4-mavzu: Xalq ertaklari
Ertak xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy ommaviy janrlaridan biri ekani. Ertak janrini anglatuvchi atamalar. Ertakda xalq hayoti, orzu-istaklari, psixologik dunyosining aks etishi. Xalq ertaklarining janr xususiyatlari. Ertaklarning mazmuniga ko‘ra tasnifi.
A) Hayvonlar haqidagi ertaklar. Hayvonlar haqidagi ertaklar genezisi, ularning mifologik va mavsumiy marosimlar bilan aloqasi badiiy ramz va timsollari haqida so‘z boradi. “Susambil”, “Tuxum bilan buyrak”, “Qirq quloq”, “Ovchi, ko‘kcha va dono”, “Bo‘ri bilan tulki” kabi ertaklar tahlili vositasida nazariy fikrlar dalillanadi.
B) Sehrli-fantastik ertaklar va ularning talqinlari, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari. Sehrli-fantastik ertaklar mag‘zidagi xalq falsafiy dunyoqarashi va uning badiiy talqinlari, ramz va timsollari ochiladi. “Kulsa gul, yig‘lasa dur”, “Ur, to‘qmoq”, “Ahmadlar”, “Gungula”, “Dunyoda yo‘q hunar” kabi ertaklar tahlili orqali sehrli-fantastik ertaklarning badiiyati, g‘oyaviy mazmuni ko‘rib chiqiladi.
V) Hayotiy-maishiy ertaklar. Hayotiy maishiy ertaklarda ijtimoiy hayot muammmolari ifodasi. Ularda do‘stlik, mardlik, zakiylik, insonparvarlik kabi shaxs fazilatlarining ulug‘lanishi. “Uch ko‘r va bir yigit”, “Egri va to‘g‘ri”, “Uch og‘ayni botirlar” kabi hayotiy-maishiy ertaklarning badiiy qimmati, g‘oyaviy ko‘lami yoritiladi. Hayotiy-maishiy ertaklarga xos syujet tiplari, yetakchi motivlar, asosiy qahramonlar o‘rganiladi.
5-mavzu: Lirik qo’shiqlar. Mehnat qo’shiqlari va termalar.
Lirik qo’shiqlarga xos xususiyatlar, ularning ijro o’rni, ohang yo’llari, an’anaviy takrorlari, qo’shiqlarda parallelizm, vazn, qofiya, badiiy til masalalari, mavzu turlari o’rganiladi. Lirik qo’shiqlarda ramz va timsollarning vazifalari ko’rsatiladi. Qo’shiqlarning janr xususiyatlari, asosiy xossalari o’rganiladi, ularning inson qalb
kechinmalari tarjimoni ekanligi ta’kidlanadi. Mehnat qo’shiqlarining folklor san’atidagi o’rni ochiladi. Qo’shiqlarning mehnat turlariga ko’ra farqlanishi, mehnat jarayoni va ibtidoda turli marosimlar bilan bog’liq jihatlari ko’rsatiladi. Mehnat qo’shiqlari tarkibiga kirgan lirik xarakterdagi namunalar, xususan, “Yozi qo’shiqlari” va boshqa
misollar keng talqin etiladi. Terma janrining xalq epik ijodidagi o’rni, mavzu doirasi, g’oyaviy badiiy xususiyatlari ko’rsatiladi. Xalq termalarining baxshi- shoirlar ijodidagi, epik asarlar ijro jarayonidagi vazifalari tahlil etiladi. An’anaviy va individual termalar qiyosan o’rganiladi. Bolalar folklori xalq og’zaki ijodining
muhim tarkibiy qismi sifatida. Bolalar ertaklari va qo’shiqlari misolida xalqning qadimiy dunyoqarashlari, marosimlari izining badiiy ko’rinishda saqlanib kelayotgani va so’z san’atining o’ziga xos muhim bosqichi sifatida namoyon bo’lishi tahlil etiladi. Bolalar qo’shiqlarining tasnifi, o’yin va qo’shiq hamda boshqa masalalar batafsil
yoritiladi.
Dostları ilə paylaş: |