Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə104/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   524
Guliston davlat

Bevosita lizing - bunda, mulkni ishlab chiqaruvchi (tayyorlovchi) yoki egalik qiluvchi lizing beruvchi sifatida namoyon bo’ladi.
Bilvosita lizing - bunda, lizing uchinchi shaxs ishtirokida amalga oshiriladi.
Moliyalashtirish usuliga ko’ra lizingning quyidagi turlari mavjud:
Muddatli lizing - unda bir martalik lizing amalga oshiriladi.
Qayta tiklanadigan (revolverli) lizing - bunda lizing shartnomasi kelishuv birinchi muddati tugaganidan keyin davom etadi.
Amaliyotda lizingning boshqa ko’rinishlari ham qo’llaniladi:
Qaytariladigan lizing (lease-back) - lizingning bu turi sanoat korxonalari mulkining bir qismini lizing kompaniyasiga ularni lizing haqidagi shartnoma imzolanishi bilan bir vaqtda sotiladi.
Bunday operatsiyalarda faqat ikki ishtirokchi, ya’ni mulkni lizing oluvchisi (oldingi egalik qiluvchi) va lizing kompaniyasi (mulkning yangi egasi) qatnashadi. Bunday kelishuv korxonaga ishlab chiqarish vositasini sotib, pul mablag’ini olish va ularni yangi kapital qo’yilmalarga sarflash, shu bilan bir vaqtda, ishlab chiqarish vositasidan foydalanishni davom ettirish imkoniyatini ham beradi.
Mazkur operatsiyani samaradorligining yuqori bo’lishi lizing to’lovidan yangi investitsiya daromadining ko’p bo’lishi bilan belgilanadi. Qaytariladigan lizing korxonalar balansining kamayishiga olib keladi va ayni paytda sub’ekt mulkida tegishli o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Korxonalarning daromad darajasi sezilarli darajada past bo’lganda ham, yuqoridagi lizing kelishuviga murojaat qilinadi, bunda tabiiyki, korxonalar tezlashgan amortizatsiya va foydani soliqqa tortilishi bo’yicha imtiyozdan to’liq fodalana olmaydi. Kelishuv amalga oshirilgach, lizing kompaniyasi soliq borasidagi imtiyozlarga ega bo’ladi va oqibatda lizing to’lovi summasini pasaytiradi.
Ko’pgina hollarda lizing kompaniyalarida o’z mablag’larining etmay qolish holatlari ro’y berishi mumkin, bunday holatlarda chetdan qo’shimcha mablag’lar jalb etiladi.
Bunday operatsiyalar qo’shimcha mablag’larni jalb etish lizingi degan nomni olgan. Hisob-kitoblarga qaraganda barcha lizing kelishuvlarining 85 % dan ko’pi jalb etilgan mablag’lar hisobiga amalga oshirilar ekan. Lizingga beruvchi uzoq muddatli ssudali bir yoki bir necha kreditorlardan lizingga beriladigan aktivning 80 % qiymatigacha summada oladi, lizing to’lovlari va vositalar esa ssudani ta’minlashga xizmat qiladi.
Ko’pgina hollarda lizing bevosita emas, balki vositachi orqali amalga oshiriladi. Asosiy lizing beruvchi lizing to’lovini olish huquqi bo’yicha imtiyozga ega bo’ladi. Shartnomada, ko’pincha, agar uchinchi shaxs (vositachi) bankrotlik holatiga uchrasa, lizing to’lovi bevosita lizing beruvchiga to’lanishi kelishib olinadi. Bunday lizing turlari “sublizing” deb nomlanadi.
Lizingni ko’rinishlaridan yana biri “double Dean” bo’lib, xalqaro amaliyotda keng qo’llaniladi. Uning maqsadi 2 yoki undan ortiq mamlakatlarning soliq qonunchiligida mavjud imtiyozlardan unumli foydalanishdan iboratdir. Masalan, 80 yillarning boshida AQSh va Buyuk Britaniya o’rtasida “double Dean” orqali bir necha samolyotlar kreditlash orqali olingan edi (agar lizing beruvchi mulkchilik huquqiga ega bo’lsa, Buyuk Britaniyada soliq imtiyozlaridan fodalanish imkoniyatlari ko’p, AQShda esa, agar lizing beruvchi egalik qilish huquqiga ega bo’lgandagina, soliq borasidagi imtiyozlaridan foydalanish huquqini oladi).
So’nggi paytlarda amaliyotda asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchilar bilan lizing kompaniyalari o’rtasida kelishuvlarning imzolanishi keng tarqalmoqda. Ushbu kelishuvlarga asosan, ishlab chiqaruvchi lizing kompaniyalari orqali mijozlarga o’z mahsulotlarini etkazishni lizing yordamida moliyalashtirishni taklif etadi.
Shunday qilib, lizing kompaniyasi mol etkazib beruvchining savdo tarmog’idan foydalanadi, mol etkazib beruvchi esa, mahsulotini sotish doirasini kengaytiradi. Yuqorida izoh berilgan kelishuv “sotishdagi yordam” (sales-aid) nomini olgan.
Lizing kompaniyalari bilan doimiy va chuqur hamkorlikning olib borilishi “lizing yo’li” (lease-line) kelishuvini tuzish imkoniyatini beradi. Bunday kelishuvlar bank kredit yo’nalishlaridan farq qiladi va lizing bo’yicha yangi shartnomani tuzmasdan, qo’shimcha vositalarni lizingga olish imkoniyatini beradi.
Oddiy ssudadan lizingning afzallik tomonlari uning keng tarqalishi uchun imkoniyat yaratib beradi:
a) lizing 100 % kreditni ta’minlaydi va to’lovning darhol amalga oshirilishini talab etmaydi. Oddiy kreditdan foydalangan holda mulk sotib olinsa, o’z mablag’i hisobiga uning 15 % qiymati miqdorida to’lashi kerak bo’ladi. Lizing va shartnoma mulkning to’liq qiymatiga tuziladi. Lizing to’lovlari asosan, mulkni lizing oluvchiga etkazilganidan so’ng yoki undan keyinroq amalga oshiriladi;
b) ssuda shartnomasidan ko’ra, lizing shartnomasini tuzish osonroq. Bu, asosan, kichik va o’rta korxonalarga taalluqlidir. Ba’zi bir lizing kompaniyalari lizing oluvchidan hech qanday qo’shimcha kafolatlarni talab ham qilmaydi. Lizing oluvchi o’z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, lizing kompaniyasi darxhol o’z mulkini qaytarib oladi;
c) lizing kelishuvlari ssuda kelishuvlaridan ko’ra, ixchamroq. Ssuda har doim qoplash muddati va hajmini chegaralashni taqozo etadi. Lizingda lizing oluvchi o’z daromadlari kirimini hisoblash va lizing beruvchi bilan unga mos, qulay moliyalashtirish sxemasini ishlab chiqadi. To’lovlar kelishuvga ko’ra, oylik, choraklik va hokazo bo’lishi va to’lov summalari bir-biridan farq qilishi mumkin.
Ba’zida lizingni qoplash lizingga olingan asbob-uskunalardan foydalanib ishlab chiqarilgan tovarlarni sotishdan tushumlar kelib tusha boshlaganidan so’ng ham amalga oshirilishi mumkin. To’lov summasi o’zgarmas va o’zgaruvchan bo’lishi mumkin;
d) lizing ob’ektining eskirish xavfi butunlay lizing beruvchida bo’ladi. Lizing oluvchi esa, o’z mulkini doimiy yangilash imkoniyatiga ega bo’ladi;
e) lizing sharoitida lizing oluvchi zaruriy vositalarni to’g’ridan-to’g’ri sotib olishga qaraganda ko’proq ishlab chiqarish kuchlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi. Lizing yordamida vaqtincha bo’sh bo’lgan pul mablag’lari boshqa maqsadlar uchun sarflash mumkin;
f) lizing uzoq vaqt mahsulot sotish va ishlab chiqarishni rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qilganligi sababli, davlat siyosati lizing operatsiyalarini kengaytirish va rag’batlantirishga yo’naltirilgan;
g) lizingdagi mulk hisobining afzalliklari. Evroliz (leaseurope - evropa lizing kompaniyalari assotsiatsiyasi)da lizing operatsiyalarini hisobini yuritishning asosiy tamoyillari lizing kelishuvi natijasida yuzaga kelgan moliyaviy majburiyatlarni lizing oluvchi tomonidan bajarilishini ifoda etadi.
Lizing oluvchining o’z majburiyatlarini bajarishi uning moliyaviy holatiga baho berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Balans tuzish muddatida majburiyat bo’yicha miqdoriy ma’lumotlar uchinchi tomonning barcha qiziqishlarini qondiradi. Ushbu ma’lumotlar balansga ilova shaklida nashr etilishi mumkin.
Aksariyat holatlarda qonunchilikda korxonalar uchun xususiy va qarzga olingan kapitalining majburiy nisbati belgilab beriladi. Lizing kelishuvi ob’ekti hisoblanadigan mulk lizing beruvchi balansida hisobga olinishi, lizing oluvchining nisbatni buzmagan holda o’z ishlab chiqarish quvvatini kengaytirishi imkoniyatini yaratadiki, bu lizingning yana bir afzallik tomonidir.
h) Xalqaro Valyuta Fondi lizing kelishuvi summasini milliy qarzdorlikni aniqlaganda hisoblamaydi, ya’ni fond tomonidan alohida davrlar bo’yicha kredit qarzdorliklari bo’yicha o’rnatiladigan me’yor o’sishi imkoniyati yaratiladi.
Lizingning kamchiliklari haqida ham ba’zi bir fikrlarni keltirib o’tish mumkin:
1) asbob-uskunalar moliyaviy lizingga olingan bo’lsa va lizing shartnomaning amal qilish muddati tugagunga qadar, lizing oluvchi lizing summasini to’lashni davom ettiradi.
2) joriy lizingda asbob-uskunalarning eskirish xavfi lizing beruvchida bo’ladi va buning uchun u lizing to’lovchidan katta to’lov olishga majbur bo’ladi.
3) moliyaviy lizingning yana bir kamchiligi, asbob-uskunalarni buzilib qolish hollarida, asbob-uskunalarning holatidan qat’iy nazar to’lovlar o’rnatilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
4) agar lizing shartnomasining ob’ekti yirik va murakkab bo’lsa, unda lizing kelishuvi shartlarining juda turli-tumanligi ularning lizingi bo’yicha shartnomalarni tayyorlash bo’yicha katta vaqt va mablag’ talab etadi.
Davlat uchun lizing bilan bog’liq quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi:
- investitsiya qo’yilmalaridan maqsadli foydalanishni kafolatlash;
- investitsiya siyosatini faol amalga oshirish;
- moliyalashtirishning an’anaviy yo’llariga qo’shimcha tarzda asosiy fondlarga mablag’larni qo’yilma sifatida sarflash;
- xususiy va kichik tadbirkorlik ishlab chiqarishini rivojlantirishni rag’batlantirish;
- qo’shimcha ma’muriy tashkilotlarni tuzmasdan iqtisodiy usullar yordamida ishlab chiqarishni rivojlantirishni moliyalashtirish.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin