Guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi


-Amaliy mashg‘ulot. Disklarga xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/145
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179513
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   145
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi g

14-Amaliy mashg‘ulot. Disklarga xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar. 
Foydalanuvchi interfeysini yaxshilovchilar;
• 
ma’lumotlarni buzilish va qoidasiz kirishlaridan ximoya qiluvchilar;


• 
ma’lumotni qayta ishlovchilar;
• 
disk va tezkor xotira qurilmasi о‘rtasida ma’lumot almashuvini 
tezlashtiruvchilar; virusga qarshi vositalar.
OT ning sozlovchisi bо‘lgan qobiqlar operatsion qobiqlar deb ataladi. 
Utilitalar va avtonom dasturlar tor ixtisoslashgan bо‘lib, xar biri о‘z vazifasini 
bajaradi. Biroq utilitalar avtonom dasturlardan farqli ravishda tegishli qobiqlar 
muxitida bajaradi. qobiq foydalanuvchiga sifat jixatdan yangi interfeys taqdim 
etadi. OT foydalanuvchi operatsiya va buyruqlarini ikir - chikirigacha bilishdan 
ozod etadi.
Utilitalar foydalanuvchiga qо‘shimcha xizmatlarni asosan disklar va faylli 
tizimlar bо‘yicha xizmat kо‘rsatish kо‘rinishida takdim etadi. Utilitalar 
quyidagi vazifalarni bajarishga yо‘l qо‘yadi:
disklarga xizmat kо‘rsatish;
• 
fayl va kataloglarga xizmat kо‘rsatish (xuddi qobiqlar kabi);
• 
arxivni yaratish va yangilash;
• 
turli rejim va formatlarda matnli va boshqa fayllarni bosish; 
kompyuterni 
virusdan ximoya qilish.
Virusga qarshi ximoyali dasturiy vositalar viruslarni topish va davolashni 
ta’minlaydi. Texnik xizmat kо‘rsatish dasturlari deganda kompyuter ishi 
jarayoni yoki umuman hisoblash tizimida diagnostika va xatolarni topish uchun 
dasturiy - apparat vositalarining jamlanmasi tushuniladi. Ular quyidagilarni о‘z 
ichiga oladi:
Kompyuter va uning ayrim qismlari ishining tо‘g‘riligi diagnostik va test 
nazorati vositalari
shu jumladan ularning Kompyuterda muayyan lokalizatsiyasi bо‘lgan xatolar va 
shikastlanishlarni avtomatik izlash.
• 
Axborot tizim xisoblash muxiti diagnostik va nazorat qilishning maxsus 
dasturlari.
Windows muxiti xizmatchi dasturlari «Pusk» tugmasida joylashgan bо‘lib, 
«programmi» bо‘limidagi standart dasturlar sirasiga kiradi. Standart dasturlar 
ichida aloxida «slujebniye» bandida joylashgandir. Ular sirasiga
Vosstanovleniye sistemi
• 
Defragmentatsiya diska
• 
Indikator resursov
• 
Master obslujivaniya
• 
Ochistka diska
• 
Proverka diska
• 
Svedeniya o sisteme
• 
Sistemniy monitor
• 
Tablitsa simvolov amallari kiradi.
«Vosstanovleniye sistemiy» Sistemani tiklash xizmatchi dasturi kompyuterni 
oldindan belgilangan kun xolatiga qaytarib, shu belgilangan kundan beri 


qilingan xavfsiz о‘zgartirishlardan voz kechadi. Uni muloqot oynasi 
quyidagicha
Diskdagi axborotlar tartibsiz joylashishi bizga ma’lum. Chunki xajmi xar-xil 
bо‘lgan axborotlarni diskka yozish va uchirish diskda xar-xil joylarida bо‘sh 
joylarni qolishiga va diskdagi axborotlarni bir qismi bir joyda, qolgani boshqa 
joyda saqlanishiga olib keladi. Bu esa kompyuter tezligini sezilarli darajada 
pasaytiradi. Bu kamchilikni tо‘g‘rilash uchun axborotlarni yaxlit saqlanishiga 
erishi kerak bо‘ladi. Buning uchun «difragmentatsiya diska» xizmatchi 
dasturidan foydalanimiz.
yoki aksincha «moy kompyuter» dasturi oynasida defragmentatsiya qilinishi 
lozim bо‘lgan diskni ustiga sichqoncha kо‘rsatkichini olib kelib, sichqonchani 
о‘ng tugmasi bosiladi va chiqqan muloqot oynasidan «svoystva « amalini 
tanlanadi. Sо‘ng ekranda diskka xos axborotlar bilan birgalikda servis 
xizmatini bajaruvchi oyna ham nomoyon bо‘ladi. Bu Oynadan «Vipolnit 
defragmentatsiyu» amalini tanlashimiz mumkin. Yuqoridagi Pusk tugmasi 
orqali kirish yoki servis bо‘limidan defragmentatsiya qilish bu ahamiyatsiz. 
Aslida pirovard natija bir xil.
О‘ng tomonda siz defragmentatsiya uchun disk tanlash maydonini kо‘rib 
turibsiz. Disk tanlangandan sо‘ng Enter tugmasi bosiladi va shu bilan 
defragmentatsiya jarayoni boshlanadi. Defragmentatsiya jarayonida boshqa 
dasturlarni ishlatish tavsiya etilmaydi. Chunki dasturlar ishlaganda disklarda 
qandaydir yozuvlar о‘zgarishi xosil bо‘ladi. Bu defragmentatsiya ishiga xalaqit 
beradi. Defragmentatsiya bu fayllar fragmentlari ya’ni bо‘laklarini alohida-
alohida emas, balki bir bо‘lak bо‘lib saqlanishiga xizmat qiladi va bu 
kompyuter ishlashini tezlashtiradi. qо‘yida defragmentatsiya dasturi oynasi 
misol keltirilgan.
Demak defragmentatsiya alohida-alohida ajralib, disk bо‘ylab sochilib ketgan 
fayl fragmentlarini qaytadan bir joyga tо‘plab, fayllarga murojaat qilish 
tezligini oshiradi. Bu bilan u kompyuterni ishlash tezligini ham oshiradi.
«Indikator resursov» dasturi kompyuterda ishlayotgan dasturlarni sistema 
resurslaridan foydalanishi xaqida ma’lumot berib turadi. Hamma dasturlar 
qatori uning о‘zi ham, kompyuter ishini yengillatish uchun ushbu resurslarni 
ma’lum qismidan foydalanadi.
«Master obslujivaniya» bu dastur yordamida kompyuter ishini, faoliyatini 
optimallashtirish mumkin. U yordamida jadval tuzilib, xizmatchi dasturlarni 
о‘sha jadval bо‘yicha foydalanuvchini ishtirokisiz xizmat kо‘rsatishi 
ta’minlanadi. Aytaylik, jadval tuzib xar kuni kechqurun soat 10
00
dan boshlab 
diskni defragmentatsiya qilishni xoxlasangiz, marhamat «Master obslujivaniya» 
dasturiga kiring bu siz uchun juda qulay. Chunki kechqurun komyuteringiz 
bо‘sh va u о‘z-о‘ziga xizmat qilishi mumkin. Mana «Master obslujivaniya» 
dasturining ish jarayoni. Jadval bо‘yicha yoqilib keraksiz fayllarni qattiq 
diskdan о‘chirish, qattiq diskdagi xatolarni tekshirish, doimiy murojaat 


qilinadigan dasturlarni ishga tushishini tezlatish ya’ni defragmentatsiya 
amallarini birin ketin ishga tushirib, oldindan belgilangan vazifalarni bajaradi 
va kompyuterni sozlab, о‘z ishini yakunlaydi. Faqat bir narsani yodda tutish 
kerakki «Master obslujivaniya» dasturidan foydalanish uchun kompyuterni 
yoniq qoldirish
lozim.
«Naznachennо‘ye zadaniya» bu dastur foydalanuvchiga dasturlarni bajarish 
uchun jadval tuzishga yordam beradi. Bu dasturlar xizmatchi dasturlar yoki 
boshqa dasturlar bо‘lishi mumkin. Bu «Naznachenniye zadaniya» dasturi 
yordamida dasturlarni bajarish jadvalini tuzishga kirish. «Daleye» (olg‘a) 
tugmasi bosilishi bilan ekranda yangi muloqot oynasi ya’ni quyida kо‘rsatilgan 
rasmdagi oyna-bajarilishi lozim dasturlarni tanlash oynasi namoyon 
bо‘ladi.
Bu muloqot oynasi yordamida jadval bо‘yicha qaysi dasturni ishlatish kerakligi 
tanlanadi. Oynada oldindan о‘rnatilgan Windows tizimi yordamchi dasturlari 
sirasiga kiruvchi dasturlar mavjud. Foydalanuvchi ular orasidan ixtiyoriysini 
tanlab va keyingi oyna yordamida, ushbu dasturni qachon, qaysi payt bajarish 
lozimligi kо‘rsatiladi. Shunday qilib tanlangan dastur siz tayinlagan vaqtda 
ishga tushadi. Aytaylik bu dastur biror-bir antivirusdir yoki boshqa bir 
hizmatchi dasturdir bu foydalanuvchiga havola.Xizmatchi dasturlardan 
«Ochistka diska» dasturi bilan tanishamiz. Bu dastur diskda keraksiz fayllar 
xisobidan bо‘sh joylar hosil qiladi. Demak keraksiz, vaqtinchalik fayllarni 
о‘chirishda yordam beradi. Nomidan kelib chiqib diskni tozalaydi degan 
xulosaga kelsak ham bо‘ladi.
Mana bu «Ochistka diska» ya’ni diskni tozalash dasturini boshlang‘ich oynasi. 
Bu oynada keraksiz fayllarni qaysi diskdan о‘chirirish lozimligini kо‘rsatish 
kerak bо‘ladi. Xozirda bizda s: diskni tanlangan xolati kо‘rsatilgan.
«Temporary Internet Files» papkasi qattiq diskda Web saxifalarini tez kо‘rish 
uchun saqlaydi. «Temporary Internet Files» uchun sizning о‘rnatilgan holatlar 
о‘zgartirishsiz qoladi. ''Downloaded Program Files'' papkasida Internetdan bir 
necha sahifalarni kо‘rish orqali avtomatik qabul qilinuvchi axborotlar, ActiveX 
elementlari va boshqalar vaqtinchalik saqlanadi.
«Korzina» о‘zida foydalanuvchi о‘chirgan fayllarni saqlaydi. Bu fayllar hali 
tо‘la о‘chirilgan emas. qachonki «Korzina» tozalangungacha о‘zida ushbu 
fayllarni о‘zida saqlab turadi. Bir qancha dasturlar vaqtinchalik ma’lumotlarni 
TEMP papkasida saqlaydi. Dastur ishini yakunlashidan oldin bu ma’lumotlar 
о‘chiriladi.
Agar bu vaqtinchalik fayllarga xafta oralig‘ida murojaat qilinmagan bо‘lsa, 
ularni о‘chirish mumkin. «PC Health» kompyuterni doimiy tо‘g‘ri ishlashini 
ta’minlaydi. U xar qachon о‘rnatilgan faylladan nusxalar olib qо‘yadi. Ushbu 
parametr keraksiz nusxalarni о‘chiradi. qо‘yida «Ochistka diska» dasturini 
qо‘shimcha amallari aks etgan oyna keltirilgan. «Komponenti Windows» 
Windowsni fodalanil- mayotgan komponentlarini о‘chirib qо‘shimcha joy 


bо‘shatish.«Ustanovlenniye programmi» foydalanilmayotgan dastur larni 
о‘chirib joy hosil qilish. «Vosstanovleniye sistemy» diskni FAT32 da tasvirlab, 
aks etdirib bо‘sh joy olishga erishish. Qattiq diskddagi mavjud hatolarni 
tekshirish uchun «Proverka diska» dasturidan foydalanish.
Diskni tekshirish dasturidan qattiq diskddagi mantiqiy va fizik nosozliklar, 
hatolarni tekshirishda foydalaniladi. Bu dastur Scandisk dasturidir. Scandisk 
dasturi tekshirgandan sо‘ng hatoliklar tuzatilishi mumkin. Aslida bu toifadagi 
dasturlar juda kо‘p. Ulardan eng taniqligi Norton Disk Doctor dasturi bо‘lib 
uni komyupetrga о‘rnatish uchun maxsus о‘rnatish paketi bо‘lishi lozim. 
Windows muhitida о‘zining xizmatchi dasturlari sirasiga kiruvchi Scandisk 
dasturi mavjud. Bu dastur ba’zan foydalanuvchining ixtiyorisiz ishga tushib 
(kompyuter tarmoqdan notо‘g‘ri о‘chirilgan paytda) nosozliklarni bartaraf 
etadi.
Eslatma.
Diskni tekshirish uchun, shuningdek Pusk tugmasini bosilib, Programmi, 
Standartniye va Slujebniye komandalari tanlanib, sо‘ng Proverka diska 
tanlanadi.
Diskni kompyuter yoqilishi bilan tekshirish.
Pusk tugmasini bosing va Programmi, Standartniye va Slujebniye 
komandalarini tanlang va sо‘ng Proverka diska dasturi ustida sichqonchani 
о‘ng tugmasini bosing. Proverka diska dasturi Avtozagruzka papkasiga 
qо‘shilgan bо‘lsa, u holda dasturgacha bо‘lgan yо‘l boshqacharoq, Programmi, 
Avtozagruzka, sо‘ng Proverkadiska dasturi ustida sichqonchani о‘ng tugmasini 
bosing. Svoystva komandasini tanlang.
Yarlik sahifasidagi Obyekt maydonidagi dastur manzilidan keyin bir yoki bir 
necha parametrlar kiritilishi mumkin.
quyida ushbu parametrlar kо‘rsatilgan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin