Guliston davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi


Mavzu: MARD – MAYDONDA SINALAR



Yüklə 396,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/29
tarix06.12.2022
ölçüsü396,02 Kb.
#72725
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Mavzu: MARD – MAYDONDA SINALAR 
(birinchi dars) 
Mavzu hajmi katta va yangi janr bo’lganligi uchun 2 soat o’rganiladi.
 
Dars materiali: «Rustamxon» dostonidan olingan parcha. Ergash 
Jumanbulbul o’g’lining rasmi, «Rustamxon» dostoni (Kitob).
Darsning maqsadlari:


18
Ta’limiy maqsad: Ergash Jumanbulbulning «Rustamxon» dostonidan 
olingan parchani o’qish. 
Tarbiyaviy maqsad: Ergash Jumanbulbulning «Rustamxon» dostonini 
o’qish orqali mardlik, jasurlik fazilatlarini o’quvchilar qalbiga singdirish. 
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarda doston o’qish texnikasi va uning 
mazmunini hikoya qilib berish mahoratini tarkib toptirish.
Dars metodi: tushuntirish, hikoya, suhbat, ko’rgazmali mustaqil ish, aqliy 
hujum.
Darsning borishi: 
1. O’tgan darsda o’tilgan «Donishmand yigit» ertagi yuzasidan o’quvchilar 
bilimini tekshirish (35-betdagi), savol va topshiriqlarga javob olish bilan baholash 
hamda mavzuni takrorlash.
O’qituvchi o’quvchilardan xalq og’zaki ijodiga doir qanday asarlarini 
o’qiganligini so’raydi. Tegishli javob oladi. Dostonlar ham xalq og’zaki ijodi 
haqida hisoblanishi gapirib yangi mavzuga bog’laydi.
2. Yangi mavzu: «Rustamxon» dostonini o’qish. 
3. Asarni o’qishga tayyorlash.
O’qituvchi uchun: 
 Ergash Jumanbulbul o’g’li 
«Rustamxon» dostonini Ergash Jumanbulbul o’g’li kuylagan. Ergashning 
ota – bobolari baxshi bo’lganlar. Ular ham doston termalarini kuylaganlar.
Ergash shoirning otasi Juman baxshi juda chiroyli va yoqimli kuylagan. 
Shuning uchun el orasida Jumanbulbul deb nom olgan. Ergash 100 dan ortiq 
dostonni yod bilgan. Uning boshqa baxshilardan farqi bor. Farqi shuki, u maktab
madrasada o’qigan, atroflicha bilim olgan. Shoir dostonlarni kuylashdan tashqari 
o’zi ham ijod qilgan.
Ergash shoirning mehr bilan sevib yod aytgan va yozgan asarlaridan biri 
«Rustamxon» dostonidir.


19
4. Yangi mavzu: «Rustamxon» dostoni bilan tanishtirish. O’qituvchi 
darslikdagi dostondan olingan parchadan «...Rustam ov ovlab kelar, onasi kuydirib 
- pishirar» (36-bet)gacha o’qib beradi. 
5. Lug’at ustida ishlash:

Yüklə 396,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin