18-asrda Ontogenezni tushuntirishda ikki konsepsiya kurash olib bordi. Ulardan biri preformizm Ontogenezni individual oʻsishdan iborat deb tushuntirsa, ikkinchisi — epigenez esa uni strukturasiz murtakdan boshlanadigan yangi hosilaning rivojlanish jarayoni si-fatida tushuntiradi. Zamonaviy tushunchalarga binoan, Ontogenez boshlanayotgan hujayrada irsiy axborot kodi holatida organizmning bundan keyingi rivojlanishi programmasi joylashgan

Ontogenez davomida bu programma yadro bilan sitoplazmaning oʻzaro taʼsiri jarayonida murtakning har bir hujayrasida, uning har xil hujayralari va hujayra komplekslari oʻrtasida amalga oshadi. Irsiy apparat maxsus oqsil molekulalarining sintezini kodlash orqali morfogenetik jarayonlarning umumiy yoʻnalishini belgilab berad

Bu jarayonlarning amalga oshishi ozmi-koʻpmi (irsiy belgilangan reaksiya normasi chegarasida) tashqi muhit taʼsiri bilan bogʻliq.

Hayvonlarda ontogenez jarayonlarini boshqarishda nerv va endokrin sistemasi muhim ahamiyatga ega. ontogenez jinsiy koʻpayadigan koʻp hujayrali hayvonlarda, ayniqsa, murakkab sodir boʻladi. Ular ontogenezida Ontogenezning murtakkacha (proembrional), murtak (embrional), murtakdan keyingi (postembrional), voyaga yetgan davrlari boʻladi.