Gruntlarning fizik-mexanik xususiyatlari reja


Gruntlarning siljishga qarshiligi



Yüklə 62,16 Kb.
səhifə3/4
tarix21.12.2023
ölçüsü62,16 Kb.
#188644
1   2   3   4
Gruntlarning mexanik xossalari-fayllar.org

Gruntlarning siljishga qarshiligi
Inshootlar ta`sir zonasidagi gruntlarning bo`zilishi yoki ustivorligining yo`qotilishi, asosan ular qismlarining bir-biriga nisbatan siljishi natijasida sodir bo`ladi. Tug`on tanasi qismlarining siljishi, suv omborlar, daryolar va kanallar qirg`oqlarining yemirilishi, inshootlarning keskin cho`kishi va shunga o`xshash xodisalar bunga misol bo`la oladi.

Ma`lumki, siljish darajasi grunt qatlamlarida (kesimlarida) hosil bo`ladigan urinma kuchlanishlar miqdoriga bog`liqdir. Gruntning qandaydir bir tekisligidagi urinma kuchlanishlar uning siljishga chegaraviy qarshiligi tс erishsa, u holda, ushbu tekislik bo`yicha grunt qismlarining o`zaro siljishi ruy beradi.


Gruntlarning siljishga chegaraviy qarshiligini (siljituvchi urinma kuchlanishlar qiymatini) baholash grunt namunalarini laboratoriya ustaxonasida yoki gruntni bevosita dala sharoitida sinash orqali amalga oshiriladi. Laboratoriya ustaxonalarida siljish ko`rsatkichlari grunt namunalarini biror tekislik bo`yicha qirqish (tekis siljitish), uch yo`nalishda siqish, qanotli (parrakli) tsilindrlar yordamida qirqish, shar yoki konussimon sirtli bikr shtamplarni gruntga botirish va boshqa usullar bilan sinash yordamida o`rnatiladi.
5- rasmda amaliyotda eng ko`p ishlatiladigan tekislik bo`yicha siljituvchi (qirquvchi) asbobning sxemasi ko`rsatilgan. Sinash jarayonida, tsilindr shaklidagi grunt namunasi ustiga vertikal N yuk quyiladi. So`ngra, asbobning harakatlanuvchi xalqasiga pog`onama-pog`ona oshib boruvchi siljituvchi T kuchlar ta`sir ettiriladi. Sinov aniq siljish sodir bo`lgunga qadar, gorizontal T kuchni oshirib borish hisobiga davom ettiriladi. Tajribalar N kuchning boshqa o`zgarmas qiymatlarida ham yuqoridagi tartibda kamida uch marta o`tkaziladi. Bunda, har bir sinovdagi gruntni zichlovchi bosim:
p = N / A , (18)

bu yerda A – siljish tekisligining yuzasi.


5 – rasm. Gruntlarni tekis qirquvchi qurilma yordamida siljishga sinash:

1 – grunt namunasi; 2 – filtr; 3 – taglik; 4 – harakatlanmaydigan xalqa;


5 – harakatlanadigan xalqa; 6 – porshen; 7 – siljishni o`lchovchi indikator
Gruntning siljishga chegaraviy qarshiligi, har bir sinovda o`rnatilgan siljituvchi T kuchlarni siljish tekisligi yuzasi A ga bo`lib aniqlanadi:
tс = T/A . (19)
Sinov natijalari bo`yicha tс = f (p) bog`lanishining grafigi quriladi (6 – rasm).


Yüklə 62,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin