2.3.Bolalar doim biror foydali ish bilan band bo‘lishini ta’minlash Binobarin, ta’lim sohasida belgilangan bu vazifalar, milliy g‘oya va mafkuraning asosiy tamoyillari, uning maqsadi va mohiyati bilan ham uzviy bog‘liqdir.
Fikrimizni asoslash uchun milliy mafkuraning mazmuniga e’tibor beraylik:
iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’naviy hayotning barcha sohalariga singib ketgan sobiq Ittifoqdan, eski mustabid tuzumdan qolgan yaramas merosni uzil-kesil tugatishdan;
O‘zbekistonning o‘ziga xos va o‘ziga mos taraqqiyot yo‘lini asoslashdan;
Milliy va dunyo madaniyatlarining eng yaxshi namunalarini keng targ’ib qilish va ommalashtirish o‘sib kelayotgan avlodni, zamonaviy yoshlarimizni ma’naviy tarbiyalashning asosi bo’lmog’i lozim. Islom Karimov. (YUNESKO Ijroiya Kengashi 155-sessiyasining yakunlovchi majlisida so‘zlangan nutqdan).
fan-texnika yutuqlarini rivojlantirib, jamiki zamonaviy yangiliklarni chuqur o‘rganib, ularni hayotga, ishlab chiqarishga ijodiy, oqilona joriy etish va O‘zbekistonni jahon bozori talablariga mos keladigan tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradigan mamlakatga aylantirish;
ijtimoiy adolat, qonunchilik tantana qilishini ta’minlaydigan fuqarolik jamiyati qurish, tinchlik, osoyishtalik, milliy hamkorlik, hamjihatlik, barqarorlikni ta’minlashdan;
inson ma’naviy kamolotini tezlashtirishdan;
eskicha aqidalardan, diniy ekstremizm, vahobiychilikdan, har qanday millatchilik va shunga o‘xshash unsurlardan, boshqa elat va xalqlarni mensimaslikdan, ularni kamsitish kayfiyati va qarashlaridan mutlaqo xoli bo‘lgan, mustaqil va yangicha fikrlaydigan, e’tiqodi mustahkam, iymoni butun, irodasi baquvvat, g‘oyaviy-siyosiy jihatdan yetuk, o‘z Vataniga mehr-sadoqat tuyg‘usi kuchli kishilarni tayyorlash, tarbiyalashdan;
yoshlar qalbiga vatanparvarlik, el yurtga sadoqat, insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini singdirishdan;
kishilarni doimo ogoh bo‘lib turishga da’vat etish..., mafkura poligonlari yadro poligonlariga nisbatan ham ko‘proq kuchga ega ekanligini odamlar ongi va qalbiga yetkazishdan;
yoshlarda mehnatsevarlik va insonparvarlik, vijdonlilik va imonlilik, halollik, milliy g‘urur tuyg‘ularini tarbiyalashdan;
ijtimoiy ong, axloq va odobning milliy va umuminsoniy zaminlarini mustahkamlashdan iborat jarayonlaning barchasi milliy g‘oyaning asosiy tamoyillari mazmunini anglatadi. Agar diqqat bilan qaralsa, ta’limning milliy modelida ilm-fan hamda ishlab chiqarishni uzviy aloqadorligini ta’minlash asosida avvalo shaxs, so‘ngra davlat va jamiyat manfaatini ta’minlash masalasida ham milliy g‘oyaning asosiy tamoyillaridan biri - komil insonni tarbiyalash g‘oyasi yetakchilik qiladi.
Mamlakatimizda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi ma’naviy-ma’rifiy ishlarning milliy siyosatimizning eng muhim va ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanishi, bu borada amalga oshirilgan keng ko‘lamdagi ishlar xalqimizning fe’l-atvori, tafakkuridagi o‘zgarishlarga jiddiy turtki berdi. Ikkinchi jihatdan esa, mamlakatimizning rivojlangan davlatlar bilan hamkorlik aloqalarining ilmiy-texnikaviy, madaniy munosabatlari miqyosining muntazam kengayib borishi kishilarimiz dunyoqarashi, turmush tarzida yangicha xususiyatlarni tarkib toptirayotir20. Binobarin, har qanday taraqqiyot va tamaddunlar turli xalqlar ma’naviyati, madaniyati, erishgan yutuqlari va intilishlari uyg‘unlashuvidan tug‘iladi. Ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi o‘ta murakkab, qaltis va mas’uliyatli davri ma’naviy-ma’rifiy ishlar, mafkuraviy ta’lim-tarbiya markazida yosh avlod turishi zarurligini, farzandlarimizning aql-zakovatli, teran fikrli, mustahkam e’tiqodli qilib tarbiyalanishlariga jiddiy e’tibor berishni, ularning soddalik qilib soxta oqimlar yo‘liga kirib pana-pasqadamlarda pisib yurgan har xil johil odamlarning gapi va yo‘liga kirib ketishlariga aslo yo‘l qo‘yib, beparvo qarab bo‘lmaydi. O‘z navbatida, xalqimiz tarixidagi buyuk allomalarni, xususan, ma’rifatli dunyo buxoriylar, farg‘oniylar, xorazmiylar, beruniylar, ibn sinolar, ulug‘beklarni qanchalik izzat ikrom qilgan bo‘lsa, yigirma birinchi asrda biz xalqimiz, millatimizga nisbatan ana shunday ehtiromni qaytadan qo‘lga kiritishimiz kerak.
Buning uchun esa ta’lim-tarbiya tizimini muntazam takomillashtirib, milliy modelning hayotiyligini, uning milliy g‘oya tamoyillari bilan uzviy aloqadorlikda rivojlantirishni ta’minlay olishimiz zarur. Ana shundagina biz kutilgan natijalarga erisha olamiz.
Xulosa Respublikamizda ta’limning yangi tizimini amalga oshirishda, O‘zbekiston hukumati tariximizdagi ta’lim jarayonlarini o‘rganib chiqib, ilg‘or taraqqiy etgan mamlakatlarning ta’lim tashabbusini inobatga olib ta’limni isloh qilish dasturini tayyorladi. Barcha e’tibor ta’lim tizimlarini demokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida takomillashtirib, uning moddiy-texnika bazasini, zamon va davr talablari darajasiga ko‘tarish va O‘zbekistonning ma’rifiy salohiyatini kuchaytirishga qaratildi. Shu maqsadda 1992-yil 2-iyul Respublikamizda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.
Ta’limni isloh qilish quyidagi tamoyillar asosida olib boriladi:
- ta’lim tarbiyaning insonparvarligi va demokratiyaviyligi;
- ta’lim tizimining uzluksizligi, izchilligi, ilmiyligi va dunyoviyligi;
- ta’limda umuminsoniy va milliy-madaniy, ma’naviy qadriyatlarning ustuvorligi;
- e’tiqodi, dinidan qat’iy nazar barcha fuqarolar uchun ta’lim olish imkoniyatlari yaratilganligi;
- ta’lim muassasalarining siyosiy partiyalar va harakatlar ta’siridan xoliligi.
1993-yil Respublikamiz Prezidenti tomonidan “O‘zbekistonda o‘quvchi yoshlarni rag‘batlantirish choralari to‘g‘risi”dagi farmoniga binoan talaba va aspirantlar uchun maxsus stipendiyalar belgilandi. Ular uchun rivojlangan davlatlardagi universitetlarda ta’lim olish, ulardagi ilmiy markazlarda ishlash, malakalarini oshirish uchun sharoitlar yaratib berildi.
O‘zbekiston mustaqilligiga erishgan dastlabki kunlardan boshlab eng muhim masalalardan biri eski tafakkur, e’tiqodidan qutilgan istiqlol uchun, o‘z ona-yurti uchun xizmat qiladigan kadrlar tayyorlash masalasi turdi. Eski tuzumni asta-sekin tag-tomiri bilan tugatib batamom yangi, jahonning ilg‘or taraqqiy etgan mamlakatlari yo‘lidan boradigan haqiqiy demokratik jamiyat qurish endilikda yangicha fikrlaydigan quyidan tortib yuqori toifadagi kadrlarga bog‘liq bo‘lib qoldi.
Sobiq ittifoqda katta-kichik rahbar xodimlar har xil darajadagi partiya va komsomol maktablarida, kommunistik mafkura targ‘ibotchisi va tashviqotchilarini tayyorlaydigan Universitet va akademiyalarda tayyorlangan bo‘lsa, endilikda bu o‘quv yurtlari, tabiiyki, tarix sahnasidan tushib qoldi.
Bozor munosabatlariga asoslangan yangi jamiyatda rahbar kadrlarni tayyorlash maqsadida Prezident qoshidagi “Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi”, “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti”, ayrim vazirliklar qoshida akademiyalarning tashkil etilishi katta ahamiyat kasb etadi.
Prezidentimiz Respublika va viloyatlarning rahbar xodimlari, huquq organlari rahbarlari bilan uchrashuvlarida hokimiyatlar, huquq organlarining ayrim xodimlari tomonidan tartib-intizomning, qonunchilikning buzilayotgani to‘g‘risida har gal kuyib-pishib gapiradi va urug‘-aymoqchilik, mahalliychilik, poraxo‘rlik kabi o‘tmish qoldiqlaridan toza, el-yurti va xalqiga halol mehnat qiladigan yosh kadrlarni tayyorlash, ularga yo‘l ochib berish zarurligini qayta-qayta takrorlab ko‘rsatadi.
O‘zbekiston mustaqilligining kelajagi yuqori malakali, ma’rifatli, el-yurtiga sadoqatli mutaxassislarni tayyorlashga bevosita bog‘liq. I.A.Karimov muxbirlarning “Sizning siyosatingizda ta’lim-tarbiya masalasiga katta e’tibor berishning sabablari nimada?”, deb so‘ragan savoliga ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib yangi jamiyat qurib bo‘lmaydi, ong, g‘oya, tafakkur ta’lim-tarbiya bilan uzviy bog‘liq, bir-birini to‘ldiradi deb javob beradi.
1997-yil, 29-avgustda Respublika Oliy Majlisining IX sessiyasida I.A.Karimovning “Barkamol avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” ma’ruzasi asosida yangi tahrirda “Ta’lim to‘g‘risida” qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi.
Istiqlol yillarida maktabgacha tarbiya muassasalarda, boshlang‘ich sinflarda o‘quv-tarbiya ishlariga e’tibor kuchaytirilib, o‘rta-maxsus va oliy o‘quv yurtlari tizimida litseylar, kollejlar, biznes maktablari ochildi, 8 ta institutlar asosida universitetlar tashkil qilindi. 2000-yil boshlariga kelib, mamlakatimizda 61 ta oliy, 258 ta o‘rta-maxsus o‘quv yurtlari, shu jumladan 75 ta kollejlarda 360 mingdan ortiq talaba bilim olmoqda. Mustaqilligimiz kelajagi yoshlar qo‘lida ekan bilimdon, ma’naviyatli, mustaqil fikrlab mustaqil ish yuritadigan yoshlarni yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda jamiyatimizning eng katta boyligi, millatimizning intelektual, aql-zakovat boyligi bo‘lmish yigit-qizlarimizni tarbiyalash mamlakatimiz hayotida birinchi darajali vazifa etib qo‘yilmoqda.