Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Omborga tayyor mahsulotlarni qabul qilish



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə244/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   524
Guliston davlat

Omborga tayyor mahsulotlarni qabul qilish. Tayyor mahsulotni ishlab chiqarishdan omborga topshirish uchun tayyor mahsulotni omborga topshirish yuk xati (nakladnaya) birlamchi hujjat sifatida qo’llaniladi (№ TM-18). Yuk xati topshiruvchi va oluvchining moddiy javobgar shaxslari tomonidan imzolanadi va mahsulot harakatini hisobga olish uchun buxgalteriyaga topshiriladi.
Bundan tashqari, mahsulotni ishlab chiqarishdan omborga topshirish uchun tsexlarda ikki nusxadan to’ldiradigan qabul qilish-topshirish yuk xatlari, dalolatnomalar, spetsifikatsiyalar yoki boshqa hujjatlar bilan berilishi mumkin. Yuk xati (nakladnaya)da har bir mahsulot turi bo’yicha miqdori, bir birlik mahsulotni hisob narxi va chiqargan mahsulot qiymatini hisob narxi bilan ko’rsatiladi. Yuk xati tsex-topshiruvchi, qabul qiluvchi ombor va texnik nazorat bo’limi vakillari tomonidan imzolanadi. Qabul qilish-topshirish yuk xatiga ishlab chiqargan mahsulot sifati haqida laboratoriya yoki texnik nazorat bo’limi xulosasi ilova qilinishi mumkin, yoki bu haqidagi belgi bevosita yuk xatiga ko’rsatiladi.
Yuk xatlari yoki qabul qilish-topshirish dalolatnomalari bilan bir qatorda har bir mahsulot nomi uchun yozilgan yig’ma qaydnomalar ham qo’llaniladi. Yig’ma qaydnomada oy davomida topshirilgan mahsulot bo’yicha barcha operatsiyalar aks ettiriladi.
Tayyor mahsulotlar, tovar-moddiy qiymatliklarning ombor hisobini yuritishda ikki xil hisob usuli qo’llaniladi: navli va partiyali.
Navli usulda mahsulotlar navlar (nomlar) bo’yicha omborlarda saqlanadi va uning mavjudligi va harakati (kirimi va chiqimi) navli hisob kartochkalarida aks ettiriladi. Har bir yangi partiya kirimi bir xil nomdagi va navdagi mavjud tovarlarga qo’shiladi. Moddiy javobgar shaxslar mahsulot hisobini tovar-moddiy boyliklarni hisobga oluvchi jurnalda olib borishlari mumkin, unda har bir mahsulot turi va navi uchun bir yoki bir necha sahifa ochiladi (qabul qilish va chiqim bo’yicha operatsiyalar hajmiga qarab).
Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirishda buxgalteriya hisobining tegishli registrlari magnit tashuvchilar bo’yicha hujjatli bo’lmagan shaklda tuzilishi mumkin.
Partiyali usulda tovarlar hisobi navli usulga o’xshab bir xil tartibda, lekin har bir mahsulot partiyasi uchun alohida olib boriladi. Partiya deb bir xil hujjat yoki bir necha hujjatlar bilan bir vaqtning o’zida qabul qilingan mahsulotlarni tushunish kerak.
Ushbu mahsulotlar partiyasi ombordan chiqim bo’lgandan so’ng yoki ozgina qoldiqlar mavjud bo’lsa bu tayyor mahsulot partiyasi bo’yicha inventarizatsiya o’tkaziladi va tayyor mahsulotlar partiyali chiqimi bo’yicha dalolatnoma tuziladi (№ MX-12). Inventarizatsiya davomida alohida partiya kirimi va chiqimi bo’yicha ma’lumotlarda tafovutlar aniqlansa tayyor mahsulotning alohida partiyasi xarajati bo’yicha dalolatnoma tuziladi (№ MX-11). Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan ortiqcha mahsulotlar kirim qilinadi va kamomadlar va yuqotishlar 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar” hisobvarag’ining debetiga hisobdan chiqariladi. Tabiiy yo’qotish normalari doirasida kamomadlar va yuqotishlar sotish xarajatlariga, normalardan ortiqchasi – aybdor shaxslar hisobiga o’tkaziladi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin