Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə40/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   524
Guliston davlat

Tugatish balansi xo’jalik yurituvchi sub’ekt tugatilayotganda tuziladi. U boshqa balanslardan o’z moddalarining hisob (dastlabki yoki tiklanish) qiymati bo’yicha emas, balki tugatilish paytida har bir aktivning sotish mumkin bo’lgan bahoda baholanishi bilan tubdan farq qiladi. «Noumid qarzlar», «Zararlar», «Kelgusi davr daromadlari» va «Kelgusi davr xarajatlari» moddalari tugatish balansiga kiritilmasligi mumkin. Ammo gudvill, patent va savdo belgilari qiymati kabi yangi moddalar paydo bo’lishi mumkin. Tugatish davri boshidan barcha o’z mablag’lari maxsus ochiladigan «Tugatish» hisobvarag’ida hisobga olinib, unda keyinchalik mulkiy moddalar va xo’jalik yurituvchi sub’ektni tugatish xarajatlari o’rtasidagi farq ko’rsatiladi.
Bo’lish balansi yirik korxonani bir qancha mayda korxonalarga bo’lish, bitta yoki bir nechta bo’linmalarni boshqa korxonaga berish paytida tuzilib, so’nggi holatda balans o’tkazish balansi deb ham ataladi.
Birlashtirish balansi bir nechta korxonalar bittaga birlashganida tuziladi.
Huquqiy maqomi bo’yicha buxgalteriya balanslari quyidagicha:
- yuridik shaxslar balansi;
- alohida bo’linmalar balanslari.
Yuridik shaxslar balansi yuridik shaxs maqomiga ega xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan tuziladi. Ularning maqomi O’zR Fuqarolik kodeksining 39-moddasida belgilangan. Unga muvofiq: «O’z mulkida, xo’jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo’lgan hamda o’z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o’z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo’la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo’la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi»2.Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo’lishlari kerak.
Alohida bo’linmalar balansi korxonaning yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan, alohida tarkibiy bo’linmalari (tsexlar, bo’limlar va b.) tomonidan tuziladi. Yuridik shaxslar va ichki xo’jalik bo’linmalari balanslari o’rtasidagi bog’liqlik ichki hisoblashuv hisobvaraqlari tizimi orqali amalga oshiriladi.
Taqdim etish davri bo’yicha quyidagi balans turlari mavjud: kirish balansi, davriy balans va yakuniy balans.
Kirish balansi xo’jalik yurituvchi sub’ektning yuridik shaxs maqomiga ega bo’lishi, ya’ni uning davlat ro’yxatidan o’tkazilishi bilan bevosita bog’liq.
Davriy balanslar har bir hisobot davri (oy, chorak, yarim yil, 9 oy) bo’yicha tuziladi.
Yakuniy balanslar hisobot yili yakuni bo’yicha taqdim etiladi. Bir vaqtning o’zida ular keyingi hisobot yilining boshiga kirish balansi bo’lib, shu bilan birga buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillaridan biri - uzluksizlik, ya’ni faoliyati uzluksiz korxona tamoyilini bildiradi.
Qayta tashkil etish tartibi bo’yicha buxgalteriya balanslari muayyan korxonaning hayot tsikliga qaratilgan bo’lib, uning maqomi O’zR FKning 49-moddasida ochib berilgan va qo’shib yuborish, qo’shib olish, bo’lish, ajratib chiqarish va o’zgartirish kabi qayta tashkil etish turlarini o’z ichiga oladi.
Masalan, «qo’shib olish shaklida qayta tashkil etish hollarini istisno qilganda, yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslar davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytidan boshlab yuridik shaxs qayta tashkil etilgan hisoblanadi»3.
Yuridik shaxsni qayta tashkil etish qoidalaridan kelib chiqqan holda buxgalteriya balanslari kirish, bo’linish, birlashtirish va tugatish balanslariga bo’linadi.
Kirish balanslari ma’lum mablag’lar va mablag’lar manbalari to’plamidan iborat bo’lib, ularga korxona o’z faoliyatini boshlagan vaqtda ega bo’ladi. Bunday balans qayta tashkil etish natijasida avval faoliyat ko’rsatgan korxona o’rnida tashkil etilgan korxonalarda tuziladi.
Bo’linish balanslari ta’sischilar qarori yoki ta’sis hujjatlariga muvofiq vakolat berilgan yuridik shaxslar yoki sud qarori bo’yicha oldin faoliyat ko’rsatgan korxonani tugatish natijasida tashkil etilgan korxonalar mulklarini aks ettiradi.
Bitta korxonaning alohida tarkibiy bo’linmalari boshqa korxonaga o’tkazilganda, ularning aktiv va passivlari o’tkazish balansida aks ettiriladi.
Birlashtirish balansi qo’shib olish yo’li bilan qayta tashkil etish natijasida birlashgan bir qancha tashkilotlarning mulklarini aks ettiradi. Yuridik shaxs unga boshqa yuridik shaxsni qo’shib olish shaklida qayta tashkil etilganida qo’shib olingan yuridik shaxsning faoliyati to’xtatilgani haqidagi yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat reestriga kiritilgan paytdan boshlab yuridik shaxs qayta tashkil etilgan hisoblanadi.
Tugatish balanslari bankrot deb e’lon qilingan korxona mulklarini aks ettiradi.
Korxona moliyaviy ahvolining yomonlashishiga qarab tugatish balanslari quyidagi ko’rinishlarda tuziladi:
- kirish tugatish balansi;
- oraliq tugatish balansi;
- yakuniy tugatish balansi.
Ularning har biri tugatilayotgan korxona mulklarini sotish mumkin bo’lgan bahoda baholanib tuziladi.
Tuzilish shakli bo’yicha buxgalteriya balanslari bir tomonlama (vertikal) va ikki tomonlama (gorizontal) balanslarga bo’linadi.
Bir tomonlama (vertikal) balanslar vertikal ko’rinishda tuzilib,oldin balans aktivining bo’lim va moddalari, undan keyin passiv bo’limlari va moddalari keltiriladi.
Ikki tomonlama (gorizontal) balanslar gorizontal ko’rinishda tuziladi. Uning chap tomonida aktiv bo’limlari va moddalari, qarama-qarshi, ya’ni o’ng tomonida passiv bo’limlari va moddalari aks ettiriladi.
Balansning bunday tuzilishi korxona moliyaviy ahvolini tahlil qilishni osonlashtiradi.
Soflik darajasiga ko’ra balanslar brutto-balans va netto-balanslarga bo’linadi.
Brutto balans - bu barcha tartibga soluvchi (kontr-aktiv va kontr-passiv) moddalarni o’z ichiga oladigan balansdir. Brutto (brutto) - italyancha so’z bo’lib, aynan tarjimasi «qo’pol», «tozalanmagan» degan ma’nolarni bildiradi. Brutto balans shakli faqatgina har xil ilmiy tadqiqotlar, balans shaklida umumlashtirishning tarixiy jihatlarini o’rganish va shunga o’xshash maqsadlarda tuziladi.
Netto balans - bu tartibga soluvchi moddalar (kontr-aktiv va kontr-passiv hisobvaraqlar) qoldiqlari mos ravishda tegishli moddalardan ayirib tashlangan, ya’ni tozalangan balansdir. Netto (netto) so’zi ham italyancha bo’lib, «sof», «toza» degan ma’nolarni bildiradi. Hozirgi vaqtda balansning buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga muvofiq aniqlangan, netto-balansiga mos keladigan shakli qo’llaniladi. Masalan, «asosiy vositalarning eskirishi», «nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi», «savdo ustamasi» va hokazolar aktivdagi tegishli moddalardan mos ravishda chegirib tashlanib, ularning sof qoldig’i ko’rsatiladi. Passivda esa kontr-passiv hisobvaraqlar qoldig’i, masalan, «sotib olingan xususiy aktsiyalar» moddasining qoldig’i u bilan bog’liq tegishli modda, ya’ni «Ustav kapitali» moddasi qoldig’idan chegirib tashlanadi.
Faoliyat turi bo’yicha balanslar asosiy va asosiy bo’lmagan faoliyat balanslariga bo’linadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning ixtisoslashganligi va uning ustaviga mos faoliyat asosiy faoliyat deyiladi. Faoliyatning barcha boshqa turlari asosiy bo’lmagan faoliyat hisoblanadi.
Tarmoqlar bo’yicha balanslar sanoat korxonalari balansi, transport korxonalari balanslari va h.k.larga bo’linadi.
Tuzish usuli bo’yicha buxgalteriya balanslari aylanma (aylanma-qoldiq), oddiy shakldagi va shaxmat shaklidagi balanslarga bo’linadi.
Oborol (aylanma-qoldiq) balanslari amalga oshirilgan xo’jalik muomalalarini hisobvaraqlarda to’liq aks ettirilganligini, aylanma va qoldiqlar to’g’ri chiqarilganligini nazorat qilish uchun qo’llaniladi.
Oddiy shakldagi balanslar namunaviy bo’lib, O’zR Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Shaxmat shaklidagi balans aylanma-qoldiq balansining barcha belgilari (xususiyatlari)ni o’z ichiga oladi. Uning asosiy afzalliklari quyidagilarda namoyon bo’ladi:
- bir xil toifadagi xo’jalik muomalalari umumlashtirilganligi bois iqtisodiy hodisalar faktlari ustidan nazoratni kuchaytiradi;
- bir xil xo’jalik muomalalari balansda ikkita pozitsiyadan: debetlanuvchi hisobvaraq tomonidan va kreditlanuvchi hisobvaraq tomonidan ko’rsatiladi;
- korrespondensiyalanuvchi hisobvaraqlar bo’yicha yozuv ikkiyoqlama yozuv qoidasini saqlagan holda, debetlanuvchi va kreditlanuvchi hisobvaraqlar kesishgan joyda bir marta yozilganligi sababli hisob yozuvlarining soni qisqaradi;
- alohida mablag’lar va manbalar to’g’risidagi ma’lumotlardan foydalanish osonlashadi. Chunki bunday balansning tuzilishi nafaqat sodir etilgan xo’jalik muomalalarining mohiyatini chuqurroq tushunishni ochib beradi, balki ularning umumlashgan ko’rsatkichlarini ham aks ettiradi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin