Guliston davlat pedagogika instituti


XULOSA Xulosa qilib aytganda



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə7/10
tarix05.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#125502
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mahmudova Odina Kurs ishi

XULOSA
Xulosa qilib aytganda Muhimi shundaki, davlatimiz rahbari mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish nafaqat bolalar va о‘smirlarni, balki butun xalqni ommaviy sport harakatiga jalb qila oladigan о‘ziga xos samarali tizimni shakllantirish, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish ishlarining uzviy va ajralmas qismi deb bildi. Bu sohadagi tadbirlarni о‘zaro uyg‘un va mushtarak tarzda tashkil etish taklifini berdi.
Butun mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida aholining turli qatlamlarini qamrab olgan samarali milliy tizim vujudga kelgani va u hozirdanoq yaxshi natijalar berayotgani xorijiy mamlakatlar tomonidan ham tan olinib, ehtirof etilayotgani quvonarli holdir.
Sо‘nggi yillarda sport va jismoniy tarbiya yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Xususan, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “О‘zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish tо‘g‘risida”gi 2002 yil 24 oktabrdagi Farmonida “Bolalarni jismoniy va mahnaviy tarbiyalashning zamonaviy shakl va uslublarini, jinsi va yoshiga qarab bolalarga sport kо‘nikmalarini singdirishning, sport sohasida iqtidorli bolalarni ixtisoslashtirilgan sport maktablari va markazlardagi mashg‘ulotlarga tanlab olishning ilmiy asoslangan tizimlarini ishlab chiqishni tashkil etish hamda
ularni tadbiq qilishga kо‘maklashish” lozimligi alohida tahkidlandi. Vujudga kelgan yangi ijtimoiy, iqtisodiy shart-sharoitlar mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratdi. Kо‘plab zamonaviy sport inshootlari qurilib, turli xil sport uskunalari va anjomlari ishlab chiqarilmoqda.
Zamonaviy tipdagi yangi qurilgan sport inshootlari va ularni jahon standartlariga javob beradigan sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlanishi jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanuvchilar soni yildan yilga ortib borayotganini kо‘rsatmoqda.
Ana shu ezgu ishlar hozirgi kunda ham izchillik va qathiyat bilan davom ettirilib, xalqimiz, avvalo yoshlarimiz о‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga mustahkam zamin bо‘lmoqda, mamlakatimizda jismoniy-intellektual resurslarining rо‘yobga chiqishini tahminlamoqda.
Bugungi kunda poytaxtimizda, viloyat va tuman markazlarida sportning, ayniqsa, yoshlar orasida ommaviylashib borishini tahminlovchi birlamchi omil - munosib shart-sharoitlar yaratildi. Zamonaviy sport inshootlari, о‘yingoh va majmualarining barpo etilishi о‘quvchi-yoshlarni ommaviy sport musobaqalari bilan tо‘liq qamrab oladigan “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” о‘yinlaridan iborat uch bosqichli milliy tizimning shakllanishiga asos bо‘ldi. Natijada sport, jismoniy tarbiya yoshlar dunyoqarashiga ijobiy ta’sir etib, jismoniy-intelektual resurslar rivojining yangi bosqichga kо‘tarilishini tahminlamoqda.
Shuningdek, yurtimizda jismoniy tarbiya va sportning ta’limdan tashqari tizimi ham shakllanmoqda. Bu о‘quv maskanlari, mahallalar qoshida turli sport tо‘garaklari faoliyatlarini yо‘lga qо‘yish, sport maydonchalari va majmualarini barpo etish ishlarida yaqqol namoyon bо‘lmoqda. Bularning barchasi yurtimizda har bir о‘g‘il-qiz sport bilan shug‘ullanishi, jismoniy baquvvat bо‘lishi, shu tariqa sog‘lom turmush tarzini о‘z hayotining mahno-mazmuniga aylantirishi haqidagi fikrlar amalga tobora kо‘proq о‘z aksini topayotganidan darak beradi.
Sport bilan doimiy ravishda shug‘ullanadigan bolaning jismi ham, ruhi ham tetik bо‘ladi, uning butun vujudi uyg‘un tarzda kamol topadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida axloqiy tarbiyani tashkil etishning asosiy prinsiplari (tamoyillari) va metodlari Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida axloqiy tarbiyani tashkil etishning asosiy tamoyillari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - g‘oyaviy va tarbiya ishining ma'lum maqsadga qaratilganligi; - ta’lim-tarbiya ishiga bola shaxsini hurmat qilgan holda yondashish; - axloqiy tarbiya ishini hayot va zamon bilan birga olib borish; - bolalarning faolligi; - oila va MTTlarining tarbiyaviy ta’sirining birligi; - bola shaxsidagi ijobiy sifatlarga suyanish; - bola shaxsini har tomonlama rivojlanishini ko'zda tutish. Axloqiy tarbiya prinsiplarini pedagogik shart-sharoit bilan qo‘shib amaga oshirish bolaning axloqiy rivojlanishiga samarali ta’sir etadi. Axloqiy tarbiya metodlari. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga axloqiy tarbiya berishda har xil metod va usullarni qo‘llash muhim ahamiyatga egadir. Axloqiy tarbiya metodlari - bolalarning axloqiy tasavvur va bilimlarni egallab olishga qaratilgan faoliyat usulidir. 71 Yuqorida keltirilgan hamma metodlar orqali bolalarga axloqiy norma va qoidalar, ijtimoiy hayot voqealari o‘rgatiladi. Ularda axloqiy tasavvur va tushunchalar shakllantiriladi. Bu guruh metodlariga qo‘yiladigan asosiy talablar: Bolalarning yaxshilik, yomonlik to‘g‘risidagi tasavvurlarini e’tiborga olish; axloqiy xulq-atvor normalarini muhokama qilish uchun maxsus yaratilgan vaziyatda bolalarning o‘zlarini faol qatnashtirish; har bir bolaning his-tuyg‘usiga ehtiyotlik bilan munosabatda bo‘lish. Bolani noo‘rin tanqid qilish, uning ustidan kulish, unga nisbatan e’tiborsizlik qilish qat’iyan man qilinadi. Hamma metodlardan izchillik bilan kompleks ravishda foydalaniladi. Maktabagacha yoshdagi bolalarga axloqiy tarbiya berishda xalq og‘zaki ijodining ahamiyati Ertaklar, topishmoqlar azaldan xalq pedagogikasining oliy namunasi hisoblanadi. Zero, xalq og‘zaki ijodining eng qadimgi va eng faol janrlaridan biri ham ertaklar, topishmoqlar hisoblanadi. Ertaklar, topishmoqlar inson, ijtimoiy hayot va tabiat hodisalari bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, hammavaqt real zaminga asoslanadi. Unda atrofimizni o‘rab turgan moddiy dunyodagi turli narsalar aks etadi. Har bir topishmoq o‘ziga xos shakl va mazmunga ega bo‘lgan mustaqil bir asardir. Unda falsafiy, tarixiy, etnografik belgilar, tushunchalar, 72 hodisalarning mohiyati nihoyatda go‘zal obrazli ifodalar bilan aks ettiriladi. Topishmoq aytish, asosan, bolalarning so‘z boyligini oshirish, hayot va uning hodisalari haqidagi tushunchalari va tasavvurlarini, idroki va mulohaza qobiliyatini kengaytirishda tarbiya vositasi hisoblanadi.Ular tarbiyalanuvchilarni ko‘proq narsa va buyumlarni, tabiat va uning hodisalarini idrok qilishga yordam beradi. MTTda maktabgacha yosh davrida bolalarga topishmoq aytish, uning javobini topish va xulosalar chiqarish bolalarni faqatgina o‘sha aytilayotgan topishmoqning javobini topish uchun harakat qilishidagina emas, balki bolalar o‘rtasida bir- biriga mehr, do‘stlik, o‘rtoqlik, hamjihat bo‘lib yashash kerakligi haqida fikrlar bildiriladi. Maktabgacha ta’lim tizimida xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonlarni takomillashtirishda MTT pedagog-tarbiyachilar tomonidan bolalarni ma’naviyaxloqiy tarbiyasida amalga oshiriladigan ishlarning mazmun-mohiyati va yo‘nalishiga ko‘ra rejalashtirish va tashkil qilish funksiyalari quyidagi jarayonlarda amalga oshiriladi: maqsadi, vazifasi va shakliga ko‘ra turli mashg‘ulot va uchrashuv, suhbat jarayonlarini rejalashtirish va loyihalashtirish; modellashtirish, ya’ni tashkil qilinadigan pedagogik jarayonlarda tarbiyalanuvchilarning ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalanishlari uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish va ularning imkoniyatlarini inobatga olgan holda faolligini ta’minlash bo‘yicha vazifalarni oldindan belgilash; yaratilgan shart-sharoitlar va mavjud vaziyatlarga ko‘ra tarbiyalanuvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyalanganlik darajalarini nazorat qilish, ibrat, namuna ko‘rsatish, tahlil qilish va ob’ektiv baholash asosida rag‘batlantirish. MTTda bolalarni xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirishda sanab o‘tilgan pedagogik jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligini ta’minlash uchun pedagogik yondashuvni tatbiq qilish zarur (1-chizma). 73 MTT va oilada xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonlarni takomillashtirish mexanizmi Ushbu modelning amaliyotga tatbiq etilishi xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalalarni ma’naviyaxloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirishdagi ustuvor masalalarni ijobiy hal etishga olib keladi deb izohlagan o‘z tadqiqot ishida D.A.Abdurahimova. Xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalalarni ma’naviyaxloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirishda falsafiy, milliyma’naviy, psixologik, pedagogik yondashuvning mazmun va mohiyatini anglashga erishiladi, maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda ijtimoiy omillarning ta’sirini hisobga olish hamda ma’naviy - axloqiy tarbiyani o‘zida mujassamlashtirgan xalq og‘zaki ijodi namunalariga tayanish zarur. Xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirishda oila, mahalla, MTT hamkorligi mexanizmini hayotga tatbiq etish o‘zining ijobiy samarasini berdi. Demak tarbiyalanuvchi shaxsining individualligi va noyobligini hisobga olgan holda ota-onalar va keng jamoatchilikning yoshlarni xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida ma’naviyaxloqiy tarbiyalash uchun hissa qo‘shishga shaxsan mas’ul ekanligini, otaonalarning o‘zlari milliy qadriyatlarimizning bosh bo‘g‘ini xisoblangan xalq og‘zaki 74 ijodi namunalari alla, ertak, maqol, topishmoqlarni bilishi, bu borada ularning xalq og‘zaki ijodi namunalari to‘g‘risida bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishini yanada takomillashtirish, yosh ota-onalarni pedagogik va psixologik bilimlar bilan qurollantirish, bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga xizmat qiluvchi uslubiy qo‘llanmalar, risolalar va bukletlarni chop etish va tarqatish orqali yosh oilalarga oilaviy munosabatlar, ma’naviy-axloqiy tarbiya to‘g‘risidagi bilimini oshirishda ko‘maklashish maqsadga muvofiq ekanligini ko‘rib chiqdik.


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin