Guliston davlat pedagogika instituti



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə1/96
tarix16.12.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#182390
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
OZB FOLK UMK yangi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI


O’ZBEK FOLKLORI


fanidan



GULISTON - 2022

SO‘Z BOSHI


Mazkur o‘quv uslubiy majmua 60111400 - O’zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan.


“O’zbek folklori” fani 60111400 - O’zbek tili va adabiyoti, ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasiga asosan 1-semestrda mos ravishda 180 auditoriya soatlarda o‘qitiladi. Ma’ruzalar fanning asosiy masalalarini qamrab olgan bo‘lib, folklorshunoslik sohasining predmeti, vazifalarini yoritish, fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalarning mazmun-mundarijasini belgilash, o‘zbek folklorining ijtimoiy tabiati, shakllanish jarayoni, taraqqiyoti, folklor va adabiyot, epik, lirik, dramatik turlar, marosim folklori va boshqa folklor janrlariga xos xususiyatlar, ularning semantikasi hamda ijtimoiy g‘oyaviy mazmuni haqida ma’lumot berish maqsadini aks ettiradi.
“O‘zbek folklori” fanini o‘zlashtirish jarayonida o‘rganiladigan masalalar doirasida bakalavr folklor janrlari epik, lirik, dramatik turlar, marosim folklori va boshqa folklor janrlariga xos xususiyatlar, ularning semantikasi hamda ijtimoiy g‘oyaviy mazmunini, badiiy tafakkur mahsuli bo‘lmish folklor namunalarini baholash mezonlarini o‘rganadi. O‘zbek xalq marosim foklori tarkibi, xalq dostonlarining turlari, qahramonlik dostonlari uchun mezon sanalmish alplik tizimini, etnos va epos munosabatlarining badiiy talqinlarini, xalq lirikasining she’riy o‘lchovlari ramz va timsollarini, xalq ertaklari, afsona va rivoyatlarning badiiy xususiyatlarini maqol va topishmoqlarning ma’no qatlamlarini, xalq teatri badiiy mezonlariga xos ko‘nikmalarni egallaydi.
Ushbu o‘quv uslubiy majmua yetti qismdan iborat bo‘lib, ular ishchi dastur, modulni o‘qitishda foydalaniladigan interfaol ta’lim metodlari, nazariy materiallar, amaliy mashg‘ulot mavzulari, mustaqil ta’lim mavzulari, glossariy va adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan. Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar materiallari semestrlarga ajratilgan holda berilgan.
Tuzuvchi: Feruza Nodirova

Taqrizchi: Obidaxon Fayzullayeva










Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin