Guliston davlat pedagogika instituti


Yoshlar qalbiga vatanparvarlik, el yurtga sadoqat, insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini singdirish



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə6/11
tarix30.09.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#150626
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Abdullayeva Ozoda Kurs ishi

2.1. Yoshlar qalbiga vatanparvarlik, el yurtga sadoqat, insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini singdirish Mafkuraviy tarbiya o‘quvchining ma’naviy, ma’rifiy, siyosiy, iqtisodiy bilimlarini oddiygina qabul qilib olishinigina emas, balki ularni ongli ravishda tushunib yetishini, bu bilimlardan zamonaviy ijtimoiy hodisalarga mafkuraviy kurashlar voqeligidan kelib chiqib, munosabat bildirish ko‘nikmalarini shakllantirishga o‘rgatishni ko‘zda tutadi. Bu ko‘nikmalar o`quvchi dunyoqarashini, bilimlarini milliy istiqlol g‘oyasi – Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik (tolerantlik) nuqtai nazaridan sekin-asta boyitib borish bilan ta’minlanadi. Shuning uchun yosh avlodni tarbiyalashda uning dunyoqarashi, bilim darajasi, madaniy va siyosiy saviyasi, xulq-atvori umuminsoniy qadriyatlarga va qonun-qoidalarga mos kelishi eng muhim ahamiyatga ega. Chunki, inson mavqei jamiyat taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, shaxs kamolining asosiy manbai jamiyatda, uning faoliyati bilan bog‘liq ijtimoiy va oilaviy-maishiy munosabatlar tuzumida ekanligini tarix tajribasi tasdiqlab bergan.
Inson mohiyati masalasini, uning jamiyatda tutgan o‘rnini, shaxsning dunyosini ifodalovchi o‘zaro uzviy bog‘langan e’tiqod (iymon), huquq, burch, diyonat (vijdon), adolat, halollik kabi qadriyatlar orqali to‘g‘ri idrok qilishi mumkin. Aslida har bir fuqaro hayotdagi o‘rnini, mavqeini o‘z jamiyati, vatani, tevarak-atrofidagi muhim (oila, mehnat jamoasi, mahalla va h.k.) oldidagi burchi va mas’uliyatini ichki his-tuyg‘ulari, vijdoni orqali chuqur tushunib olsa, mustaqil fikri bo‘lsa ijtimoiy taraqqiyotning muhim omiliga aylanadi. Shunday qilib, mustaqil fikrlash - shaxsning bevosita o‘ziga bog‘liq bo‘lgan, uni tashqi muhitning turli ta’sirlariga nisbatan fikr-o‘ylari vositasida munosabatda bo‘lib, kerak bo‘lsa, unga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatidir.

Agar biz o‘z kuch, salohiyatiga ishonadigan, boqimandalikni or deb biladigan, eng rivojlangan mamlakatlarning ilg’or kishilari bilan tepa-teng muomala qila oladigan, oqni qoradan, yaxshini yomondan ajrata biladigan, bu murakkab, beshafqat hayotning pastu baland, tangu tor ko’chalaridan Alloh bergan aql-zakovati bilan to’g’ri yo’lni adashmay topa olishga qodir bo’lgan barkamol avlodni tarbiyalab yetishtirsak, o‘ylaymanki, o‘z maqsadimizga to‘la erishgan bo‘lamiz.
Islom Karimov. (“Hushyorlikka da’vat” asaridan)
Mustaqil fikrning yo‘qligi, afsuski, ayrim toifalar, xususan oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga tortilmagan yoshlar, ayollar o‘rtasida uchrab turadi. Bunday holatda odamlarning buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga, yot mafkuralar girdobiga tushib qolish xavfi ortib boradi. Shaxsning fikrga qarshi fikr bilan, g‘oyaga qarshi g‘oya bilan, jaholatga qarshi ma’rifat bilan qarshilik ko‘rsata olish imkoniyati torayadi. Bu, aytish mumkinki, yoshlarni mafkuraviy nuqtai nazardan tarbiyalashdagi eng katta muammolardan biridir.
Hozirgi murakkab davrda biz fuqarolarimizning, ayniqsa, yoshlarning dunyoqarashi va ongi qanday bo‘lishiga befarq qaray olmaymiz, kelajakda ham har tomonlama kamol topgan, bilimdon va ishbilarmon, real hayotni va qonun-qoidalarni to‘g‘ri idrok qila oladigan, ongli va faol, o‘z burchiga sadoqatli erkin shaxsni tarbiyalashimiz zarur. Erkin shaxs yashash maqsadini va o‘z mavqeini to‘g‘ri aniqlab olishga, xurofiy tasavvurlardan ozod holda aql-idroki, kuch-g‘ayrati va vijdoniga tayanib, halol mehnat va faoliyati bilan turmush sharoitini yaxshilashga intiladigan bo‘lishi zarur.


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin