Guliston davlat pedagogika instituti



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə70/96
tarix16.12.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#182390
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   96
OZB FOLK UMK yangi

Tarixiy qo‘shiqlar. O‘zbek xalq og‘zaki ijodidagi tarixiy qo‘shiqlar bevosita bugungi kun repertuarida nisbatan kam uchraydigan ijro namunasidir. O‘tmishda tarixiy qo‘shiqlar ommaviy janr hisoblanganiga shubha yo‘q. Bir tomondan, Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘oti-t-turk» asaridagi Alp Erto‘nga marsiyalarini ham tarixiy qo‘shiqlar sirasiga qo‘shish mumkin.
XX asr boshlarida Namoz boshlagan harakatlar xalq tilida doston bo‘lgan. Namoz yoki Niyozga bag‘ishlab qo‘shiqlar vujudga kelgan. Keyinchalik Isfandiyor va uning amaldorlari kirdikorlarini fosh etuvchi to‘rtliklar yaratilgan:


Isfandiyor xon bo‘ldi,
Bag‘rimiz to‘la qon bo‘ldi.
Azroildan kam emas,
Olajagi jon bo‘ldi.

Bu to‘rtliklar xalq ijtimoiy hayotining hamrohi bo‘ldi. Tarixiy vaziyatga nisbatan ifodalangan g‘azab va xonga nisbatan nafrat zamonga xalq bergan baho darajasida edi. Aniqrog‘i, jazolov hukmi bo‘lib jarangladi.


Umuman, XX asrning 15-25-yillari o‘rtasida yaratilgan tarixiy qo‘shiqlar son jihatdan ko‘p, sifat jihatdan mazmunli edi. Ehtimol, bu holat yurtimiz tarixiga oid turli yo‘nalishdagi tarixiy voqyealarning ko‘p ro‘y berganiga bog‘liqdir. Isfandiyor, Said Ahmad, Nikolay kabi podshoh va xonlarning adolatsizligi va bosqinchilik urushlariga bo‘lgan keskin qoralovchi ayblar mazkur qo‘shiqlarning bosh mazmunini tashkil qildi.
Shunday qilib, tarixiy qo‘shiqlar bevosita aniq voqyea hodisa yoki aniq qahramon ishtirok etgan tarixiy davr haqida yaratilgan asar namunasi hisoblanadi.


Nazorat savollari

  1. Xalq lirikasi genezisi va tadrijiy bosqichlari haqida nimalarni bilasiz?

  2. Lirik qo‘shiqlarning tadqiq etilishi va chop qilish tajribalari haqida gapiring.


Foydalanish uchun adabiyotlar:

  1. Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch.-Toshkent: Ma’naviyat, 2008.

  2. Islom Karimov. Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor. T., “O‘zbekiston”. 2009.

  3. Alaviya M. Lirik qo‘shiqlar // O‘zbek folklori ocherklari.-Toshkent.: Fan, 1998, 1-tom, 244-254-betlar;

  4. Musaqulov A. O‘zbek xalq lirikasining tarixiy asoslari va badiiyati. DDA. T., 1995;

  5. Yoqubbekova M. O‘zbek xalq qo‘shiqlarida o‘xshatish.-Toshkent.: Fan,

  6. Sarimsoqov B. O‘zbek marosim folklori. - Toshkent.: Fan, 1886;

  7. Navro‘z. Navro‘z bayrami bilan bog‘liq qo‘shiqlar, afsona va rivoyatlar. To‘plab, nashrga tayyorlovchilar: T.Mirzayev, M.Jo‘rayev. – Toshkent.: Fan, 1992;

  8. Navro‘z qo‘shiqlari (Tadqiqot majmua, Turdimov Sh, Eshonqulov J.),-T.: “O‘zbekiston ” 2012.

  9. Musaqulov A. O‘zbek xalq lirikasi. T.: Fan, 2010. 307 b.

  10. Турдимов Ш. Поетические символы в узбекских народных лирических песнях. Дисс., канд.филол., наук. Т.: 1987. – 184 с.

  11. Eshonqulov J. O‘zbek xalq qo‘shiqlari badiiyati masalalari. Toshkent San'at va madaniyat institutida 2015 yil 16 aprel kuni «Xalq ijodi milliy ma'naviyatimiz asosi» mavzuida bo‘lib o‘tgan bo‘lib o‘tgan ilmiy anjuman materiallari. –Toshkent, 2015. – B.44–48.




Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin