Muallif:
GulDU ―Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport kafedrasi katta
oqituvchisi:
Bekmurodov Alisher Joniqulovich
Taqrizchilar:
Guliston davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti dotsenti,
p.f.n.
SH.T.Sariboev
Guliston ixtisoslashgan olimpiya zaxiralari sport maktabi direktori |o`rinbosari:
A.Q. Egamberdiev
[3]
Jismoniy va ma’naviy yetuk yoshlar – ezgu
maqsadlarimizga
yetishda
tayanchimiz
va
suyanchimizdir
O`zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyev
KIRISH
O‗zbekiston o‗z mustaqilligiga erishgach barcha sohalar kabi jismoniy
tarbiya va sport ham tamomila yangicha maqom yo‗nalishida shakllanib, yuksak
cho‗qqi sari qanot yozmoqda. Darhaqiqat, O‘zbekistonning birinchi prezidenti
I.A.Karimovning tashabbusi va bevosita rahbarligi ostida jismoniy tarbiya va sport
millat genofondini shakllantirish hamda barkamol avlodni tarbiyalash vositasi
sifatida davlat siyosatining ustuvor yo‗nalishlari doirasidan joy oldi. Hamdo‗stlik
davlatlari ichida mamlakatimizda birinchi bo‗lib, «Jismoniy tarbiya va sport
to‗g‗risida»gi Qonun (1992, 2000, 2015) qabul qilindi, «O‗zbekistonda jismoniy
tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi (1997),
«O‗zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‗armasini tuzish to‗g‗risida»gi
(2002), futbol, kurash, tennis va boshqa sport turlarini rivojlantirish haqida
Prezident Farmonlari va Hukumat Qarorlari qabul qilindi.
Ushbu konseptual hujjatlar jismoniy tarbiya va sport sohasida ulkan
islohotlar, beqiyos bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish imkoniyatini yaratdi.
So‗nggi yillar ichida yurtimiz hududlarida, hatto uzoq qishloq va tumanlarda ham
ko‗pdan ko‗p zamonaviy sport inshootlari barpo etildi va ayni kunda ular
farzandlarimiz, halqimiz xizmatida faoliyat ko‗rsatib kelmoqda. Kundan kunga
jismoniy tarbiya va sport, jumladan milliy sport turlari va milliy harakatli o‗yinlar
milliy qadriyatlar sifatida halqimiz, ayniqsa o‗quvchi-yoshlarning kundalik hayotiy
ehtiyojiga aylanib bormoqda.
Ta‘kidlash joizki, jismoniy tarbiya va ommaviy sport turlarini rivojlantirish
bilan bir qatorda, «katta» sport mavqeini ko‗tarishga ham ustuvor ahamiyat
[4]
qaratilmoqda. Yildan yilga Respublikamizda xalqaro va jahon miqyosidagi nufuzli
musobaqalarni o‗tkazish an‘anaviy tadbirlar tarkibidan joy olmoqda. O‗zbek
sportchilari Osiyo, Jahon va Olimpiya musobaqalarida yuksak natijalarga erishib,
yurtimiz shuhratini jahon hamjamiyati oldida tarannum etib kelmoqda.
Ushbu natijalarni mustahkamlash va ularni yuksak darajaga ko‗tarish
maqsadida 2000-yillardan boshlab mamlakatimizda «kichik Olimpiada» maqomida
o‗tkaziluvchi «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada» kabi ko‗p
bosqichli ommaviy sport musobaqalari joriy etildi va borgan sari nufuzli mavqega
ega bo‗lib, iste‘dodli sportchilarni xalqaro va Olimpiya musobaqalariga olib
chiqishda «ko‗prik» vazifasini o‗tab kelmoqda. Bu borada barcha ustuvor sport
turlari kabi qayd etilgan ommaviy sport musobaqalari va Olimpiya o‗yinlari
dasturidan joy olgan, Yer Kurrasida eng ommaviy deb tanilgan voleybol sport
turiga ham alohida e‘tibor qaratilmoqda.
Voleybol o‗zining hammabopligi, kamharajatligi, go‗zal o‗yin mazmuni,
katta-yu kichik diqqatini o‗ziga rom qiluvchi hujum va himoya kombinatsiyalari
bilan yurtimiz shahar-qishloqlarida, mahalla-yu maskanlarda, to‗y va bayramlarda
bahs-raqobat, sihat-salomatlik, jismoniy va ruhiy barkamollik vositasi sifatida
xizmat qilib kelmoqda.
Voleybol – o‗quv fani sifatida barcha ta‘lim muassasalari o‗quv rejasiga
kiritilgan, darsdan va ishdan tashqari vaqtlarda faoliyat ko‗rsatadigan sport
to‗garaklari, BO‗SMlar, sport klublarida maxsus rejalashtiruv hujjatlariga
asoslangan o‗quv-trenirovka jarayoniga joriy etilgan.
Shu bilan bir qatorda, ayni kunda voleybol bo‗yicha iste‘dodli sport
zaxiralari va yuqori malakali, raqobatbardosh sportchilarni tayyorlash hamda
ommaviy voleybol geografiyasini yanada kengaytirish, mashg‗ulot va
musobaqalarni ilmiy asosda tashkil qilish zaruriyati yuksak kasbiy-pedagogik
salohiyatga ega mutaxassis-kadrlar yetishtirish muhimligiga e‘tibor qaratadi.
Jismoniy tarbiya va sport, jumladan voleybol bo‗yicha o‗qituvchi-murabbiy
kasbiga ixlos qo‗ygan, uni tanlagan ta‘lim yo‗nalishi bo‗yicha o‗qishga qabul
qilingan har bir talaba O‗zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‗g‗risida»gi va
[5]
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» haqidagi Qonunlar talablariga muvofiq shaxs
sifatida shakllanishi, kasbiy-pedagogik bilim, ko‗nikma va malakalarni chuqur
o‗zlashtirish bilan bir qatorda, yuksak ma‘naviy va madaniy xislatlarga ega
bo‗lishi, aqlan teran, mustaqil fikrlovchi, ijodkor, milliy va umumbashariy
qadriyatlarni o‗zida jo qilgan, murakkab vaziyatlarda tashabbus va mas‘uliyatni
o‗ziga olishga qodir, keng dunyoqarashga ega inson bo‗lib yetishishi taqdim
etilayotgan o‘quv qo‘llanmaning ustuvor maqsadi qilib belgilangan
11
.
Mazkur o‘quv qo‘llanmaning jismoniy tarbiya institutlarida voleybol
ixtisosligi bo‗yicha ta‘lim olayotgan talabalar uchun muqaddam rus tilida nashr
qilingan (Ю.Д.Железняк, А.В.Ивойлов, 1991; Л.Р.Айрапетьянц, 2006) o‘quv
qo‘llanmalardan farqi quyidagilardan iborat:
- o‘quv qo‘llanma tarkibiga voleybolni O‗zbekiston jismoniy tizimidagi
o‗rni, O‗zbekistonda voleybolni taraqqiy etishi, Mustaqillik davrida o‗zbek
voleybolining rivojlanishi, zamonaviy voleybolning dolzarb muammolari va
O‗zbekistonda voleybol taraqqiyotini boshqarish, «Psixologik tayyorgarlik»,
«Ta‘lim muassasalarida voleybol bo‗yicha «Umid nihollari», «Barkamol avlod»,
«Universiada» musobaqalari» mohiyatini ochib beruvchi yangi ma‘lumotlar
namunaviy dasturda qayd etilgan mavzular tarkibiga yangi tahrirda kiritilgan;
- bundan tashqari «O‗yin texnikasi», «O‗yin taktikasi», «O‗yin texnikasi va
taktikasiga o‗rgatish», «Jismoniy tayyorgarlik», «Musobaqa o‗tkazishning ilmiy-
tashkiliy asoslari», «O‗yin taktikasi va strategiyasi», «BO‗SMlarga tanlov
o‗tkazish» kabi mavzular muallif tomonidan olingan va nashr qilingan ilmiy-
nazariy ma‘lumotlar asosida qayta ishlab chiqildi;
- musobaqa qoidalarining to‗liq izohi va musobaqa o‗tkazishning uslubiy
hamda tashkiliy masalalari yangicha talqin ostida yoritildi.
O‘quv qo‘llanmaning asosiy bo‗limlari va mavzularini yoritishda
muqaddam nashrdan chiqqan (Ю.Д.Железняк, А.В.Ивойлов. Волейбол. //
Учебник для институтов физической культуры. М.: Физкультура и спорт,
1
Ayrapetyants L.R., Pulatov A.A. Voleybol nazariyasi va uslubiyati. // Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. T.: Fan va texnologiya.
2012
[6]
1991. - 239 с.) o‘quv qo‘llanma hamda ushbu fan bo‗yicha so‗nggi yillarda
erishilgan yutuqlar, ilmiy-nazariy va uslubiy ma‘lumotlar asos bo‗lib xizmat qildi.
Ushbu o‘quv qo‘llanmani nashrga tayyorlashda o‗z maslahatlari va beminnat
ko‗rsatmalari bilan ko‗maklashgan barcha mutaxassis-olimlarga, ayniqsa
taqrizchilarga muallif o‗z minnatdorchiligini bildiradi. O‘quv qo‘llanma bo‗yicha
bildirilgan barcha fikr-mulohazalar va takliflar muallif e‘tiboridan chetda qolmaydi
va kelajakda tayyorlanadigan o‗quv adabiyotlarida o‗z ifodasini topadi.
Dostları ilə paylaş: |