Guliston davlat pedagogika instituti


Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə8/96
tarix16.12.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#182390
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   96
OZB FOLK UMK yangi

Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni

Talaba mustaqil ishni tayyorlashda fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda, quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:



  • amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik;

  • seminar mashg’ulotlariga tayyorgarlik;

  • darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha fan boblari va mavzularini o’rganish;

  • tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruza qismini o’zlashtirish;

  • maxsus adabiyotlar bo’yicha fan bo’limlari yoki mavzulari ustida ishlash;

  • talabaning o’quv, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan fan bo’limlari va mavzularni chuqur o’rganish;

  • faol va muammoli o’qitish uslubidan foydalaniladigan o’quv mashg’ulotlari;

  • masofaviy ta’lim.

Mustaqil ish o’qituvchining talabalargi avvaldan berib qo’yiladigan fan mavzulari asosida tashkil etiladi. O’zbek folklori bo’yicha mustaqil ishda qo’yidagi topshiriqlarni bajarish tavsiya etiladi:




Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar



Ishchi o’quv dasturining mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular

Mustaqil ta’limga oid topshiriq va tavsiyalar

Bajarilish muddatlari

Hajmi (soatda)

Mif va badiiy adabiyot munosabatlari

1.Mif tushunchasi haqida. 2.Badiiy adabiyotda miflar.






2

Mustaqillik yillarida xalq og’zaki ijodining davlat maqomiga erishishi



1.Xalq og’zaki ijodiga e’tibor.
2.Milliy qadriyatlarning tiklanishi.






2

Bolalar folklorida mifologik elementlar

Bolalar folklorida mifologik elementlar(Bolalar folklori misolida)




2

M.Koshg’ariyning”Devonu lug’otit turk” asarida mifologik dunyoqarash unsurlari

M.Koshg’ariyning”Devonu lug’otit turk” asari misolida




2

Xodi Zarif - o’zbek folklorshunosligining asoschisi

Xodi Zarifning ilmiy ishlari misolida




2

To’ra Mirzaev - folklorshunos

To’ra Mirzaev ilmiy asarlari misolida




2

Bugungi o’zbek folklorshunosligining rivoji

Mustaqillikda ushbu sohada amalga oshirilgan ilmiy ishlar misolida




2

Xalq dostonlarini o’rganish tajribalari va yangi nazariy qarashlar

Ilmiy nashrlardagi maqolalar misolida




2

O’zbek mifologiyasi xalq qadriyatlarining tarkibiy qismi sifatida

Turkiiy xalqlar miflari misolida




2

“Dada Qo’rqut kitobi” va “Alpomish”dostonida mifologik tizimning qiyosiy tahlili

“Dada Qo’rqut kitobi” va “Alpomish”dostoni asosida




2

Xalq qo’shiqlarida mifologik timsollar

O’zbek xalq qo’shiqlari misolida




2

Ertaklarda mifik unsurlar

O’zbek xalq ertaklari asosida




2

Alisher Navoiy ijodi va mif

Alisher Navoiy asarlari misolida




2

O’zbek folklorshunosligining tadrijiy taraqqiyotida mifologik tasavvurlar tadqiqi

Folklorshunos olimlarning tadqiqotlari asosida




2

Xalq dostonlari va mifologiya

O’zbek xalq dostonlari misolida




2

Mustaqillik davri folklor asarlari nashrlari tajribasi

Ommaviy axborot




2

Masxaralama janri

1. Janr haqida ma’lumot
2. Bolalar folklori haqida
3. Janr poetikasi




2

Topishmoqlar

  1. Janr haqida ma’lumot

  2. Janr xususiyatlari

  3. Topishmoqlar tasnifi




2

Xalq ertaklari va dostonlaridagi tushlarning badiiy vazifasi va semantikasini “Alpomish” va “Go’ro’g’li” dostonlari hamda bir qator ertaklar misolida qiyosan tahlil eting

“Alpomish”,”Go’ro’g’li” va o’zbek xalq ertaklari asosida




2

Xalq dostonlari va ertaklarida sinov kompleksi-tabu,shart,shartlilik bilan bog’liq motivlarlarning asar syujetidagi o’rni va vazifalarining umumiy va xususiy jihatlarini tahlil qiling

O’zbek xalq dostonlari va ertaklari misolida




2

“O’lan”, “Yor-yor”, “Kelin salom” – lirik qo’shiq janrlarining o’ziga xos xususiyatlari va uyg’un jihatlari

“O’lan”, “Yor-yor”, “Kelin salom” janrlari misolida




2

Afsona,naql va latifalarning voqelikni aks ettirishdagi frqi va assotsiativ ma’nolarini yoritib bering

Afsona,naql va latifalar misolida




2

Maqol,topishmoq janrlarini qiyosan tahlil eting,uyg’un va farqli tomonlariga to’xtaling

Maqol,topishmoq namunalari misolida




2

Go’ro’g’li turkumida ettida epik ot tarjimai holi,epik talqini aks etgan.Bu otlar qanday otlar va ularni epik ot obrazida talqin eting

Go’ro’g’li turkumidagi dostonlar asosida




2

“Dunyoda yo’q hunar”,”Uch ko’r va bir yigit”,”Qo’ng’iz bekach” ertaklari ifodalayotgan ramziy-timsoliy vositalari bizga nimalardan xabar beradi?

Dunyoda yo’q hunar”,”Uch ko’r va bir yigit”,”Qo’ng’iz bekach” ertaklari misolida




2

Alp-eposning qahramoni.Etnosda uning quvvatini namoyon etuvchi sohibqironlar va ulug’ quvvatli sarkarda-yu, podsholarning umumlashma badiiy obrazi bu alp hisoblanadi.”Alpomish” va “Go’ro’g’li” dostonida alplik tizimi asar yadrosini tutib turuvchi mohiyatlardan biridir. Alplik tizimi tasavvurlarini ushbu dostonlar misolida qayta tekshirib chiqing.

.”Alpomish” va “Go’ro’g’li” dostoni misolida




2

O’zbek xalq qo’shiqlari,xususan,lirik qo’shiqlarda poetik ramzlar asosiy fikr,tuyg’u,kechinma ifodasi sifatida muhim o’rin tutadi. Qo’shiqlardagi etakchi ramziy obrazlar:olma,ro’mol,tom,g’oz,o’rdak,shaftoli,tamaki,oq,qizil,sariq va hokazolar semantikasinianiqlab,qo’shiqlarni talqin eting.

O’zbek xalq qo’shiqlari misolida




2

“Susambil”ertagida nega hayvonlar Susambilga borishadi? Susambilning Chambilga aloqasi bormi? Chambil qanday shahar,bu tasavvurlarning asosi va badiiy talqinlari haqida o’z xulosalaringizni ayting.

“Susambil”ertagi misolida




2

Ertaklardagi uch aka -uka yo’l oluvchi manzillar:1.Borsa kelar;2.Borsa noma’lum;3.Borsa kelmas. Bular qanday talqinga ega? Nega Kenja botir borsa kelmasga boradi.Bu ertaklar nimadan xabar beradi.

Ushbu turkum ertaklar asosida




2

“Ur to’qmoq”dagi sehrli buyumlar:ochil dasturxon,qaynar xumcha, ur to’qmoq kabi jismlarning mazmun-mohiyati nima?

“Ur to’qmoq”ertagi misolida




2

Izoh: Mustaqil o’zlashtiriladigan mavzular bo’yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.





Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin