Grafik Interfeysi



Yüklə 128,85 Kb.
səhifə21/23
tarix02.01.2022
ölçüsü128,85 Kb.
#36646
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
KDE – ish stoli.
KDE rasmda ko`rsatilgan ko`rinishga ega.
U ham bo`sh ish stoli, maxsus znachoklar va ostki paneldan iborat. Chap ostki panel burchagida “K” harfi tasvirlangan belgi bo`lib, u start paneli (xuddi WINDOWS dagidek) vazifasini bajaradi. Va bu belgi KDE ish stolining emblemasi hisoblanadi. GNOME ish stoli Red Hat va Fedora distributivi tomonidan o`rnatilishiga qaramay, Bluecurve KDE ham foydalanuvchi ish stoli bo`lib xizmat qiladi.

Rasm 2. Mandrake 9.1 dagi KDE ish stoli



LINUX OT da buyruq satri.

CLI (Command Line Interface – buyruq satri interfeysi). Bunda foydalanuvchi amallarni bajarish uchun klaviaturadan maxsus buyruqlarni beradi. Tekstli tahrirlagich sifatida Bash dan foydalaniladi. Bunda buyruqlar qabul qilinib qayta ishlanadi va to`g`ridan-to`g`ri yadroga jo`natiladi. Yadro LINUX ning bir qismi hisoblanib, u yerda barcha amallar bajariladi. Berilgan buyruqlar asosida foydalanuvchi javoblarni oladi. Bash bu ustki qatlam bo`lib, LINUX uning bir necha xilini taklif etadi.
LINUX OT buyruqlar satrida ishni boshlashi mumkin. Bunda dastlab toza ekran chiqib, foydalanuvchi nomi va mahfiy so`z kiritilishini kutadi. LINUX ning bu tipdagi o`rnatilishida faqat buyruqlar qatoridan foydalanib barcha amallarni bajarish mumkin. Odatda bunday foydalanuvchilar grafik tizimdan umuman foydalanishmaydi.
Odatda foydalanuvchilar grafik interfeysdan foydalanishadi va LINUX ni ham avtomatik ravishda grafil muhitiga kiradigan qilib o`rnatishadi. Buyruqlar satridan foydalanishga to`g`ri kelganda esa uni ishga tushirib, undan foydalanishadi.
Ish stolidan grafik muhitda foydalanish juda qulay va oson hisoblanadi. Kerakli narsalarni tanlab olib, ularni ishga tushirish, moslashlarni olib borish ancha oson kechadi. Buyruqlar satridan foydalanishda esa kerakli buyruqlarni klaviaturadan kiritish, qaysi buyruq qanday fazi fani bajarishini bilish talab etiladi. Shunga qaramay buyruqlar satri quyidagi afzalliklarga ega:

  • Tez ishga tushish. Grafik tizim ishga tushishi uchun bir qancha grafik dasturlar ishga tushiriladi va ular bir qancha vaqtni oladi.

  • Komandalarga tez yetib borish. Ayrim vaziyatlarda klaviaturadan buyruqlarning kiritilishi metka tanlanib kerakligigacha yetib borishdan ko`ra osonroq kechadi. Tizim va fayllarni boshqarish buyruqlar satrida tezroq amalga oshirilishi mumkin. Qushimcha qilib shuni aytish mumkinki, buyruqlar qatoriga bir qancha komandalarni bir vaqtda berib natijani olish mumkin. Grafik muhitda esa amallarni birma-bir bajarishdan o`zga chora yo`q.

  • Kam resurs talab qilinishi. Kompyuter resurslari kam bo`lganida, masalan, tezkor yoki qattiq xotira yetarlicha katta bo`lmaganida, grafik muhitlarga keraklixotira ajratish ilojisi bo`lmaganda buyruqlar satri bebaho hisoblanadi.

  • Keng imkoniyatlar (ko`p funksionalilik). Ba`zi buyruqlani grafik interfeys orqali bajarishning iloji yo`q. Chunki ular faqat buyruqlar satridan amalga oshiriladi.


Yüklə 128,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin