1.3. O’qish darslarida ta’limiy vositaldan foydalanish metodikasi 1. Ifodali o`qishga tayyorlanish shartli ravishda uch bosqichga bo`linadi:
Qaxramonlarning xatti-xarakatini tahlil qilish, royasini belgilash, badiiy
vositalarning vazifasini tushunish. Demak, asar tahlili ifodali o’qishni
ta’minlaydi. 2. O’qish darslarida ta’limiy vositalrdan foydalanish metodikasi Ta’limiy vositaga darslik, tarqatma materiallar, doska, turli ko’rgazmali
materiallar, suratlar, jadvallar, elektron qurilmalar, metodik qo’llanmalar
kiradi. Shulardan darslik boshqalariga nisbatan yetakchi ahamiyat kasb
etadi. O’qish darslari boshlang’ich sinf o’quvchilarini har tomonlam a komil
insonlar sifatida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Darslarni samarali
tashkil qilish jarayonida ta’limiy vositalar muhim ahamiyat kasb etadi. O’qish
kitoblari ohz ichiga “Ona bitta, Vatan yagona”, “Xalq og’zaki ijodi”, “Oltin
kuz”, “O’tmishni o’rganish- burchimiz”,“Kumush qish”, “Vatan posbonlari”,
“Tengdoshlar”, “Ulug’lardan o’rganmoq-oqillik”, “Bahor manzarasi va
mehnat”, “Ma’naviyat qalb quyoshi” “Tabiatni seving va asrang”, “Go’zal
fazilat- inson husni”,!9-may-Xotira va qadrlash kuni!, “Yoz -o’tadi soz”, “Yoz
manzarasi va mehnat” kabi bo’limlarni o’z ichiga oladi va bu bo’limlar
mavsumiylik tamoyili asosida tartiblangan. Mazkur bo’limlardan o’rin olgan
qiziqarli shehr, hikoya, ertak, maqol, topishmoq va rivoyat, ilmiy ommabop
asarlar bola yoshiga mos bohlib, ular ohquvchilarda Vatanga, mehnatga,
milliy istiqlol g’oyalariga sodiqlik, mehnatsevarlik, halollik, rostgohylik kabi
sifatlarni shakllantirishda katta tarbiyaviy, ma’rifiy ahamiyatga ega.
Biz quyida ta’limiy vositalardan foydalanish metodikasini yoritishga harakat
qilamiz. “Yilnomadan” “Oltin kuz”,Tolib Yo’ldoshning “Kuz kelganda”,Safar
Anvar Obidjonning “So’nggi axborot”,Mahmud Murodovning “Olma”, Yusuf
SHomansurning “Kuz”, Malik Murodovning “Bobur va kabutarlar”, “Er
tagida ilon qimirlasa, biladi”Quddus Muhammadiyning “Men dadamga
yordamchi”, Hakim Nazirning “ Bebaho boylik”, Nurmat Maqsudiyning “
lmli ming yashar”, O’tkir Hoshimovning “Xazonchinak”, Abdusodiq
Irisovning “Qo’shterak”,K.Ersarinning “Va’da berdi”. Yuqorida nomlari zikr etilgan barcha asarlar kuz, tabiat va mehnat temalari
bilan chambarchas bog’liq bo’lib maktab o’quvchilarini yilning eng ko’rkam
fasli hisoblanadigan bahor xususidagi fikrlarini kengaytirish, ularning nutqini
o’stirish, dunyoqarashini o’stirish nuqtai nazaridan muhim ta’limiy va
ma’naviy ahamiyatga ega. 4-sinf o’quvchilari bu mavzularni o’qish asnosida
bahor faslida tabiatda, insonlar orasida bo’ladigan o’zgarishlar, mehnat
jarayonlari, an’analar va milliy qadriyatlar bilan yaqindan tanishish
imkoniyatlariga ega bo’ladilar. Ularda estetik did, o’zgacha bir shijoat va
g’ayrat, hayotga muhabbat hislari, so’z san’atiga oshnolik, shaydolik
fazilatlari tarbiyalanadi.
Bo’lib o’tdi qishloqda,
Kecha zo’r shamol.
Natijada ro’y berdi,
Anchayin kor-hol.
Uzum boshi aylanib,
Bo’p qoldi kasal.
Shoxdan yiqilib olma,
Yotibdi o’sal.
Anvar Obidjonning “So’nggi axborot” she’rda lirik qahramon shoirning o’zi, u tabiatda sodir bo’layotgan o’zgarishlarni katta bir ishtiyoq, zavq bilan kuylaydi. O’z navbatida, bu shavq beixtiyor o’quvchilarga ko’chadi.
Hatto gilos lat yedi.
Bo’lsa ham abjir.
To’qnashuvda anhorga,
Chaplandi anjir.
Shamollatdi qornini,
Oshqovoq polvon.
Pachoq qildi burnini,
Mulla baqlajon.
Xulosa
Yaxshi o’qish malakalarining sifatlariga to’g’rii, tez, ongli va ifodali o’qish
kiradi va ular o’qish darslarida ohzaro boglik xolda takomillashtiriladi, bu tohrt
o’qish sifati bir-biri bilan uzviy bog’liq. Ongli o’qish asosiy hisoblanadi, chunki
ohquvchi tez qisqa—ohqiganini anglamasa bunday o’qish talabga javob
bermaydi, o’qiganini tushunmaslikka olib keladi. To’g’ri o’qish ongli o’qishga
xizmat qiladi. Tez, to’g’ri, ongli o’qish ifodali o’qishning asosi hisoblanadi.
Yaxshi o’qish sifatlari 3 bosqichga bo’linadi:
1.Analitik bosqich. Savod o’rgatish jarayoniga to’g’ri keladi. Unda
bolalarda so’zlarni bo’g’inlab o’qish malakasi shakllantiriladi.
2.Sintetik bosqich. Bu bosqichda so’zni sidirga o’qish malakasi
shakllantiriladi. Bunda so’zni ko’rish bilan uning tovush tomoni idrok
qilinadi. So’zning talaffuzi bilan ma’nosini anglash mos keladi. Sidirka
o’qishga asosan o’quvchilar 3-sinfda o’tadilar.
3.Avtomatlashgan o’qish. Bu o’qishda o’quvchi-kitobxon so’zning
bosh qismiga qarab o’qib ketaveradi. O’qishning keyingi yillariga to’g’rii
keladi. 4-sinfda ba’zi o’quvchilar o’qishi avtomatlashadi.
O’qish darslari shunday tashqil qilinishi kerakki, asar mazmunini tahlil qilish
yaxshi o’qish malakalarini takomillashtirishga yo’naltirilsin.
Yaxshi o’qish malakasining sifatlaridan biri - to’g’ri o’qishdir.
To’g’ri o’qishga bir nechta metodist olimlar tahrif berganlar:
K.Qosimova: To’g’ri o’qish xato qilmasdan, yangilishmasdan o’qishdir. Shu
ta’rifni kengaytirib: to’g’ri o’qish so’zning tovush-harf tarkibini, grammatik
shaklini buzmasdan, so’zdagi biror tovush yoki bohg’inni tushirib
qoldirmasdan, ortiqcha tovush yoki bohg’in qo’shmasdan, xarflarning urnini
almashtirmasdan, so’zning urg’usiga rioya qilib o’qish to’g’ri o’qishdir. -.
M.Odilova, T.Ashrapova: Adabiy talaffuz normalariga qo’yilgan barcha talablar
to’g’rii o’qish kunikmasiga ham taalluqlidir, deyiladi. Demak, ularning
fikricha, materialni adabiy talaffuz normalariga rioya qilgan xolda o’qish to’g’ri
o’qish deyiladi.