Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Yillar summasi usuli (kumulyativ usul)



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə118/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   524
Guliston davlat

Yillar summasi usuli (kumulyativ usul). Yillar summasi usuliga (kumulyativ usulga) ko’ra har yili amortizatsiya me’yori amortizatsiya muddati oxiriga qadar qoladigan amortizatsiyalanadigan qiymatga ulush sifatida aniqlanadi. Ulush amortizatsiya ajratmalari tugaguniga qadar qoladigan to’liq yillar sonini amortizatsiya muddatini tashkil qiladigan yillar sonlari summasiga bo’lish orqali aniqlanadi.
Yillar summasi usulida (kumulyativ usulda) amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi asosiy vositalarning amortizatsiya qiymatidan hamda suratida ob’ektni foydali ishlatish muddatining oxiriga qadar qoladigan yillar soni, maxrajida esa - ob’ektni foydali ishlatish muddati yillari soni summasining nisbatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Misol
Asosiy vositalarning taxminiy foydali xizmat muddati - besh yil. Foydali hayot yillarining yig’indisi:
1+2+3+4+5=15.
Hisoblash koeffitsienti: birinchi yilda – 5/15; ikkinchi yilda – 4/15; uchinchi yilda – 3/15 va hokazo. Ob’ektning boshlang’ich qiymati 125 000 ming so’mni tashkil etadi. Tugatish qiymati 5 000 ming so’m. Amortizatsiyalanadigan qiymat 120 000 ming so’m (4.8-jadval).
4.8-jadval
Kumulyativ usul bo’yicha yillar bo’yicha amortizatsiya summasi

Asosiy vositalarning faoliyat yili

Amortizatsiyaning yillik hisoblagan summasi (ming so’m)

Jamg’arilgan amortizatsiya summasi (ming so’m)

Asosiy vositani amortizatsiyalanadigan qiymatini qoldiq summasi (ming so’m)

1-yil

120 000*5/15 = 40 000

40 000

80 000

2-yil

120 000*4/15 = 32 000

72 000

48 000

3-yil

120 000*3/15 = 24 000

96 000

24 000

4-yil

120 000*2/15 = 16 000

112 000

8 000

5-yil

120 000*1/15 = 8 000

120 000

-

Asosiy vositalarning faol qismi uchun oqilona bo’lgan yillik amortizatsiya summasi kamayib boradi. Bundan tashqari, asosiy vositalar qiymatini o’tkazish muddati oshib boradi, agar ob’ekt muayyan vaqt konservatsiya, ta’mirlash, modernizatsiyada bo’lsa.


Tezlashtirilgan yillar yig’indisi usuli bilan ob’ekt qiymatini hisobdan chiqarish ahamiyati shundan iboratki, dastlabki yillarida keyingisiga nisbatan ancha katta hajmda amortizatsiya qilish imkonini beradi. Bu usul asosiy vositalar ob’ektlari uchun qo’llanadi, ularning qiymati foydali xizmat muddatiga qarab kamayadi; ma’naviy eskirish tez sodir bo’ladi; xizmat muddatining oshishi bilan ob’ektni qayta tiklash xarajatlari oshadi. Bu usuldan, xususan, asosiy vositalar ob’ektlariga bosim dastlabki ish yillariga to’g’ri keladigan kichik va yangi tashkil etilgan tashkilotlardagi kompyuter va aloqa vositalariga, mashina va asbob-uskunalarga amortizatsiya hisoblashda foydalanish mumkin.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin