[105]
Taktik tayyorgarlik - bu o‘yinni boshqarish usullari tuzilishini shakillantirish
jarayonidir. Sportchi texnika egallash jarayonida o‘yinni boshqarish uchun
vositasiga ega bo‘ladi, taktik tayyorgarlik jarayonida esa – o‘yin vaziyatida doimo
o‘zgarib turuvchi barcha texnik vositalarini egallashni bilish. Taktik tayyorgarlik
yakkama yakka guruhli, va komanda bo‘lib harakat qilishni o‘yin vaziyatini tahlil
qilishni va to‘g‘ri qabul qilishni bilish hamda texnik harakatni tanlash uchun tezda
qaror qabul qilish sheriklari bilan o‘zaro harakat qilish shaklini ko‘ra bilishni
nazarda tutadi.
Yakkama – yakka
harakat qilish ostida o‘yinda usullarni qo‘llashni
maqsadga muvofiq, siljish usullarini nima uchun o‘rganish zarur, o‘yinni
boshqarish uchun joyni tanlashni bilish, o‘yin vaziyatida yuzaga kelgan harakat
usulini ko‘proq maqsadga muvofiq tanlashni deb tushuniladi.
Yakkama – yakka taktik harakatni o‘rganishda ikki tomonlama o‘quv
o‘yinlarida va aralash o‘yin mashqlarida yoki sherigini sust va faol qarshi
harakatida o‘yin usullarini bajarish mashqlaridan foydalaniladi.
Guruhli taktikada
ikki va ko‘proq sportchilarni o‘yin epizodida qatnashishi
nazarda tutiladi. Guruhli taktik harakat hujumda yoki himoyada bo‘lishi mumkin.
Har bir alohida ayrim bir holda taktik vazifani hal etiladi. Birinchi holatda –
yakuniy harakatni bajarish uchun ko‘proq qulay sharoit yaratiladi, ikkinchisida –
raqib o‘yinchilarini (to‘pni uzatish, zarba berish, oshirish va b.). Yakuniy harakatni
bajarishni qiyinlashtirish maqsadi bilan qarshi ta‘sir ko‘rsatish. Parallel yoki qarshi
siljish mashqlarida (qarshi uzatish, maydon uzunligi bo‘yicha siljish bilan uzatish
va h.k). Ikki o‘yinchilarni o‘zaro harakatini o‘rganishni o‘rnatish bilan boshlanadi.
So‘ngra uch va undan ko‘proq o‘yinchilar o‘zaro harakat qilishga o‘tadi. O‘yin
mashqlarida, o‘quv o‘yinlarida, musobaqalarida o‘zaro harakat takomillashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: