Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə119/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   524
Guliston davlat

To’rtta usulni taqqoslash. Qoldiqni kamaytirish usuli va kumulyativ usul jadallashtirish usullar (accelerated methods) qatoriga kiradi, ya’ni, asosiy vositalarni boshida foydalanish vaqtida amortizatsiya ajratmalari ob’ektni xizmat muddatini oxiriga nisbatan summasi sezilarli darajada oshib ketadi, davrni oxirida kamayadi. Bu usullardan foydalanib, shuni taxmin qilinadiki, ishlab chiqarish asosiy fondlarining ko’pgina turlari hali yangi bo’lgan paytida (ya’ni faoliyatining dastlabki yillarida) samaraliroq faoliyat ko’rsatadi va yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’ladilar. Jadallashtirilgan usullar, xususan, texnologiyalarning takomillashuvi tufayli uskunalarning ko’plab turlari o’z qiymatini tezda yo’qotishi (ma’naviy eskirishi) bilan izohlanadi. Shunday qilib, joriy hisobot davrida kelajakda nisbatan eskirish summasini katta miqdorda hisoblab xarajatlarga o’tkazish ko’proq haqiqatga to’g’ri keladi. Yangi kashfiyotlar va materiallar ilgari sotib olingan asbob-uskunalarning ma’naviy qarishiga olib keladi va asbob-uskunani jismonan eskirishidan ancha oldin almashtirishni zarur qilib qo’yadi.
Tezlashtirilgan usullari foydasiga yana bir argument kelitirish mumkin, ta’mirlash xarajatlari ob’ektlarni xizmat qilish muddati oxirida boshiga nisbatan ancha katta bo’lish ehtimoli bor. Bu esa ta’mirlash xarajatlari va amortizatsiya ajratmalarining umumiy miqdori yillar davomida deyarli doimiy bo’lib qolishiga olib keladi. Natijada asosiy vositalarning foydaliligi ko’p yillar davomida bir xil bo’lib qoladi.
Asosiy vositalar amortizatsiyasining chiziqli usuli, uning ko’lamini kamaytirish mumkin bo’lsada, asosiy usul bo’lib qoladi. Bu shundan kelib chiqadiki, uning asosida ob’ektlarning foydali xizmat muddati mavjud. Binolar, inshootlar, kuch va ish mashinalari va uskunalar, axborot uskunalari, ishlab chiqarish inventarlari va aksessuarlari, xo’jalik inventarlari, ish va mahsuldor hayvonlar, va hokazoga shu usulda amortizatsiya hisoblash ko’proq qo’llaniladi. Boshqacha qilib aytganda, ushbu usulni eskirish darajasi foydali xizmat muddati bilan belgilanadigan yoki ob’ektlarning qiymatini amortizatsiya orqali mahsulotlarga o’tkazish jarayonini ularning ishlashi intensivligi bilan funktsional ravishda bog’lash mumkin bo’lmagan asosiy vositalarga qo’llash tavsiya etiladi.
Asosiy vositalarning ishlab chiqarish (ishlar) hajmiga mutanosib ravishda amortizatsiya hisoblash usuli ijobiy sifatlari ular tomonidan asosiy vositalarning ishlash darajasini ularning qiymatini mahsulotlarga o’tkazish jarayoni bilan bog’lashdir. Va asosiy vositalarning eskirishini bevosita shu turdagi mahsulotlar tannarxiga kiritish imkoniyatlari mavjud. Bajarilgan ish miqdoriga mutanosib ravishda amortizatsiya usuli yildan-yilga amortizatsiya summasining keskin tebranishi tufayli amortizatsiyaning aniq tendensiyasi haqida tasavvur bermaydi. Amortizatsiyaning keskin yillik o’zgarishi qoldiq qiymatda ham aks ettiriladi.
Soliq solish maqsadida O’zRning Soliq kodeksida har yillik amortizatsiya me’yorlari xarajatlarga teng maromda hisobdan chiqariladigan asosiy vositalarning boshlang’ich (tiklash) qiymatiga nisbatan foizlarda belgilangan.
Hisobot yili davomida asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya ajratmalari qo’llaniladigan hisoblash usulidan qat’i nazar (amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usulidan tashqari), yillik summaning 1/12 miqdorida har oyda hisoblanadi.
Mavsumiy tusdagi ishlab chiqarish korxonalarida foydalaniladigan asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi hisobot yilida korxona tomonidan asosiy vositalardan foydalanish davri mobaynida teng maromda hisoblanadi.
Asosiy vositalarning har xil turlariga (guruhlariga) amortizatsiyani hisoblashning turli usullarini qo’llashga yo’l qo’yiladi. Bunda asosiy vositalarning bir turdagi ob’ektlari bo’yicha (markasi, turi va boshqalar bo’yicha) faqat bitta usul qo’llaniladi.
Qo’llaniladigan amortizatsiyani hisoblash usuli korxonaning hisob siyosatida majburiy tartibda aks ettiriladi. Korxonalar kalendar yili davomida hisob siyosatini o’zgartirmasligi kerak, O’zR 1-son BHMS “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot”ning 56-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Agar asosiy vositalardan foydalanishdan kutilayotgan iqtisodiy foydada sezilarli darajada o’zgarish yuz bersa, amortizatsiyani hisoblash usuli, agar yuzaga kelgan holatlar amortizatsiya usulining o’zgartirilishini oqlasa, o’zgarayotgan tendentsiyani aks ettiradigan tarzda o’zgartirilishi mumkin. Bunday o’zgarish hisob siyosatida aks ettirilishi lozim. Bunda moliyaviy hisobotga tushuntirish xatida mazkur o’zgarish sabablari va ularning iqtisodiy samarasi ochib berilishi zarur.
Asosiy vositalarning foydali xizmat muddati asosiy vositalar holatini yaxshilaydigan va, demak, xizmat muddatini uzaytiradigan ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olgan holda, shuningdek bu muddatni qisqartiradigan texnologik o’zgarishlarni hisobga olib, korxona tomonidan qaytadan ko’rib chiqilishi mumkin.
Tugatish qiymati asosiy vositalarning amortizatsiyalanadigan qiymatini hisob-kitob qilishda muhim tarkibiy omil hisoblanadi. Tugatish qiymati muhim bo’lmagan holatda, u amortizatsiyalanadigan qiymatni hisoblab chiqarishda hisobga olinmaydi.
Agar tugatish qiymati ahamiyatga ega bo’lsa, u asosiy vositalarni xarid qilingan sana yoki ularni qayta baholash sanasida belgilanadi. Tugatish qiymati asosiy vositalarning xizmat muddati oxirida tugatish bo’yicha kutilayotgan xarajatlarga kamaytiriladi.
0211 - 0290 hisobvaraqlarida mulkchilik huquqi korxonaga tegishli bo’lgan asosiy vositalarning eskirishi hisobga olinadi.
0299 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi" hisobvarag’ida moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarning eskirishi xususiy asosiy vositalarga eskirish hisoblash tartibi kabi bir xil tartibda hisobga olinadi.
Asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (0200) kreditida, xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog’langan holda olib boriladi.
Ijaraga beruvchi korxonalar operativ ijaraga berilgan asosiy vositalar bo’yicha hisoblangan eskirish summasini tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (0200) krediti va 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" hisobvarag’ining debetida aks ettiradilar.
Korxona mulki bo’lgan asosiy vositalarni tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, moliyaviy ijaraga berish, kamomad yoki buzilish natijasida hisobdan chiqarishda ularga hisoblangan eskirish summasi tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (0200) debetidan 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" hisobvarag’ining kreditiga hisobdan chiqariladi.
Quyida asosiy vositalar eskirishini harakati bo’yicha muoamalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini ko’rib chiqamiz:
1) Asosiy, yordamchi ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarda foydalanilayotgan asosiy vositalarga eskirish hisoblash:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” yoki
D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” yoki
D 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”
K 0200 “Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
2) Umumishlab chiqarish maqsadida foydalanilayotgan asosiy vositalarga eskirish hisoblash:
D 2510 “Umumishlab chiqarish xarajatlari”
K 0200 “Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
3) Savdo bo’linmalarida foydalanilayotgan asosiy vositalarga eskirish hisoblash:
D 9410 “Sotish xarajatlari”
K 0200 “Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
4) Ma’muriy maqsadlar uchun foydalanilayotgan asosiy vositalarga eskirish hisoblash:
D 9420 “Ma’muriy xarajatlar”
K 0200 “Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
5) Quyidagi maqsadlarda foydalaniladigan asosiy vositalarga eskirish hisoblash:
a) yangi turdagi buyumlarni ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan ishga tushirish ishlarida
b) seriyali yoki ommaviy ishlab chiqarishga mo’ljallanmagan yangi texnologik jarayonlarni o’zlashtirishda xizmat ko’rsatish uchun
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 0200 “Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
6) Ishchi hayvonlar bo’yicha eskirishni hisoblash:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” yoki
D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” yoki
D 2510 “Umumishlab chiqarish xarajatlari” yoki
D 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar” yoki
D 9420 “Ma’muriy xarajatlar”
K 0270 “Ishchi hayvonlarning eskirishi”.
7) Ko’p yillik o’simliklar eskirishini hisoblash:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” yoki
D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” yoki
D 2510 “Umumishlab chiqarish xarajatlari” yoki
D 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar” yoki
D 9420 “Ma’muriy xarajatlar”
K 0280 “Ko’p yillik o’simliklarning eskirishi”.
8) Operativ ijaraga berilgan asosiy vositalar eskirishini hisoblash:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 0200 “Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
9) Moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarning xususiy asosiy vositalar tarkibiga o’tishi natijasida ularga hisoblangan eskirish summasini o’tkazish:
D 0299 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi”
K 0200 “Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
10) Moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugagandan keyin ijaraga beruvchiga qaytariladigan asosiy vositalarning eskirishini hisobdan chiqarish:
D 0299 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi”
K 0310 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar”.
11) Asosiy vositalarning eskirishini qayta baholash:
a) qiymati oshirilganda
D 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar”
K 0200 “Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
b) qiymati kamaytirilganda
D 0200 “Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar”.
12) Asosiy vositalarni tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, moliyaviy ijaraga berish, kamomad yoki buzilish natijasida ularga haqiqatda hisoblangan eskirishni hisobdan chiqarish:
D 0200 “Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”.



Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin