Guldu pedagogika fakulteti Pedagogika va psixologiya yo’nalishi 46-17 guruh talabasi Haydarova Nargizaning Oila psixologiyasi fanidan tayyorlagan taqdimoti



Yüklə 0,75 Mb.
tarix05.06.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#60703
Taqdimot Oilaviy munosabatlar

Mavzu: Oilada shaxslararo munosabatlar va muloqot psixologiyasi

Muloqot madaniyatiga birinchidan, o’z o’zini bilish va boshqa odamlarni tushuna olish qobiliyati , ya’ni ularning psixologik xususiyatlarini to’g’ri baholay olish , ikkinchidan, ularning xulqi va holatlariga nisbatan mos munosabat bildira olish, uchinchidan, har bir odamga nisbatan uning shaxsining individual xususiyatlariga eng maqul keladigan muloqot shakli , usullari va stillarini tanlay bilish kiradi

Ijtimoiy psixologlar muloqot jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan to’siqlarning quyidagilarini farqlaydilar: psixologik, vaziyatli, mazmuniy va motivatsion to’siqlardir

Psixologik to’siq- bu sherigiga ma’qul tushmay qolish, tushunilmay qolishdan qo’rqish, eng ezgu hislarini va niyatlarini samimiy izhor etishiga javoban qo’pollik bilan javob berilishi mumkinligidan havotirlanish kabilar tufayli intellektga oid , kuchga oid shaxsiy imkoniyatlarini namoyon qilish va amalga oshirishga halaqit beruvchi , o’ziga hos ichki psixik tormozdir,

Vaziyatli to’siqlar-bu suhbatdoshlarning bir xil vaziyatni turlicha tushinishlari, unga turlicha yondashishlari bilan bog’liq.

Mazmuniy to’siqlar- odatda suhbatdoshini tushunmaganlik tufayli , uning mazkur jumlasi qanday ma’noda aytilgani , u qanday fikrni ilgari suryapti , nimani nazarda tutyapti, nimaga olib boradi va shu kabi mulohazalarga borish tufayli yuzaga keladi.

Motivatsion to’siqlar- shunday vaziyatlarda yuzaga keladiki, bunda gapirayotganodam yo o’zi bayon qilayotgan fikrning motivini yetarlicha anglay olmaydi yoki u atayin ularni yashirishga harakat qilayotgan bo’lishi mumkin

Yosh oilalarda er-xotin munosabatlari o’ziga xos hududiy , etnik, jinsiy, yosh va individual psixologik xususiyatlarga ega bo’lgan er-xotin munosabatlari shakllanishining eng nozik va hal qiluvchi shakli hisoblanadi.

Albatta yosh oila yuzaga kelar ekan , ular bir birlarini sevib turmush qurishganmi, qarindosh urug’chilik, tanish bilishchilik, sovchilik, hisob tufaylimi yoki stereotip bo’yichami , qanday bo’lishidan qat’iy nazar nikohning ilk kunlarida ularning bir-birlariga nisbatan bo’lgan o’zaro munosabatlarda emotsional ko’tarinkilik, hissiy rangbaranglik darajasi yuqori bo’ladi.

Yangi ijtimoiy sharoitga moslashish jarayonining o’zbek oilalarida ayol kishi uchun qiyin kechishining asosiy sabablaridan yana biri unda yosh kelin yuqorida aytib o’tilgan vaziyatlarga tushishi bilan birga ularda bu yangi oilada kelin o’zini ‘’begona’’ deb his etishidir, ya’ni undagi ’’ begonalik effekti’’ ning mavjudligidir.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin