Guliston davlat pedagogika institutining Jismoniy madanyat 31 22guruh talabasi



Yüklə 34,57 Kb.
səhifə1/8
tarix17.06.2023
ölçüsü34,57 Kb.
#131842
  1   2   3   4   5   6   7   8
Guliston davlat pedagogika institutining Jismoniy madanyat 31 22





Guliston davlat pedagogika institutining
Jismoniy madanyat 31_22guruh talabasi
Normurodov jonibekning Harakatli o'yinlar
fanidan tayorlagan mustaqil ish




Milliy va harakatli o'yinlarni o'rgatish metodikasi fanining
maqsadi hamda vazifalari
Reja
1. Milliy va harakatli o‘yinlarni o‘rgatish metodikasi fanining maqsadi.
2. Milliy va harakatli o‘yinlarni o’rgatish metodikasi fanining vazifalari.
3. Milliy va harakatli o‘yinlarni o’rgatish metodikasi fani bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar.




O’quv mashg’ulotining maqsadi: Milliy va harakatli o‘yinlarni o‘rgatish metodikasi fanining maqsadi, vazifalari, fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar to’g’risida ma’lumotlarga ega qilish.

1. Milliy va harakatli o‘yinlarni o‘rgatish metodikasi fanining maqsadi.



Milliy va harakatli o‘yinlarni o‘rgatish metodikasi fani bo‘yicha ota bobolarimiz o‘ynab kelgan o‘yinlarni tiklash, ta`lim muassasalarida o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya darslarida harakatli o‘yinlarni tashkil qilish va o‘tkazishga o‘rgatish, bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va barkamol avlodni tarbiyalashga mos bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdir. Ma`ruza va seminar mashg‘ulotlarida o‘qitishning faol uslublaridan foydalangan holda nazariy bilim beriladi, amaliy mashg‘ulotlarda esa ma`ruza va seminar mashg‘ulotlarida egallangan bilimlarni amalda bajarib, ko‘nikma va malakalari shakllantiriladi.

2. Milliy va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi fanining vazifalari.

Milliy va harakatli o‘yinlarni o‘rgatish metodikasi fanini o‘tkazish bo‘lajak mutaxassislarga harakatli o‘yinlarni tashkil qilish, tahlil qilish, harakatli o‘yinlarni bolalarning yoshiga mos holda tanlashni amaliy tanishtirish, harakatli o‘yinlarda hakamlik qilish malakalarini shakllantirish, sport bayramlari va turli sanalarga bag‘ishlangan musobaqalar o‘tkazish usullarini va stsenariylarini tuzishga o‘rgatish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish va oshirish yo‘llarini o‘rgatishdan iborat.

3. Milliy va harakatli o‘yinlarni o’rgatish metodikasi fani bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar.



«Milliy va harakatli o‘yinlarni o‘rgatish metodikasi» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- Milliy va harakatli o‘yinlarni o’rgatish metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari; harakatli o‘yinlar tarixi va qisqacha tushuncha, turkumlari, rivojlanish bosqichlari va pedagogik ahamiyati; harakatli o‘yinlarni bolani yoshiga mos holda tanlash, tahlil qilish va o‘tkazish metodikasi; harakatli o‘yinlarni tashkil qilish va o‘tkazish metodikasi; sport bayramlarini o‘tkazishda harakatli o‘yinlardan foydalanish haqida bilimga ega bo‘lishi kerak.
- harakatli o‘yinlarni darsni asosiy qismida mos xolda tanlash va tahlil qilish; kichik yoshdagi bolalarga beriladigan harakatli o‘yinlarni o‘rgatish; o‘rta yoshdagi bolalarga beriladigan harakatli o‘yinlarni o‘rgatish; katta yoshdagi bolalarga beriladigan harakatli o‘yinlarni o‘rgatish; estafetali harakatli o‘yinlarni o‘rgatish; nutqni rivojlantiruvchi harakatli o‘yinlarni o‘rgatish; suvda o‘ynaladigan harakatli o‘yinlarni o‘rgatish; darsdan tashqari o‘ynaladigan harakatli o‘yinlarni o‘rgatish; harakatli o‘yinlar orqali sport o‘yinlari elementlarini o‘rgatish; jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi harakatli o‘yinlarni o‘rgatish; sog‘lomlashtiruvchi hamda xordiq chiqaruvchi harakatli o‘yinlarni o‘rgatish haqida ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
- harakatli o‘yinlarni rejalashtirish va nazorat qilish, harakatli o‘yinlar jarayonida sport anjomlari va inshootlaridan foydalanish; sinfdan tashqari, kuni uzaytirilgan guruhlarda va sport bayramlari tadbirlarini o‘tkazish jarayonidagi halq o‘yinlaridan foydalanish haqida malakalarga ega bo‘lishi kerak.


Yüklə 34,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin