GUL DU M.G’.M.A VA- H.T yo’nalishi 68-19-guruh talabasi Xolmurodov Suhrobning
Mafkuraviy jarayonlarning tizimli tahlili fanidan tayyorlagan taqdimoti
Mavzu:
G’arb mamlakatlarida ilk g’oyaviy va mafkuraviy qarashlar ( Suqrot, Platon, Aristotel, Geraklit)
REJA:
G’arb mamlakatlarida ilk g’oyaviy va mafkuraviy qarashlar
Suqrotning g’oyaviy qarashlari
Platonning g’oyalari
Aristotel g’oyalarining jahon sivilizatsiyasiga qo’shgan hissasi
Geraklitning qarashlari
G’arb mamlakatlarida ilk g’oyaviy va mafkuraviy qarashlar
ijtimoiy zaruriyat taqozosiga ko'ra, falsafiy g'oyalar ham muayyan tizimni shakllantirib, odamlarning e'tiqodi va dunyoqarashiga aylanadi. Olamning yaralishi, mavjudlik xossalari, uning asosini tashkil etuvchi birlamchi narsaning mohiyati kabi masalalarga turlicha yondashish natijasida monizm, dualizm, plyuralizm, idealizm va materializm singari oqimlar vujudga kelgan.
Monizm – olamning asosi bitta deb tushuntiradi.
Dualizm olam xudo tomonidan yaratilgan, lekin uning rivojlanishi o'zining moddiy xususiyatlariga ham bog’liqdeb ta'lim beradi.
Plyuralizm olam ko'p narsalarning birikishi natijasida vujudga kelganini yoqlaydi.
Idealizm olam va odamning yaralishi, dunyoning yashashi va rivojlanish qonuniyatlari, borliq hamda yo'qlik masalalarida ruhiy va ilohiylik tamoyillarini ustuvor deb biladi ularni mutlaqlashtiradi.