Guliston davlat universiteti a. J. Bekmurodov


[36]  1.5.To„pni o‟yinga kiritish



Yüklə 5,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/74
tarix02.09.2023
ölçüsü5,43 Mb.
#141300
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   74
Sport va harakatli oyinlarni oqitish metodikasi ўқув қўлланма (1)

 


[36] 
1.5.To„pni o‟yinga kiritish 
Bu texnik usul orqali to‗p o‗yinga kiritiladi. Bu usulning asosiy maqsadi 
to‗pni raqib jamoasiga iloji boricha qiyin qilib berishdir. Shuning uchun bu usul 
hujum texnikasining vositasi bo‗lib hisoblanadi. To‗pni kiritish dastlabki holatdan va 
uchta ketma-ket fazalar: tayyorgarlik (to‗pni tashlash, qo‗lni silkish), asosiy (zarba 
berish) va yakunlovchi (qo‗lni tushirish va keyingi harakat) fazalardan iborat. 
Voleybolda pastdan to‗g‗ri, yuqoridan to‗g‗ri, yondan yuqoridan va sakrab 
to‗g‗ri to‗p kiritish usullari mavjud. 
Bu usullarni bajarishda to‗pga zarba berish turli tarzdagi ketma-ketlikda 
bajariladi. Birinchi navbatda to‗pga aylanma harakat berish, so‗ngra aylanma harakat 
bermasdan to‗p kiritish (birmuncha murakkab bo‗lganligi sababli) usullari o‗rgatiladi 
yoki takrorlanadi. 
Pastdan to„g„ri to„p kiritish
. O‗yinchi oldinga engashib, oyoqlarini tizza 
qismida bukkan, bir oyog‗ini (zarba beruvchi qo‗lga nisbatan qarama-qarshi) oldinga
chiqargan holatda turadi . 
9-rasm 
To‗p tirsak qismida bir oz bukilgan qo‗l bel barobarida ushlab turiladi. To‗p 
gavdaga nisbatan 20-30 sm oraliqda tashlanadi. Zarba berishda qo‗l keskin ravishda 
orqaga harakatlantiriladi. Zarba pastdan yuqoriga–to‗g‗riga bajariladi. O‗yinchi bir 
vaqtning o‗zida orqa oyoqni to‗g‗rilaydi va gavdaning og‗irligini oldingi oyoqqa 


[37] 
o‗tkazadi. Zarbadan so‗ng qo‗l harakati to‗pni «kuzatib» borish bilan tugallanadi. 
Pastdan to‗g‗ri to‗p kiritish aniqligi asosiy uchta omil bilan aniqlanadi: qo‗lni silkish 
(zamax) yo‗nalishi bilan – u keskin orqaga haraktlanishi kerak; to‗p tashlash 
balandligi bilan – u baland bo‗lmasligi kerak; to‗pga zarba berish – u taxminan bel 
barobarida amalga oshirilishi zarur. 

Yüklə 5,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin