Birinchi foydalanuvchi registratsiyasi turli sistemalarda turlicha bo`ladi. Masalan, Mandrake va SUSE dastlabki foydalanuvchini o`rnatish jarayonida yaratishsa, Fedora da root o`rnatiladi va dastlabki yuklanishda foydalanuvchi yaratish imkonini beradi.
Mandrake da birinchi registratsiyadan keyin MandrakeFirstTime Wizard (Mandrake ning dastlabki yuklanishi) protsedurasi ishga tushiriladi va unda quyidagi vazifalarda yordam berilishi haqida aytiladi.
Bir necha qadamda ish stolining asosiy moslashishlarini qilish.
Sizning versiyangizni registratsiya qilish va sizni Mandrakeclub ga a`zo qilish, qo`shimcha xizmatlar va imkoniyatlar uchun.
Keyingi qadamda Choose Desktop (ish stolini tanlash) oynasi chiqadi va unda siz o`zingizga yoqadigan ish stolini tanlashingiz mumkin. Ish stoli tanlanganidan keyin mavzu tanlash oynasida kerakli mavzu tanlanadi. Mavzu – bu aniq bir ranglar yig`indisi bo`lib, ularning har birida oyna chegaralari, shriftlar, znachoklar va boshqa o`z parametrlari bor. Kerakli ko`rinish tanlanganidan keyin Next tugmasi bosilishi kerak.
MandrakeFirstTime Wizard masteri Mandrakeclub da o`z nomini yaratib registratsiya qilish imkoniyatini beradi. Mandrakeclub a`zo bo`lib, bir qancha dasturlarni ko`chirib olish, forumlarda ishtirok etish va bir qancha boshqa xizmatlarga chegirmalar beriladi. Foydalanishning dastlabki oyi tekin bo`lib, foydalanib ko`rish mumkin.
Master ishini tugatganidan keyin ish stoli va qarshilovchi oyna chiqadi. Bu oynaning har yuklanishda chiqishini xohlamasangiz Open This Window an ****** (yuklanishda shu oynani ko`rsatish) bo`limidan belgini olib tashlab, Close tugmasini bosish kerak.
SUSE ning ham birinchi yuklanishida qarshilovchi oyna bilan SUSE sistemasining Web sahifasiga ssilka ko`rsatiladi.