganilganlarni mustahkamlash darsida yangi tovushni ajratish, yangi harf
bilan tanishtirish, mashqidan tashqari barcha ish turlaridan foydalaniladi,
shuningdek, qohshimcha sohzlar va matnlar bilan ishlanadi; matnni o’qish va
tahlil qilishga, kohrgazma vositalar bilan ishlashga (harfni terish kartonn, magnit
doskasi, abak, sirli mato, rasmlar va b.) nutq o’stirishga, o’yinlar va qiziqarli
materiallarga, ilgari o’rganilgan tovushlar va harflarni takrorlab
mustahkamlashga alohida ahamiyat beriladi, Tarqatma materiallardan ham
foydalaniladi.
Birinchi uchragan so’zlar bilan ishlash: ochiq bohg’in har bir undosh
bilan tuziladi va o’qiladi, yopiq burin esa unli bilan tuzilgan ochiq bo’g’inni
o’qib keyingi undosh o’qiladi va so’z to’liq o’qiladi.
Yangi so’z urg’usi quyilgan holda beriladi, bu uni o’qishga, bug’inlab o’qishdek
sintetik o’qishga (so’zni butunligicha o’qishga) yordam beradi.
Yangi so’zni doskada katta bosma harflar bilan yozish, o’quvchilarga o’qitish
tavsiya qilinadi. So’z shivirlash bilan o’qiladi, kesma harf bo’g’in bilan
yoziladi. Syujetli (rasmning asosiy mazmunini bildiradigan) rasmga qarab o’qituvchi yordamida, uning yo’llovchi suroqlari asosida hikoya tuzish, undan gapni
ajratish va analiz qilish. Yangi bo’g’in, so’z tuzishda harf terish matosi, magnit doskasi, sirli mato kabilarning va yangi so’zni doskada va daftarda «yasash»ning ahamiyati juda katta.
O’qish uchun xilma-xil bosma materiallardan qanchalik ko’p bo’lsa,
ulardan turli xil mashqlar tuzishda foydalanilsa, o’qish shunchalik ongli,
qiziqarli bohladi, malaka puxta shakllantiriladi.
Bola endigana o’qiy boshlagan bosqichda ularni qatorni yo’qotmaslikka,
shuningdek, hatto, so’zdagi keyingi harfni, keyingi so’zni
yo’qotmaslikka o’rgatish juda muximdir. Bu vazifani savod o’rgatishning
boshlang’ich bosqichida xatchop (o’qiyotgan betni belgilab quyish uchun kitob
ichiga solib quyiladigan qog’oz yoki lentacha) va tayoqcha bajaradi.
O’qilayotgan qatorni kuzatib borish ko’nikmasi sinf o’quvchilaridan
o’rtog’ining xatosini to’g’irilashni talab qilish bilan xam erishiladi. O’quvchilar
bu talabni qizg’anib bajaradilar, shu yo’l bilan ularda darsga, o’qishga e’tibori
jalb etiladi.
Mukammal tarbiyali inson boshqalarga hech bir ozor yetkazmaydi, takabburlik qilmaydi, hech kimga haqorat ko‘zi bilan qaramaydi, yolg‘on so‘zlamaydi, rostgo‘y bo‘ladi. O‘zidan kattalarga hurmatli, kichiklarga shafqatli va marhamatli, kular yuzli, shirin so‘zli va xushmuomala bo‘ladi. Va’dasiga vafo qiladi, omonatga xiyonat qilmaydi. Ig‘vo, g‘iybat, munofiqlikdan o‘zini saqlaydi. Ota-onasining hurmatini bajo keltiradi. Ularni o‘zidan rozi qilishga sa’y-harakat qiladi. Qarindosh-urug‘laridan aloqasini uzmaydi, ularga mehr-u muhabbatli bo‘ladi, qo‘shnilarini ranjitmaydi, ular bilan yaxshi murosada bo‘ladi. Yomon yo‘llardan, yaramas ishlardan, nojo‘ya harakatlardan o‘zini saqlaydi. Mana shularga o‘xshagan go‘zal xislatlar mukammal tarbiyali insonda mujassam bo‘ladi. Inson komillikka yetishi uchun kattalarning pand-nasihatlariga astoydil e’tiborli bo‘lishlari talab etiladi. Bolalar adabiyoti fani yoshlarni imon-e’tiqodli kishilar sifatida va Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda mustaqil mamlakatimizning qudratli qurolidir. Bugungi mustaqillik davrida bu fanga intilish, qiziqish, o‘rganish, o‘zlashtirish yanada oshdi. Shunday ekan, kichkintoylarga atab yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos bo‘lishi, ular qalbida chuqur o‘y-fikrlar uyg‘otishi, yorqin obrazlar va yuksak g‘oyalarga boy bo‘lishi, ularni ulkan va porloq ishlarga ilhomlantirishi zarur. Eng muhimi, mavzular tushunarli, sodda va qiziqarli tilda yoritilishi lozim. Faqat chinakam badiiy asarlargina bolalarga kuchli ta’sir ko‘rsatib, ana shu talablarga javob bera oladi. Shu sababli bunday kitoblar pedagogik va psixologik nuqtayi nazardan ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bolalar adabiyoti bu vazifani bajarishda badiiy tilga suyanadi. Adabiy asarning tili uning g‘oyaviy mazmunini aniq va ifodali ochib berish vositasidir. Yaxshi, aniq, ravon, obrazli, boy til bilan yozilgan asar yozuvchining maqsad va fikrlarini kitobxonlarga tez va oson yetkazadi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy „Mahbub-ul qulub“ asarida tilni „ko‘ngil xazinasining qulfi“, deb ta’riflaydi, kishilarni qisqa va mazmunli, chuqur mantiq bilan so‘zlashga chaqiradi. Bu talab, shubhasiz, bolalar yozuvchilariga ham taalluqlidir.
Bolalar yozuvchisi sodda, ravon, qiziqarli va mazmundor qilib yoza bilishi kerak. Buning uchun esa u xalq tilini puxta bilishi lozim. Ravon til bilan yozilgan badiiy asarlar yosh kitobxonning nutqiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi, so‘z boyligini oshiradi. Bolalar yozuvchilarining eng yaxshi kitoblari yosh avlodni tabiatni sevishga, halol yashashga, ilm-fan cho‘qqilarini egallashga, xalq uchun foydali yangi kashfiyotlar qilishga o‘rgatadi. Kitob xalqimizning o‘tmishi, ilg‘or madaniyatimiz, fan va texnikamiz yutuqlari bilan tanishtiradi, faxr tuyg‘ularini o‘stiradi. Shunday ekan, bugungi kunda qudratli qurol bo‘lgan bolalar adabiyotidan keng foydalanmay turib, yangi jamiyat quruvchisini har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalash mumkin emas. Bolalar adabiyotining o‘ziga xos qonuniyatlari bor: agar
bu fan bo‘limlarga ajratib o‘rganilmas ekan, pala-partishlik, turli tushunmovchilik kelib chiqishi tabiiy. Eng avvalo kitobxonlik — kitob o‘qish, tinglash, hikoya qilishdek e’tibor berilishi zarur bo‘lgan amallar bor. Shunga ko‘ra bolalar kitobxonligini o‘quvchilarning pedagogik-psixologik xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin:
1. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar kitobxonligi (2 yoshdan 7 yoshgacha).
2. Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi (7 yoshdan 11 — 12 yoshgacha).
3. O‘rta va katta yoshdagi bolalar kitobxonligi (13 — 14 yoshdan 15 — 17 yoshgacha).
Xulosa qilib aytganda, bu davr bolalari o‘zlari tinglagan asarlari yordamida asta-sekin atrof-muhit bilan tanishadilar, ona yurtga mehr-oqibatli bo‘lishni, tabiatni asrashni, mehnatni sevishni o‘rganadilar.



Yüklə 36,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin